O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

 
 
 


235 
XIIEKSPERIMENTLARNI O‟TKAZISH SHART-SHAROITLARI VA BOSQICHLARI 
Reja: 
12.1. O‘zgaruvchilar: mustaqil, tobe, idora qilsa bo‘ladigan, tasodifiy. 
12.2. Randomizatsiya. Aralashuvchi omillar.
13.3. Ichki validlikka xavf soluvchi omillar: fon, etilish, saralash, o‘lim, testlash, statistik 
regressiya tushunchalari 
Maqsad: 
Talabalarda eksperiment o‘tkazish shart-sharoitlari va bosqichlari haqida tushuncha hosil qilish, 
dunyoqarashini shakllantirish orqali mutaxassis shaxsini rivojlantirish. 
Vazifalar: 
1. Eksperiment o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mustaqil, tobe, idora qilsa 
bo‘ladigan, tasodifiy o‘zgaruvchilar haqidagi nazariy ma`lumotlarni tahlil qilish orqali ularning 
ilmiy tadqiqotdagi rolini asoslash. 
2. Randomizatsiya va aralashuvchi omillar haqidagi ma`lumotlarni bayon qilish.
3. Ichki validlikka xavf soluvchi omillar: fon, etilish, saralash, o‘lim, testlash, statistik 
regressiya tushunchalarini mohiyatini yoritib berish 
Tayanch tushunchalar. 
Mustaqil o‘zgaruvchilar; tobe o‘zgaruvchilar; idora qilsa bo‘ladigan o‘zgaruvchilar; tasodifiy 
o‘zgaruvchilar; randomizatsiya; aralashuvchi omillar; fon; etilish; saralash; o‘lim; testlash; 
statistik regressiya. 
 
12.1. O‟zgaruvchilar: mustaqil, tobe, idora qilsa bo‟ladigan, tasodifiy.
12.2. Randomizatsiya. Aralashuvchi omillar. 
Har qanday eksperiment jarayonida o‘zgaruvchi ko‘rsatkichlar eksperiment natijalariga o‘z 
ta`sirini o‘tkazadi. Biz ushbu bobda aynan eksperiment o‘tkazish shart-sharoitlari, umuman 
eksperiment jarayonida o‘z ta`sriga ega bo‘lgan o‘zgaruvchilar xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Eksperiment jarayoniga katta, intensiv ta`sir o‘tkazadigan ko‘rsatkichlarga mustaqil 
o‘zgaruvchilar deb ataladi. Ushbu o‘zgaruvchining muhim tomoni shundaki, bu ko‘rsatkich 
ishtirokchilarning xulq-atvoriga bog`liq bo‘lmaydi. Eksperementatorning o‘zi mustaqil 
o‘zgaruvchilarni boshqaradi va ikki va undan ortiq darajalarini belgilab beradi, ishtirokchilar esa 
bu jarayonni o‘zgartira olmaydilar. Masalan, tasavvur qiling biz sinaluvchining muayyan 
intensiv chiroq yorug`ligi ko‘rinishidagi signalga javob tarzda tugmachani bosishi uchun ketgan 
vaqtni aniqlashga urinyapmiz. Eksperiment davomida chiroq yorug`ligining intensivligini 
mustaqil o‘zgaruvchi deb qabul qilsak, uning ikki darajasini: past va yuqori darajalarini 
ko‘rsatishimiz mumkin va aynan shu o‘zgaruvchi ta`sirida xulq-atvordagi boshqa o‘zgarishlarni 
Eksperiment jarayoniga 
ta`sir etuvchi muhim 
ko’rsatkichlar
Mustaqil
o’zgaruvchilar 
Tobe 
o’zgaruvchilar 
Idora qilsa 
bo’ladigan 
o’zgaruvchilar 
Tasodifiy 
o’zgaruvchilar 
Aralashuvchi 
o’zgaruvchilar 


236 
kuzatishimiz mumkin. Ikkitadan kam miqdordagi o‘zgaruvchilar bilan eksperiment o‘tkazish 
mumkin emas, biroq eksperimentatorning tashabbusi bilan bir qancha o‘zgaruvchilar darajasini 
tanlash va ulardan faqat bittasini muhim sifatida ajratib olish mumkin. 
Eksperimentator tomonidan mustaqil o‘zgaruvchi tanlab olingandan so‘ng ushbu manipulyativ 
o‘zgaruvchiga nisbatan ishtirokchilarning javob reaksiya sini aniqlab olish ham muhimdir. Biz 
tomonimizdan o‘rganish uchun tanlab olingan xulq-atvor ko‘rsatkichi tobe o‘zgaruvchi deb 
nomlanib, u ishtirokchilarning xatti-harakatlariga bog`liq bo‘ladi. Masalan, yuqoridagi misolga 
ko‘ra, chiroq yorug`ligi intensivligi va reaksiya vaqti orasida qanday bog`liqlik borligini 
aniqlash lozim. Bu erda signaldan so‘ng tugmachani bosishga sarflangan vaqt oralig`i tobe 
o‘zgaruvchini tashkil etadi. Ba`zida kutilayotgan bog`liqlik xarakteriga ko‘ra ilmiy farazlarni 
shakllantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bizning ushbu tajribamizning ilmiy farazini 
quyidagicha shakllantirish mumkin: chiroq yorug`ligini intensivligi javob reaksiyalarini tezligini 
ta`minlashi mumkin. Eksperiment natijasi esa ushbu ilmiy farazni tasdiqlab, uning ilmiy 
ahamiyatini yoritib beradi yoki aksincha, ilmiy faraz o‘z tasdig`ini topmay yana boshqa ilmiy 
izlanishlarga xizmat qilishi mumkin. 
Ba`zi hollarda ilmiy farazlar noaniq va mujmal ko‘rinishga ega bo‘lib, shunchaki, mustaqil 
o‘zgaruvchilar ta`sirida xulq-atvor qanday o‘zgarishi mumkinligiga javob berish holatiga 
o‘xshab qoladi. Bunday vaziyatda ilmiy faraz qandaydir savolga javobga o‘xshab qoladi. Ilmiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy muammolarning echimiga qaratilgan savollargina ilmiy farazga 
aylanishi va amaliy qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, agar tadqiqotchi tig`iz vaqt 
agressivlikni keltirib chiqaruvchi omil bo‘la olishi mumkin yoki mumkin emasligini aniqlashga 
urinsa va buni ilmiy jihatdan asoslab bera olsagina qo‘yilgan muammo ilmiy farazga aylanishi 
mumkin. 
Hozirga qadar biz eksperimentni manipulyatsiya, ya`ni boshqaradigan bittagina ko‘rsatkich – 
mustaqil o‘zgaruvchinigina ko‘rib chiqdik. Biroq, eksperiment jarayoniga ta`sir etadigan boshqa 
shart-sharoitlarni ham hisobga olish kerak. Muhimi shundaki, eksperiment jarayoniga ta`sir 
etadigan sharoitlarni shunday yo‘llar bilan nazorat qila olish kerakki, natijada ular idora qilsa 
bo‘ladigan o‘zgaruvchilarga aylanadi. Biz qachon o‘zgaruvchilarni idora qila olamiz, qachonki, 
ularni o‘rnatilgan darajasidan o‘zgarmay qolishini nazorat qilsakkina bunga erishamiz. Biz 
Yuqorida keltirgan misolga ko‘ra, tajriba vaqti davomida binodagi yorug`likni o‘zgarmasligi, 
ishtirokchilar orasida chapaqaylarning bo‘lmasligi, xona haroratining bir xilligi va boshqalarni 
idora qilsa bo‘ladigan o‘zgaruvchilarga kiritish mumkin. Ideal sharoitda eksperiment davomida 
hech bir ko‘rsatkich mustaqil o‘zgaruvchilar ta`sirida o‘zgarmay, doimiy bo‘lib qoladi. Bu bizga 
tobe o‘zgaruvchidagi har qanday o‘zgarishlar mustaqil o‘zgaruvchi ta`sirida amalga oshishini 
ko‘rsatib beradi.
Nazorat tushunchasi eksperiment uchun muhim bo‘lib, uning boshqa tadqiqot ishlaridan farqini 
ko‘rsatib beradi. Eksperiment davomida qator idora qilsa bo‘ladigan o‘zgaruvchilar aniqlab 
olinishi lozim. Eksperimentatorning vazifasi shundaki, u eksperiment davomida idora qilsa 
bo‘ladigan barcha o‘zgaruvchilarni ko‘zdan qochirmasligi kerak. Nazorat qilish eksperiment 
metodining asosini tashkil etadi. Aynan shuning uchun ham psixologlar ovoz, yorug`lik va 
haroratni nazorat qilish uchun maxsus sharoitlarni yaratishga va reaktsiyani diqqat bilan 
o‘rganishga yordam beradigan maxsus uskunalardan foydalanishga harakat qiladilar.
Eksperiment jarayonida barcha o‘zgaruvchilarni idora qilinadigan o‘zgaruvchilar toifasiga 
kiritish mumkin emas. Birinchidan, barcha ko‘rsatkichlar nazorat qilinmaydi. Faqatgina genetik 
va ijtimoiy omillarnigina idora qilish mumkin emas, balki, eksperiment ishtirokchilari
sinaluvchilarga umumiy ustanovkalar berish, ularning ziyraklik darajasi, moddalar almashinuvi 
va boshqa situativ omillar bir xil deb bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, aslida eksperiment jarayonida barcha o‘zgaruvchilarni nazorat qilmaymiz, chunki, 
bizning maqsadimiz vaziyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini jamlashga e`tibor qaratish emas. 
Agar biz mustaqil o‘zgaruvchilar ta`siridagi barcha ko‘rsatkichlarni idora qila olsak, bunda 
eksperiment yordamida aniqlangan barcha qonuniyatlar kam sonli idora qilsa bo‘ladigan 
o‘zgaruvchili vaziyatlarga tegishli bo‘lib qoladi. Boshqacha aytganda, biz eksperiment natijasini 


237 
muayyan vaziyatdan boshqasiga qo‘llay olmaymiz. Qoidaga binoan, eksperiment qanchalik 
nazorat qilinsa, natijalar shunchalik kam darajada umumlashtirilgan bo‘ladi. 
Tasavvur qiling, sizga AQSH havo-harbiy kuchlarining generallaridan biriga kelib shunday desa: 
―Mening eshitishimcha, siz reaksiya vaqti bo‘yicha eksperiment o‘tkazibsiz. Aytingchi, 
uchuvchilar yong`in vaqtida jadal ravishda reaksiya bildirishlari uchun binodagi signal 
chiroqlari qanchalik darajada yorug` bo‘lishi darkor‖. Yaxshi nazorat qilingan eksperiment 
o‘tkazgan holda siz shunday javob berasiz: ―Janob, agar siz uchuvchilar IQ si 115 ballga teng 
bo‘lgan 19 yoshli ikkinchi kurs talabalari bo‘lishini, ular 5x7 metrli konditsioneri bor xonada 
o‘tirishini, ushbu xonada ularni chalg`ituvchi tovushlar bo‘lmasligini, ular boshqa hech qanday 
ish bilan band bo‘lmasligini va nihoyat, siz ogohlantiruvchi signalni xavf chiroqchalari 
yongunga qadar bosishga kafolat bersangiz men sizning savolingizga javob beraman‖. Siz 
general bu vaziyatda qanday javob berishi mumkinligini tasavvur qila olasizmi. Ushbu 
vaziyatdan shuni anglab etish mumkin: agar siz eksperiment natijalarini umumlashtirmoqchi 
bo‘lsangiz, barcha ko‘rsatkichlarni nazorat qilmaslik kerak. 
Eksperiment natijalarini umulashtirish, qolaversa, sabab va oqibat bog`lanishlari boshqa 
insonlar, vaziyat va vaqtning ta`sirida yuz bersa bu tashqi validlik hisoblanadi. Kuk va 
Kempellar validlikning bir qancha tiplari nomlarini fanga kiritganlar. Ular tomonidan 
qo‘llanilgan validlik tushunchasi sabablar haqidagi eksperimental xulosalarni yaroqlilik 
diapozoniga tegishlidir. Tashqi validlikka tahdidlar qachonki tadqiqotchi muayyan cheklovlarga 
ega bo‘lgan eksperimental to‘plamda, masalan, talabalar guruhida tadqiqot o‘tkazib, ulardan 
olingan natijalarni yoshi yoki intellektual salohiyatidan qatiy nazar barcha insonlarga nisbatan 
qo‘llasa yuzaga kelishi mumkin. Boshqa misol keltiradigan bo‘lsak, agar tadqiqotchi nazorat 
qilinadigan laboratoriya eksperimentidan olinadigan natijalarni real ishlab chiqarish sharoitiga, 
ya`ni sershovqin, issiq va tor joy, ishchilari esa katta tajribaga ega bo‘lishlariga qaramay 
charchagan va ishtiyoqi past darajada ishlayotgan sharoitda qo‘llasa tashqi validlikka xavf 
tug`iladi. Boshqacha aytganda, tadqiqotchi qanchalik eksperimentni nazorat qilsa
qolaversa,sharoitlarni qanchalik ko‘p qismini idora qilinadigan o‘zgaruvchilarga aylantirsa tashqi 
validlikka xavf darajasini ortish ehtimoli kuchayib ketadi.
Eksperiment davomidagi barcha sharoitlarni nazorat qilish maqsadga muvofiq emasligi 
aniqlangandan so‘ng bir muammo yuzaga keladi: eksperiment jarayonidagi qolgan 
ko‘rsatkichlarni nima qilish mumkin? Bunday vaziyatdagi echimlardan biri ularni 
o‘zgarishlariga imkoniyat yaratishdir. Nima qilsak, ushbu ko‘rsatkichlar o‘zgargani bilan bizning 
eksperiment natijalari o‘zgarmaydi? Buning echimi shundaki, ayrim ko‘rsatkichlarga tasodifiy 
tarzda o‘zgarishiga imkoniyat yaratish lozim. Bunday ko‘rsatkichlar tasodifiy o‘zgaruvchilar deb 
nomlanadi. 
Tasodifiy o‘zgaruvchilar nazorat etilmagan holda o‘zgaradi, biroq eksperimentatorning bu 
ko‘rsatkichlar mutloq tasodifiy tarzda o‘zgarishiga ishonchi komil bo‘lishi kerak. Tasodifiy 
o‘zgarishlar ko‘p marotaba takrorlangan sharoitda eksperiment natijalarining o‘zgarmasligi 
ehtimoli kam bo‘ladi. Masalan, aytaylik, siz televideniya orqali namoyish etilayotgan 
zo‘ravonlik holatlarini boladagi agressivlikni shakllanishiga ta`sirini aniqlamoqchisiz. Siz 
taxminan 100 nafar 6-yoshli bolalarni tanlab olasiz va ularga zo‘ravonlik elementlari aks etgan 
teleko‘rsatuvlarni ko‘rishni, taxminan 100 nafar 6-yoshli bolaga esa faqat tarbiyaviy 
ko‘rsatuvlarni ko‘rish topshiriqlarini berasiz. Siz tanlagan birinchi guruh bolalarining aksariyati 
ikkinchi guruh bolalaridan farqli ravishda yaxshi tarbiyalanmagan bolalar bilan o‘qishi yoki ko‘p 
shakar moddasini iste`mol qilishi, yoki zo‘ravonlik elementlari mavjud bo‘lgan oilada yashashi 
mumkinmi? Agar to‘plam haqiqatdan ham tasodifiy tarzda to‘plangan bo‘lsa statistik jihatdan 
buning ehtimoli kam, chunki aksariyat to‘plamlar asimmetrik harakterga ega bo‘ladi. Tasavvur 
qiling, siz bolaga zo‘ravonlik elementlari bo‘lgan ko‘rsatuvlarni yoki oddiy ko‘rsatuvlarni 
ko‘rishni tavsiya etyapsiz. Balki, birinchi guruh ishtirokchilarining aksariyatining uyida katta 
ekranli telivizor, ikkinchi guruh ishtirokchilarida esa kichkinagina televizor bo‘lgan ma`quldir? 
Balki shundaydir, lekin buning ehtimoli kam: to‘plamning tasodifiylik harakteri bu imkoniyatni 
ahamiyatlilik darajasini kamaytiradi.


238 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling