O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Strukturali korrelyatsion tadqiqot


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

5. Strukturali korrelyatsion tadqiqot. Bu sxemaning yuqoridagilaridan farqi shundaki u 
o‘zgaruvchilar orasida korrelyatsion aloqaning mavjud yoki mavjud emasligini emas balki turli 
guruh vakillarida o‘lchangan bir xil ko‘rsatkichlar orasidagi korrelyatsion bog`liqlikni aniqlashga 
qaratilgan. 
Bu holatni misol bilan tushuntiramiz. Tasavvur qiling farzand va ota yoki onaning jinsi ma`lum 
shaxs xususiyatlari (masalan Ayzenk bo‘yicha neyrotizm) orasida bog`liqlik bormi, yo‘qmi shuni 
aniqlash lozim. Buning uchun biz real guruhlar – oilalarda tadqiqot olib borishimiz kerak 
bo‘ladi. Keyin ota yoki ona va farzandning xavotirlilik darajasining korrelyatsion koeffitsienti 
aniqlanadi. To‘rtta asosiy: 1) ona – qiz; 2) ona – o‘g`il; 3) ota – qiz; 4) ota – o‘g`il va ikkita 
qo‘shimcha korrelyatsiya koeffitsienti kelib chiqadi: 1) qiz – o‘g`il; va 2) ota – ona. Agar bizni 
faqatgina o‘xshashliklar qiziqtirsa, unda biz 4 katakchalik 2x2 matritsani quramiz: 
Z - o‘zgaruvchi korrelyatsiyalanadi va StYudentning t-kriteriysi bo‘yicha qiyoslanadi. 
Bu erda strukturali korrelyatsion tadqiqotga eng oddiy misol keltirilgan. Tadqiqotchilik 
amaliyotida yanada murakkabroq strukturali korrelyatsion tadqiqotlar uchrab turadi. Hammadan 
ham ko‘proq bunday tadqiqotlar individuallik psixologiyasi (B.G.Anan`ev va uning maktabi), 
mehnat va ta`lim psixologiyasi (V.D.Shadrikov), individual farqlarning psixofiziologiyasi 
(B.M.Teplov, V.D.Nebilitsin, V.M.Rusalov va boshqalar) va psixosemantika (V.F.Petrenko, 
A.G.Shmelev va boshqalar) sohalarida ko‘p qo‘llaniladi. 
6. LongitYud korrelyatsion tatqiqot. Longityud tatqiqot – kvazieksperimental tadqiqotlar 
rejalari varianti. Longityud tadqiqotni o‘tkazuvchi psixolog tatqiqotga ta`sir etuvchi o‘zgaruvchi 
sifatida vaqtni hisoblaydi. U bir guruhni turli sharoitlarda testdan o‘tkazish rejasining o‘xshashi 
hisoblanadi. Faqat sharoitlar o‘zgarmas hisoblanadi. Har qanday vaqtincha tadqiqotning natijasi 
(shuningdek Longityud tadqiqotning ham) o‘lchangan o‘zgaruvchilarning vaqtli tendri 
hisoblanadi.
Longityud korrelyatsion tadqiqot guruhni ma`lum vaqtdan so‘ng testdan o‘tkazish seriyalariga 
bo‘linish rejasida o‘tkaziladi. O‘rganish va davomiylik effektlari bilan bir qatorda Longityud 
korrelyatsion tadqiqotda ―chiqib ketish‖ effektini ham hisobga olish darkor, chunki tadqiqotning 
birinchi bosqichida qatnashgan hamma sinaluvchilarni ham ikkinchi bosqichda ya`ni ma`lum 
vaqtdan so‘ng yana qayta testdan o‘tkazib bo‘lmaydi. ―Chiqib ketish‖ va o‘rganish effektlari 
o‘rtasida o‘zaro ta`sir ham bo‘lishi mumkin (tadqiqotlarning qolgan qismida qatnashishdan voz 
kechish) va hakazo. 
Strukturali longityud tadqiqot oddiy longityud tadqiqotdan bizni nafaqat o‘zgaruvchilarning 
markaziy tendentsiyasining o‘zgarishi balki o‘zgaruvchilar orasidagi munosabatlarning ham 
o‘zgarishi qiziqtirishi bilan farq qiladi. Bu turdagi tadqiqotlar psixogenetikada keng tarqalgan. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling