O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

 
11-jadval 
Bavosita eslab qolish metodikasining o‗zgartirilgan varianti uchun qo‗zg‗atuvchi material 
Sinaluvchi esda olib qolishi uchun o‗qib 
beriladigan so‗zlar 
Har xil bavositalik imkonini beradigan rasmlar 
yong‗in
yomg‗ir 
mehnat 
xato 
g‗am 
oshxona, asbob, maktab doskasi, taroq, quyosh, 
globus, ko‗za, xo‗roz, devor, bolalar ishtoni, ot, 
ko‗cha chirog‗i, botinka, soatlar, qalam, zavod 
trubalari, non do‗koni 


«Hozir sizlarga so‗zlarni o‗qib beraman, siz esa ularni yaxshiroq eslab qolish uchun ularga mos 
rasmlarni tanlaysiz. Bu rasmlar keyinchalik so‗zlarni qayta esga tushirishga yordam berishi 
zarur». Birinchi «yong‗in» so‗zi beriladi. Agar bola 15 soniya davomida ishga kirishmasa, u 
ko‗rsatmani yaxshi tushunganligini aniqlash kerak. Ko‗rsatma yana takrorlanadi. Agar 20-30 
soniyadan keyin bola topshiriqni bajarishga kirishmasa, tadqiqotchi tushuntira boshlaydi: «Siz 
«yong‗in» so‗zini esga tushirishga yordam beradigan rasmli kartochkani tanlashingiz zarur. 
Qanday rasm yong‗inni, tutun chiqayotganini eslatishini qarab chiqamiz. Mana masalan, bu erda 
zavod trubalari, tutun Yuqoriga chiqayotgani tasvirlangan. Bu rasm sizga «yong‗in» so‗zini eslab 
qolishga yordam beradimi?». Bola tasdiqlab boshini silkiydi va qanday eslab qolish kerakligini 
tushunganligini aytadi. Keyin tadqiqotchi keyingi so‗zni aytadi, sinaluvchi bo‗lsa zarur 
kartochkani tanlaydi. Kartochkani tanlash uchun 30 soniyagacha vaqt beriladi. Ko‗pincha bolalar 
tezroq tanlashadi. Har bir tanlashdan so‗ng, tadqiqotchi bolani nima uchun xuddi shu rasmni 
tanlaganini, u aytilgan so‗z bilan qanday bog‗langanligini so‗raydi.
Hamma so‗zlar aytilib, ularga mos rasmlar tanlanganidan keyin, eksperimentator ularni bir chetga 
olib qo‗yib, bolaga xotirani o‗rganish bo‗yicha boshqa topshiriq beradi, masalan kubiklardan 
figura yasash. 15 yoki 30 daqiqadan so‗ng, unga so‗zlarni eslab qolish uchun tanlangan rasmlar 
ko‗rsatiladi. Bola eslab qolgan so‗zni aytishi kerak. Bunda u yoki bu rasm xotirada qanday 
bog‗lanishlarni hosil qilishini aniqlash zarur.
Tadqiqot jarayonida tajriba qarori to‗ldirib boriladi (12-jadval).
12-jadval 
Bavosita eslab qolish tajribasining qarori 
Eslab qolish uchun 
berilgan so‗zlar 
Rasmni tanlash vaqti 
(soniya) 
Rasmni tanlash 
motivi 
Qayta esga 
tushirish 
Turli yordamchi vositalardan foydalanib to‗g‗ri qayta esga tushirilgan so‗zlar bolada eslab qolish 
qobiliyatining kuchli rivojlanganligidan dalolat beradi (A.N.Leontev, 1928).

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling