bo'yicha sud tomonidan tayinlanadi;
3)
voyaga
yetmagan
shaxsni
maxsus
o ‘quv
tarbiya
muassasasiga joylashtirish. Voyaga
yetmagan shaxsni maxsus
o'quv tarbiya muassasalarida bo‘lish muddati va shartlari
O'zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Yopiq turdagi maxsus o‘quv-tarbiya muassasasida tarbiya-
lashning alohida usullari qo'llaniladi.
Bu ancha qattiq majburlov
chorasi bo'lib, tarbiyasi og'ir va maxsus sharoitdagi pedogagik
ta’sir choralari tatbiq etilishi shart bo'lgan voyaga yetmaganlarga
nisbatan qo'llaniladi. Maxsus o'quv-tarbiya
muassasasiga qattiq
pedogagik rejim va maxsus tarbiya sharoitida tarbiyalanishi shart
bo'lgan voyaga yetmaganlar joylashtiriladi. Voyaga yetmagan
shaxslaming maxsus o'quv-tarbiya muassasalarida bo'lishi
tartibi
va sharoiti, o'quv jarayoni va tarbiyaviy ta ’sirga oid ishni tashkil
qilish O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tomonidan
belgilanadi.1
Maxsus o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish jazo chorasi
hisoblanmaydi, chunki:
birinchidan,
jazo choralari tizimida ko'rsatib o'tilmagan;
ikkinchidan,
bunday muassasada bo'lish muddati sud
tomonidan belgilanmaydi;
uchinchidan,
sudlanganlik oqibatlari tatbiq etilmaydi.
Voyaga yetmaganlarning maxsus o'quv tarbiya muassasasida
bo'lish muddati sodir etilgan jinoyati uchun belgilanadigan
Do'stlaringiz bilan baham: