O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
Eslab qolish uchun sinov
10 ta so‗zni eslab qolish uchun diqqat barqarorligini aniqlashda sinov o‗tkazish mumkin. Bu metodikadan katta bog‗cha yoshidagi bolalar va kichik maktab o‗quvchilari xotirasini aniqlashda foydalanish mumkin. Tajriba o‗tkazish uchun bir qatorga yozilgan 10 ta so‗z kerak bo‗ladi. So‗zlar shunday tanlangan bo‗lishi kerakki, ular orasida aloqa o‗rnatish qiyin bo‗lsin. Eslab qolinadigan so‗zlar №1 №2 Sinaluvchi F.I yoshi sinfi Samira N. 11,5 yosh 5-sinf o‗quvchisi sana 5.05.2013 vaqt 10-00 Tog‗ O‗rmon Arra Non Atirgul Deraza Sovun Stul Non Suv Oyoq Aka Pero Ot Ko‗zoynak Qo‗l Divan Asal Daryo Bolg‗a Tajribani boshlashdan oldin sinaluvchiga quyidagi ko‗rsatma beriladi: «Hozir sizning eslab qolish qobiliyatingizni tekshirmoqchiman. Buning uchun men sizga so‗zlarni o‗qib beraman. Keyin siz esda olib qolganlaringizni aytasiz». Bunda oldindan tayyorlab qo‗yilgan tajriba qarorida sinaluvchi aytgan so‗zlar yozib olinadi (8-jadval). 8-jadval 10 ta so‗zni eslab qolish va uni qayta esga tushirish bo‗yicha tadqiqot qarori Sarvar N. 11 yosh 4-sinf sinaluvchi F.I. yoshi o‗quvchisi 20.03.2013 y 11-20 sana vaqt Qo‗zg‗atuvchi so‗zlar Ko‗rsatishlar soni 1 soat 40 daqiqada esga tushirilgan so‗zlar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Tog‗ - - - - - Arra - - - Atirgul - - - - Urug‗ - - - Deraza - - - - Non - - - Pero - - - Ko‗zoynak - - - - Pal‘to - - - Daryo - - - - - Aytilgan «ortiqcha» so‗zlar Esga tushirilgan so‗zlar soni Tajriba qarorida sinaluvchi «mustaqil» aytgan so‗zlar ham qayd etiladi. Bir qayta esga tushirish bosqichi davomida «ortiqcha» so‗zlarni va takrorlashlarni hisobga olgan holda esga tushirilayotgan so‗zning tartib raqami bo‗yicha necha marta takrorlanganligini hisoblash mumkin. Navbatdagi ko‗rsatishlarda sinaluvchidan oldingi aytilgan so‗zlarni ham, hozirgi aytilgan so‗zlarni ham qayta esga tushirish so‗raladi. Tajriba o‗tkazish uchun o‗rtacha 5–7 daqiqa vaqt ketadi. Download 6.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling