O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Ichki validlikka xavf soluvchi omillar: fon, etilish, saralash, o‟lim, testlash, statistik


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

12.3.Ichki validlikka xavf soluvchi omillar: fon, etilish, saralash, o‟lim, testlash, statistik 
regressiya tushunchalari 
Laboratoriya sharoitidagi eksperimentlarda qisqa muddat ichida mustaqil o‘zgaruvchilarning 
barcha darajalari bo‘yicha ma`lumotlar to‘plash mumkin. Bu vaziyatda fon bilan shartlangan 
tobe ko‘rsatkichning o‘zgarishi ehtimoli kam, qolaversa, arim vaziyatlar mustaqil 
o‘zgaruvchining darajasiga bog`liq bo‘ladi. 
Masalan, tasavvur qiling siz katta guruhlardagi umumiy psixologiya kursi bo‘yicha 
tinglovchilarning o‘zlashtirish darajasi kompyuter texnologiyalariga asoslangan videoroliklar 
bilan o‘tilgan dars yoki an`anaviy plakatlar, turli qo‘lyozmalarga asoslangan darsga bog`liq 
ekanligini qiyosiy tahlil qilmoqchisiz. Shuningdek, umumiy psixologiya kursi bir yilda bir 


240 
marotaba o‘tilishini taxmin qilaylik. Bu yil siz kompyuter vidiorolik materiallari va amaliy 
materiallarni to‘plab dars o‘tasiz va o‘tgan yilgi guruh o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bilan 
solishtirasiz. Agar bu yilgi guruhning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari o‘tgan yilgi guruh 
ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lsa, unda siz kompyuter texnologiyalari qo‘llanilgan dars 
samaraliroq deb xulosa chiqarishga haqlisiz. Biroq, bu o‘zgarish qandaydir fonli hodisa ta`sirida 
ro‘y bergan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, fakultetga qabul talablari qat`iy bo‘lganligi sababli 
guruh talabalarining akademik qobiliyatlari rivojlangan bo‘lishi mumkin. Yoki kollej rahbariyati 
bitiruvchi talabalar umumiy psixologiya kursini o‘qishi kerakligi haqidagi talabni qo‘ygan 
bo‘lsa, bu ham guruhning ko‘rsatkichlariga ta`sir etgan. Balki, psixologiya kursiga qiziqish 
shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi bilan bog`liq ravishda ortgan bo‘lishi mumkin. Bunga 
boshqa omillar ham ta`sir etgan bo‘lishi mumkin, ya`ni talabalar yuqori kurs talabalaridan o‘tgan 
yilgi imtixon savollarini nusxasini olib tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishlari mumkin. Siz ikkita guruh 
o‘zlashtirishidagi farqni aynan kompyuter texnologiyalarini darsga joriy qilinishi bilan bog`liq 
vaziyatda aniq xulosa chiqarishingiz uchun ichki validlikka tahdid soluvchi yuqoridagi fonli 
hodisalarni chetlab o‘tilganligiga ishonchingiz komil bo‘lishi lozim. 
Etilish – bu ichki validlikka xavf soluvchi omillardan biri bo‘lib, ishtirokchilarning yoshi 
kattaligi va tajribaliligi bilan bog`liq. Ajablanarlisi, etilish aynan kichik bolalarga nisbatan 
munosabatlarda tahdidlidir, masalan, bu maktabgacha ta`lim muassasasi dasturlarini baholashda 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biroq, etilish kattalar hayotini tadqiq qilishga qaratilgan uzoq vaqtli 
eksperimentlarda masalan, oddiy hodimlikdan rahbar lavozimiga ko‘tarilgan holatdagi vaziyatda 
ham ta`sir etishi mumkin. 
Saralash ko‘pincha ishtirokchilarni tanlashda, ayniqsa, ko‘ngilli ishtirokchilarni saralashda ichki 
validlikka tahdid soladi. Agar yuqoridagi misolni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, guruhlar bahorgi va 
kuzgi bo‘ladi, bu esa muammo tug`diradi. Kuzgi 1-kurs talabalarining guruhi psixologiyaga 
ixtisoslashtirilgandir. Bahorgi guruh talabalari bitiruvchi kurs bo‘lib, ularning ixtisosligi 
texnologdir. Sizningcha, bu guruhlar orasida psixologiyani o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan boshqa 
vaziyatlarda ham farq kuzatilishi mumkinmi? Eksperimentatorlarga ma`lumki, semestr boshida 
o‘z ixtiyori bilan tadqiqotda ishtirok etish xohishini bildirgan ishtirokchilar bilan semestr oxirida 
ishtirok etish xohishini bildirgan ishtirokchilar orasida potentsial farqlar mavjud. Semestr 
boshidagi ko‘ngilli ishtirokchilarning psixologiyani o‘rganishga nisbatan motivatsiyasi, qiziqishi 
kuchli bo‘lishi tabiiy hol va ular o‘z vaqtlarini unumli rejalashtira oladilar. Saralashdagi noxush 
tahdidlar bevosita mustaqil o‘zgaruvchilar bilan bog`liq bo‘ladi. Aytaylik, siz ishlab chiqarish 
amaliyotidagi yangi dasturni samaradorlik darajasini baholamoqchisiz. Siz hodimlarni o‘z 
xohishlariga ko‘ra ushbu dasturda ishtirok etishlarini so‘raysiz va tadqiqot yakunida dastur 
doirasida ishtirok etishni xohlamagan ishtirokchilarning ko‘rsatkichlari bilan tadqiqotda ishtirok 
etgan hodimlarning ko‘rsatkichlarini solishtirasiz. Sizningcha ikkita guruh orasida farq mavjud 
bo‘ladimi? Bu kabi holatlar, ya`ni ishtirokchilarni saralashga oid muammolar deyarli barcha 
tadqiqotlarda uchrab, ichki validlikka xavf soluvchi omil hisoblanadi. 
Sinaluvchilarning eksperimentdan chiqib ketishi, ya`ni o‘lim (bu tushuncha Kuk va Kempbell 
tomonidan qo‘llanilgan, lekin ayrim manbalarda otsev deb nomlanadi) ham ichki validlikka 
tahdid solishi mumkin. Ayrim tadqiqotlarda sinaluvchilarning biologik o‘limi emas, balki 
shunchaki eksperimentdan chetga chiqish ham o‘lim deb Yuritiladi. Bu erda asosiy muammo 
umumiy xarakterga ega emas, balki, o‘limning differentsial harakterga egaligidadir. Guruhlar 
mustaqil o‘zgaruvchilarning turli xarakteristikalariga muvofiq taqsimlanganda ayrim 
ishtirokchilarning tadqiqotdan chetlanishi bu muammoni Yuzaga keltiradi. Masalan, tasavvur 
qiling bir firma saralangan o‘rta zveno menejerlariga ijtimoiy stressli vaziyatlarga qarshi 
―emlash‖ ishlarini olib borish orqali yangi bir dasturni amaliy sinovdan o‘tkazmoqchi. Ular 
firmadagi menejerlarning teng yarmini tavakkaliga tanlab oladilar va har kuni menejerlarni 
boshqa hodimlar bilan shaxsiy nizoga undovchi sharoit yaratilgan qismga joylashtiradilar. 
Boshqa guruh menejerlari bu turdagi treninglardan o‘tmaydilar. Tadqiqotdan keyin besh yil 
davomida bu ikki guruh ishtirokchilarining stress bilan bog`liq ravishda salomatliklaridan 
shikoyat qilish holatlari hisoblab borilgan. Aniqlanishicha, stressga qarshi emlangan guruh 


241 
menejerlarining shikoyatlari kamroq bo‘lgan va kompaniya dasturni muvaffaqiyatli o‘tgani 
haqida xulosa bergan. Lekin, bu qanday amalga oshgan?
Tadqiqotchi tomonidan aniqlanishi lozim bo‘lgan savollar ichida quyidagilar ham bo‘lishi kerak: 
o‘quv dasturini o‘tash vaqtida guruhlardan qancha menejerlar tadqiqotni tark etgan? Stressli 
guruh menejerlarining aksariyati tadqiqotdan chiqib ketishi bilan bir qatorda ularning 
aksariyatida stressga nisbatan sezgirlik ham Yuqori bo‘lishi ehtimoli mavjud. Maxsus 
―emlangan‖ guruhning muvaffaqiyati faqatgina dastur bilan bog`liq emas, balki ushbu guruhni 
tark etuvchilar natijasida guruh ishtirokchilarining xususiyatlarini o‘zgarishi ham guruhdagi 
xarakteristikani o‘zgarishiga ta`sir etgan. 
Endi ichki validlikka xavf tug`diruvchi yana bir omil testlashtirish xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Testlashtirish har qanday manipulyativ jarayonga qaramay ishtirokchilarning xulq-atvorini 
o‘zgarishiga ta`sir etadi. Test qachonki dastlabki testlashtirish yoki ko‘p marotaba testlashtirish 
bilan bog`liq ishlar rejalashtirilganda ichki validlikka tahdid tug`diradi. Aytaylik, yangi reklama 
kompaniyasi sizni firmangizda ishlab chiqarilayotgan yumshatuvchi qo‘l kremi haqida 
insonlarga etarlicha ma`lumot bera olish olmasligi sizni qiziqtiryapti. Siz katta tasodifiy 
to‘plamni tanlab olib, ular orasida so‘rovnoma o‘tkazasiz. Siz ularga turli yumshatuvchi qo‘l 
kremlari va ularning reklama roliklari bilan bog`liq qator savollarni berasiz. Uch oy muddat o‘tib 
sizning firmangizni qo‘l kremini yangi reklama roligi taqdim etiladi va ushbu kremdan 
foydalanuvchilar sonini ortganini ko‘rib yana avvalgi guruhda qayta savolnoma o‘tkazsangiz, 
ularni sizning firmangiz kremi haqidagi ma`lumotlari ortganini guvohi bo‘lasiz. Natijada 
reklama kompaniyasini muvaffaqiyatiga tan berasiz. Biroq, siz haqmisiz? 
Muammo shundaki, bu erda insonlarning qo‘l kremi haqidagi ma`lumotlari darajasini ortishiga 
reklama bilan bir qatorda dastlabki o‘tkazilgan test ham xizmat qilgan. Bunday testni o‘tkazilishi 
ushbu guruh ishtirokchilarida qo‘l kremiga nisbatan qiziqishni orttirgan bo‘lishi mumkin. 
Testlashtirishdan so‘nggina ular ushbu krem bilan bog`liq reklama roliklarini e`tibor bilan 
kuzatib, ushbu firma haqida ko‘proq ma`lumotga ega bo‘la boshlagan bo‘lishlari ham 
ehtimoldan yiroq emas. 
Qolaversa, ishtirokchilarning eksperimentga va uning ilmiy faraziga nisbatan qiziquvchanligi 
ham bu kabi ma`lumotlarni to‘plashga ularni undagan bo‘lishi mumkin. Dastlabki testning o‘zi 
ham ularga ushbu firma va krem haqida ancha ma`lumotlarni berib qo‘yadi. Shu misolga 
asoslanib, testlashtirish ham qaysidir ma`noda ichki validlikka tahdid qiladi deb aytish mumkin. 
Biz ichki validlikka xavf soluvchi turli omillar xususida to‘xtalib o‘tdik, lekin ularning ichida 
shundaylari borki, u yashirin shaklga ega bo‘ladi – bu statistik regressiyadir. Bu vaziyat 
qachonki tadqiqotchilar sinaluvchilarning muayyan testdagi juda Yuqori yoki juda past 
natijalariga asoslanib guruhlarga taqsimlaganlarida yuzaga keladi. Chunki, juda past yoki juda 
yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan sinaluvchilarning boshqa test natijasi aralash, ya`ni o‘rtacha 
ko‘rsatkichga ham ega bo‘lishi mumkin. Ajablanarlisi shundaki, regressiya nega aynan o‘rtacha 
ko‘rsatkichga nisbatan sodir bo‘ladi. Misol bilan tushuntirsak. Siz engil darajadagi aqliy 
rivojlanishdan orqada qolgan (IQ 53 dan 68 gacha bo‘lgan daraja) maktabgacha yoshdagi 
bolalarning IQni oshiradigan dastur ishlab chiqdingiz. Buning uchun siz IQ testini o‘tkazib engil 
darajadagi aqliy rivojlanishi sust 30 nafar bolani tanlab oldingiz. Bolalarni bir yil davomida 
maxsus dastur asosida o‘qitgandan so‘ng yana test o‘tkazasiz. Test natijalariga ko‘ra siz 
guruhdagi o‘rtacha IQ ko‘rsatkichi 7 ballga oshganini guvohi bo‘lasiz va sizningcha bu 
ahamiyatli ko‘rsatkich. Siz o‘z dasturingizni muvaffaqiyatli deb e`lon qilasiz. Lekin, o‘ylab 
ko‘ringchi aslida ham shunday ekanmi? 
Bu natijalarda qanday qilib statistik regressiyaga erishildi? Tasavvur qiling dastlabki IQ testi 
ikkita mustaqil komponentdan iborat: ideal yo‘l bilan aniqlanadigan ―tabiiy‖ IQ va ―xatoliklar‖. 
Ideal test shundayki, siz bitta bolada ushbu testni necha marotaba o‘tkazishingizdan qat`iy nazar 
u bir xil natija ko‘rsataveradi. Agar siz shunday testni tanlay olganingizda edi statistik regressiya 
hech qanday muammoga sabab bo‘lmagan bo‘lar edi. Biroq, siz o‘tkazayotgan IQ testida xato 
komponentlari ham uchraydi. 


242 
Bu xatoliklar turli o‘zgaruvchilarning ta`siri bilan shartlangan bo‘lishi mumkin. Masalan, 
ehtimollar nazariyasiga muvofiq, bolaning shunchaki omadi chopib bilmagan savollariga ham 
to‘g`ri yoki buning aksi omadi chopmay noto‘g`ri javob bergan bo‘lishi ham mumkin. Balki 
bolaning ertalabdan kayfiyati yo‘q bo‘lib, o‘tkazilgan dastlabki test davomida ham diqqatini bir 
joyga jamlay olmagan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Xattoki, tadqiqotchining shaxsiy holati 
tufayli bola bilan yaxshi munosabat o‘rnata olmaganligi ham test natijasiga ta`sir etgan bo‘lishi 
mumkin. Biz bu kabi ta`sirlarni miqdori va yo‘nalishini oldindan aytib bera olmaganimizdek, har 
qanday xato natijalarga nisbatan ham ularni haqiqatga aylantirishdan oldin tanqidiy ko‘z bilan 
qarashni o‘rganishimiz kerak.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, eksperiment shunday murakkab jarayon bo‘lib, o‘zida qator 
o‘zgaruvchilar orasidagi munosabatlarni mujassamlashtiradi. 
Eksperimentda validlik degan muhim ko‘rsatkich ham mavjud bo‘lib, uning ikki turi keng 
tarqalgan: ichki va tashqi. Aynan ichki va tashqi validlikka xavf soluvchi omillarning ta`sirini 
kamaytirish orqali tadqiqotdan olingan natijalarni amaldagi samaradorlik darajasini orttirish 
mumkin. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling