Tayanch tushunchalar:
1. Validlik atamasi Evropa tillaridan olingan bo‗lib u quyidagi ma'noni anglatadi: «to‗laqonli»,
«yaroqli», «mos». Psixodiagnostik metodikaning validlik sifatidagi tavsifi uning aynan
o‗rganilayotgan psixologik xususiyatga mo‗ljallanganligi va ushbu psixologik xususiyatni
baholashga mosligi hamda yaroqliligini ko‗rsatib beradi.
2. Nazariy validlik – qo‗llanilgan metodika yordamida olingan ko‗rsatkichlarni, boshqa metodik
vositalardan olingan ko‗rsatkichlar bilan ya'ni ko‗rsatkichlar orasida nazariy asoslangan bog‗liqlik
borligini va tadqiqot qilinayotgan sifat ko‗rsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi.
3. Empirik validlik – sinaluvchining reaktsiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning
haqqoniy xulqidagi diagnostik ko‗rsatkichlarning bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi.
4. Ichki validlik – metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga
mosligini anglatadi.
5. Tashqi validlik ham xuddi empirik validlikka o‗xshash, undan farqli tomoni shundaki,
sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi ko‗rinishlarning ko‗rsatkichlari bilan metodikadagi
ko‗rsatkichlarning o‗zaro bog‗liqligiga e'tibor qaratiladi.
6. Metodikaning ishonchliligi – metodika yordamida barqaror, qat'iy ko‗rsatkichlarni olish
imkoniyatlari bilan tavsiflanadi.
7. Reprezentativlik (frants. representatif- namunali) tanlanma to‘plam bosh to‘plam
xususiyatlarini aks ettiradi degan ma`noni anglatadi.
4.1. Validlik – psixodiagnostik metodikalarning asosiy xususiyatlaridan biri sifatida
validlikning asosiy turlari va ularni aniqlash usullari.
Pedagogik-psixologik eksperiment, tadqiqotning ishonchli vositasi bo‗lishi hamda
natijalarning haqqoniyligiga ishonch hosil qilish uchun va ushbu natijalar asosida to‗g‗ri xulosa
chiqarish uchun tadqiqotda qo‗llanilgan psixodiagnostik metodika ilmiy asoslangan bo‗lishi
kerak, bunda metodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: validlik, ishonchlilik, bir sifatlilik
va aniqlik. Endi har bir talabni alohida ko‗rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |