O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

16.2. Faktorli eksperimentlar


278 
O 'zgaruvchilar o 'rtasidagi o 'zaro munosabatlarni ifodalovchi murakkab farazlarni tekshirish 
uchun faktorli eksperimentlar qo 'llaniladi.
Bunday farazlarning umumiy ko'rinishi
quyidagicha: " Agar Al, A 2 ... An bo'lsa B"
bo'ladi . Bunday gipoteza (faraz) lar kompleks,
farazlar deb ham ataladi Faktorli
eksperimentlar ko'p o 'Ichovli tadqiqotlarning xususiy 
hodisasi hisoblanib, ularni yo'Iga qo'yishda bir qancha mustaqil va tobe' ko'rsatkichlar o 
'rtasidagi aloqani aniqlash lozim.
Qoidaga muvofiq, faktorli eksperimentlarda bir vaqtning o 'zida 2 turdagi farazlar tekshiriladi:
1 Har bir mustaqil ko'rsatkichga alohida ta'sir ko 'rsatadigan farazlar.
2. O'zgaruvchilar o'rtasidagi o'zaro ta'sirga ega farazlar, ayniqsa - bir mustaqil 
ko 'rsatkichning boshqa bir ko'rsatkichga o'tkazgan ta'sir effektini hisobga olgan holda 
tekshiriladi.
Faktorli eksperimentning asosiy muammosi bu - bitta mustaqil ko 'rsatkichga ega bo'Igan bir 
qancha oddiy eksperimentlarni qo'llagan holda, 2ta o'zgaruvchilar
o'rtasidagi o'zaro ta'sirni aniqlashning yechilishi mumkinligi yoki mumkin
bo 'Imasligidadir. 
Bir faktorli eksperimentlar psixologiya fanining asosiy ish quroli hisoblanadi. Ikki va undan ortiq 
ko 'rsatkichlarning 1 ta tobe' ko 'rsatkichga ta 'sirini o'rganish uchun tadqiqotchilar faktorli 
eksperimentdan va uning rejasidan foydalanadilar. Bu reja ikki va undan ortiq mustaqil ko 
'rsatkichlar bilan bir vaqtning o'zida ishlash imkoniyatini beradi.
Faktorli eksperimentlar faktorli rejaga asosan tuziladi. Eksperimentni faktorli reialashtirish
xususiyati shundan iboratki, bunda har bir mustaqil ko 'rsatkichlar barcha bosqichlarda bir-biri 
bilan bog'liq bo'lishi kerak. Eksperimental guruhlarning soni barcha mustaqil ko'rsatkichlar 
darajasiga teng bo'lishi lozim. Bir nechta o'zgaruvchilarni qo'shishning, umumlashtirishning eng 
oddiy usuli bu - faktorli umumlashtirishdir. Bunda har bir mustaqil ko 'rsatkich, 2-darajadagi ko 
'rsatkichni taqozo etadi, 2-si esa 3-sini va shu taxlit davom etaveradi. Mustaqil ko'rsatkichlarni 
bu ma'noda, faktor deb ham atashadi.
Bugungi kunda faktorli rejalar psixologiyada keng va unumli tarzda qo'llanilgani bois, 
o'zgaruvchilar o'rtasidagi o'zaro tobe'lik umuman kuzatilmaydi.
Eksperimental rejaning turli variantlardagi klassifikatsiyasi taklif qilingan. 
Unga ko 'ra, eksperimental reja quyidagi asoslarga tayangan holda farqlanadi:
1) Mustaqil ko 'rsatkichlarning soni bitta yoki undan ko 'p bo 'lishi.
Bunda, ularning sonidan qat'iy nazar oddiy yoki faktorli reja qo 'llaniladi.
2) Mustaqil ko'rsatkichlardagi darajalar soni : 2 ta darajada sifatli aloqani
o 'rnatish, 3 va undan Yuqori darajalarda - son jihatdan aloqalar to'g'risida soz boradi.
3) Ta 'sirni qabul qilishi.
Agar "Har bir guruhga - o'z kombinatsiyasi" sxemasi qo 'llanilsa, unda guruhlar
o'rtasidagi reja ko'zda tutiladi. Agarda, "Barcha guruhlarga-barcha ta'sirlar" sxemasi qol-lanilsa, 
unda rotatsion reja ustida soz boradi. Gotssdenker bum kross-individual taqqoslash deb ataydi.
Faktorli rejadagi faktorlar soni faqatgina sizning taasavvuringiz va dunyo aholisining soni bilan 
chegaralangan bo'lishi mumkin. Faktorli eksperimentlar holatida faktorlarning o'zi guruh 
ichidagi va guruhlararo bo'lishi, shu bilan bir qatorda ularni ham birlamchi faktorli 
eksperimentlarga, ham aralash faktorli eksperimentlarga qo'shish mumkin bo 'ladi. Guruh 
ichidagi va guruhlararo faktorlarni aniqlashda, ularning Yutuq va kamchiliklarini hisobga 
olishimiz zarur. 
Agar har bir guruh ichidagi faktorlarni {2x2} rejasining kontseptsiyasini quyidagi jadval (sxema) 
tarzida ko 'rishimiz mumkin : 
O'zgaruvchi V (stimul)
z-bosqich O'zgaruvchi A
T/lAV/Ol/
A1-B1
A1-B2


279 
A2-B1
A2-B2
Binder 1967-yilda o'z hamkasblari bilan ana shunday uslubda eksperimentlarining natijalarini 
tahlil qilgan. U aniqlangan ma'lumotlar qaysi tomonga o'zgarmasin, bu o'zgarishlar statistik 
qiymatga ega bo'la olmaydi deb ta'kidlagan. Ya'ni o 'zgarishlarning Yuqoriligi, o 'z-o 'zidan 
vujudga kelgan o 'rtacha qiymatdan ortiq bo 'la olmaydi. O'z-o'zidan vujudga kelgan o'rtacha 
qiymat nazoratga ega bo'lmagan faktor sanaladi. Bu albatta, eksperimentator xatosi 
hisoblanadi.
Ko'pincha, kontrolga ega bo'lmagan faktorlar mavjudligi tufayli, o'rtacha qiymat ayrim 
og'ishlarga ega bo'ladi. Garchi o'rganilayotgan faktorlar natijalarga o'z ta 'sirini ko'rsatmasa ham.
Ko'pgina 
(
statistik tahlil) masalalarida interpretatsiya natijalari "statistik qiymatga ega bo'Igan 
ma'lumotlar" sifatida ko'riladi. 
Eksperiment rejasini tuzish gomogen yoki geterogen bo'lishi mumkin. Bu uning mustaqil 
ko'rsatkichlar soniga, o'zgaruvchilar darajasining teng yoki teng emasligiga bog'liq bo'ladl
3 ta mustaqil ko'rsatkichga ega bo'Igan LxMxN rejasi Lotin kvadrati" metodi asosida tuziladi. 
"Lotin kvadrati" metodi 2 ta va undan ortiq bosqichga ega bo'Igan 3 ta ko'rsatkichni bir vaqtning 
o'zida tekshirish uchun qo'llaniladi. "Lotin kvadrati" ning tamoyili shundan iboratki, 2 ta 
bosqichga ega har xil o'zgaruvchilar eksperimental rejada bir martagina uchraydi. "Lotin 
kvadrati" guruhlar sonini keskin qisqartirish imkonini beradi.
O 'zgaruvchilar o 'rtasidagi bo 'lishi mumkin bo'lgan ta'sirlar quyidagilardir:
- nolga teng bo'Igan ;
- ajraladigan;
- kesishadigan ta'sirlar.
O 'zaro ta 'sirning Yuqori baholanishi dispersion tahlil bo'yicha, StYudentning t-mezoni esa, har 
xil guruhlarning faoliyatini baholashda qo'llaniladi.
Barcha ko'rib chiqilgan variantlarda eksperimentni rejalashtirishda balansirovka usulidan ham 
foydalaniladi: turli xil sinaluvchi 
guruhlarga har xil eksperimental talablar qo'yiladi.
Guruhlar miqdorini tenglashtirish natijalarni tenglashtirish imkonini yaratadi.
"Barcha sinaluvchilarga - barcha ta 'sirlar" strategiyasi aks ettirilgan rejalarni Makk Koll 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling