O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi voyaga yetmagan larning huquqlari, majburiyatlari
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
61a1ff2003d745.41049735
jazoning maksimal
muddatidan oshmasligi kerak. Davlat organining voyaga yetmaganning tarbiyalanishi maxsus o'quv tarbiya muassasasida davom ettirilishi shart emas, degan xulosaga muvofiq, aybdoming maxsus o'quv tarbiya muassasasida bo'lishi belgilangan muddatidan oldin tugatilishi mumkin. Voyaga yetmaganning uzoq muddat maxsus o'quv tarbiya muassasasida bo'lishi uning keyinchalik erkinlikda normal hayot kechirishini qiyinlashtiradi, uning ijtimoiy ongini pasaytiradi, jamiyat bilan o'zaro munosabatini uzib qo'yadi. Shuning uchun ham majburlov choralari qonunda ko'rsatilgan 1 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksi, 197-modda, 2-qism. 1997-yil 25- aprel kuni qabul qilingan. 87 alohida hollarda qo'llanishi mumkin. Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov chorasini qo'llab jazodan ozod qilish. ularda jinoyat uchun jazodan ozod bo'lish mumkin, degan fikmi keltirib chiqarmasligi lozim. Q onunda jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslami jazoni o ‘tashdan m uddatidan oldin shartli ravishda jazodan ozod qilishning shartlari belgilangan (JK 89-moddasi). Sud tom onidan tayinlanadigan jazoni o'tashdan m uddatidan ilgari ozod qilish mahkum lam ing mehnatga halol munosabatda bo'lishi, qonunlam i aniq bajarishi, ulami turm ush qoidalarini hurm at qilish ruhida tarbiyalash va qayta tarbiyalanishi uchun muhirn omildir. 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 89-moddasida jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish asoslari ko'rsatilgan: 1) jinoyat subyektining 18 yoshga tlmaganligi; 2) sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan bo'lishi; 3) jazoni o'tash tartib qoidalariga rioya qilganligi; 4) m ehnat va o'qishga halol munosabatda bo'lganligi; 5) shuningdek: - ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lm agan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to 'rt dan bir qismi; - og'ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismi; - o 'ta og'ir jinoyat uchun, shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan bo'lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o'tab bo'lgan bo'lsa, jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo'llaniladi. O 'n sakkiz yoshga to'lmasdan turib sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish yoki ahloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo'llanishi mumkin. Jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo'llanilagn shaxs jazoning o'talmagan qismi mobaynida 88 qasddan yangi jinoyat sodir etsa, bir necha hukm yuzasidan (Jinoyat kodeksi 60-modda) va 86-moddada belgilangan voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashning umumiy qoidalariga asoslan gan holda jazoga tortiladi. Jazodan shartli ravishda ozod qilish quyidagi xususiyatga ega: 1) shaxsni ijtimoiy hayotga moslashishiga imkon beradi; 2) qayta jinoyat sodir qilmasligi uchun nazorat qilinishini ta’minlaydi; 3) jazoni o‘tash muassasasidagi salbiy ta’simi yo'qotadi1. Jazoni yengilrogfi bilan almashtirish sudning hukmiga ko‘ra tayinlangan jazo turining qolgan qismini yengilroq turdagi jazo bilan almashtirib jazodan ozod qilishdan iborat. Jinoyat kodeksi 90-moddasining mazmuniga ko‘ra ushbu modda faqat jinoyat sodir etgan vaqtda o'n sakkiz yoshga to'lmagan, tuzalish yo'liga qat’iy o'tib olgan va endi ushbu jazo turini o'tashi maqsadga muvofiq emas, balki uni tarbiyalash jarayonini boshqa engilroq turdagi jazo bilan almashtirib davom ettirish maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelinganida qo'llaniladi. Ushbu moddaga muvofiq o'n sakkiz yoshga to'lguncha sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoning o'talmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin. Yengilroq jazo bilan almashtirish deganda, hukm bo'yicha tayinlangan bir turdagi jazoning qolgan qismini, o'sha jazoga nisbatan boshqa yengilroq turdagi jazo bilan almashtirish tushiniladi. Bir turdagi jazo shu turdagi jazoning kamroq qismi bilan almashtirilishi mumkin emas. Jinoyat kodeksi 8 1-moddasida belgilanishicha, 18 yoshga to'lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslaiga quyidagi asosiy jazo turlari qullaniladi: 1) jarima; Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling