Eslatma: Bolalarning esda qoldirish dinamikasini diagnostika qilishda, maktabgacha va kichik
maktab yoshidagi bolalar uchun so„zlar qatorini shunday tuzish kerakki, birinchi so„z ikkinchi
so„zga, ikkinchi so„z uchinchisiga aloqador, ma'nodosh bo„lmasligi lozim.
Bolaning eslab qolishi va qayta aytib berishi uchun tadqiqotchi so‗zlar qatorini 6 martagacha
qaytarishi mumkin (undan ko‗p emas).
Har bir qaytarishdan so‗ng to‗g‗ri
va xatosiz eslab qolingan
so‗zlarni belgilab borib, grafikda aks ettiriladi.
4-rasm.
Grafik asosida:
a)
Eslab qolish dinamikasi,
b) Eslab qolish mahsuldorligi aniqlanadi.
Grafikda har bir takrorlashdan so‗ng eslab qolgan so‗zlarining soni ortib borsa – eslab qolish
dinamikasi yaxshiligini bildiradi.
Agar ko‗rsatkich o‗zgarmasa, o‗rtacha darajadaligidan dalolat beradi.
Agar har bir takrorlashdan so‗ng ham eslab qolgan so‗zlar
soni kamayib borsa, bu eslab qolish
dinamikasining sustligini bildiradi.
Natijalar tahlili
Olingan natijalar bo‗yicha bolaning eslab qolish dinamikasi quyidagicha baholanadi: etarli
darajadagi yaxshi dinamik esda qoldirish jarayoni – a'lo.
Esda qoldirish o‗rtacha dinamik jarayoni – qoniqarli.
Esda qoldirish dinamik jarayon emas – qoniqarsiz.
Shuningdek, bu jarayon quyidagi ballar
mezoni bo‗yicha ham baholanadi.
10 ball — bola 10 ta so‗zni xatosiz to‗g‗ri
eslab qolib, ayta olgan va bunga 6 marta takrorlash
shart bo‗lmagan. 8-9 ball – 6 marta takrorlashdan so‗nggina 10 ta so‗zni to‗g‗ri eslab qolsa.
6-7 ball — 6 marta takrorlashdan so‗ng 7–9 ta so‗zni esda qoldirsa.
4-5 ball – 6 marta takrorlashdan so‗ng 4–6 tagacha so‗zni eslab qolsa.
2-3 ball – 6 marta takrorlashdan so‗ng faqat 2-3 ta so‗zni eslab qolib aytsa.
0-1 ball – 6 marta takrorlashdan so‗ng ham 1 ta so‗zni eslasa umuman esda qoldira olmasa.
Do'stlaringiz bilan baham: