mo'ljallangan qabul-taqsimotxonaga joylashtirilishi mumkin.
Ishini komissiya ko'rishi kerak bo'lgan voyaga yetmagan
shaxs ruhiy jihatdan sog'lom ekanligiga shubha tug'ilgan
taqdirda, mazkur shaxs tibbiyot kuzatuvidan o'tish uchun
yuboriladi.
Komissiya ishlami tayyorlash va qarab chiqish paytida
voyaga yetmagan shaxsning yoshini, mashg'ulotini, yashab
turgan va tarbiyalanayotgan sharoitini, huquqbuzarlik qilganligi
faktini va uning
sodir etilganini tasdiqlovchi
dalillami,
shuningdek,
huquqbuzarlik qilishga da’vat
etuvchi
katta
yoshdagi kishilar va boshqa qatnashchilar bo'lgan-bo'lma-
ganligini, voyaga yetmagan shaxslarga ilgari ta’sir ko'rsatish
chorasi qo'llanilgan-qo'llanilmaganligini aniqlashi zarur.
Komissiya voyaga yetmagan shaxsning huquqbuzarlik sodir
qilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlami batafsil tekshirib,
ulami bartaraf etish choralarini ko'rishi shart.
Komissiya ishni qarab chiqish uchun zarur ma’lumot va
hujjatlami
talab
qilib
olishi,
shuningdek,
komissiyada
ko'riladigan masalalar yuzasidan izohlar olish uchun mansabdor
shaxslar va fuqarolami chaqirishi mumkin.
Mansabdor shaxslar va fuqarolar .komissiya chaqirig'i
bo'yicha uzrsiz sabablar bilan kelmagan taqdirlarida komissiya
ishni ko'rishni qoldirib, ulami o'zlari ishlab yoki o'qib turgan
joydagi
ma’muriyat,
jamoat
tashkilotlari
orqali
keltirish
choralarini ko'rishi mumkin.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |