Kamchiliklari. Amaliy nuqtai nazardan olib qaraganda, ko‘p darajali eksperimentning
asosiy kamchiligi shu bilan belgilanadiki, u ikki darajali eksperimentga qaraganda ko‘proq vaqt
va kuch talab qiladi. Esingizda bo‘lsa, har safar guruhlararo eksperimentga yangi daraja
qo‘shilganda, ishtirokchilar soni ham ko‘payadi. Guruh doirasida o‘tkaziladigan
eksperimentlarda qo‘shimcha darajalar ishtirokchilar sonini ko‘paytirmaydi, biroq, shunga
qaramay, ular eksperimentning umumiy vaqtini ko‘paytiradi va muvozanatga solish sxemalarini
yanada yiriklashtiradi.
Ko‘p darajali eksperimentlarni tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan tekshirish statistik metodlarini
qo‘llash ham ma`lum darajada qiyinchiliklar tug`diradi. Ular ko‘proq vaqt talab qiladi va bunday
statistik tekshirishdan keyin ma`lumotlarni talqin qilish qiyinlashadi.
Ikki va ko‘p darajali eksperimentlarning afzalliklari va kamchiliklari taroziga solinganida,
mustaqil o‘zgaruvchili darajalarning qo‘shilishi bilan bog`liq bo‘lgan oz miqdordagi qo‘shimcha
harajatlarni, odatda, olinadigan axborotning ahamiyati ortig`i bilan qoplaydi. Bu afzallik
eksperiment rejasiga qo‘shiladigan dastlabki bir nechta darajalar uchun ayniqsa muhimdir. O‘z-
o‘zidan ravshanki, ma`lum vaqtdan boshlab yangi darajalarning qo‘shilishi bizning
eksperimental aloqa haqidagi bitimlarimizni ko‘paytirishga kam hissa qo‘shadi.
Shu paytgacha biz barcha eksperimentlar faqat bitta mustaqil o‘zgaruvchiga ega ekanligidan
kelib chiqdik. Ammo bu cheklash real hayotni emas, balki ko‘proq bizning muhokamamiz
maqsadini aks ettiradi. Siz o‘tkazishingizga to‘g`ri keladigan eksperimentlarning aksariyati
bittadan ortiq mustaqil o‘zgaruvchiga ega bo‘ladi. Bu erda men yanada murakkab
eksperimentlarni rejalashtirayotganda qo‘llaniladigan umumiy usullarning ayrimlariga to‘xtalib
o‘taman.
Eksperimental psixologiyada omilli reja ayniqsa faol qo‘llaniladi. Psixologiyaga oid jurnallarda
e`lon qilinadigan aksariyat eksperimentlarning natijalarini anglab etish uchun siz omilli rejalar
mantiqini tushunishingiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |