O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


 Randomizatsiya. Aralashuvchi omillar


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

 
12.2. Randomizatsiya. Aralashuvchi omillar 
Tasodifiy to‘plamni (randomizatsiya) yig`ish oddiydir. To‘plam uchun xos bo‘lgan umumiy 
xususiyatlarni tanlab olish usulidan foydalanish mumkin. Agar siz ikkita umumiy elementni 
tanlab olgan bo‘lsangiz, ulardan bittasini, eng ummiyrog`ini tanlashingiz lozim. Umumiy 
elementlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa ularning yagona eng umumiyrog`ini ajratib olish darkor. 
Ko‘pgina matematik ma`lumotnomalarda maxsus jadvallar keltirilgan bo‘lib, ularda tasodifiy 
tanlanma sonlar qatori keltirilgan. Aynan shu qatorlar yordamida tanlanma tasodifiy sonlarni 
aniqlash mumkin. Agar siz qandaydir sharoitni tasodifiy o‘zgaruvchiga aylantirmoqchi 
bo‘lsangiz, unda siz ushbu sharoit haqiqatdan ham tasodifiy tarzda o‘zgarayotganiga amin 
bo‘lishingiz lozim, chunki, tasodifiy tuyulgan har qanday sharoit aslida bunday bo‘lmasligi 
mumkin. Masalan, agar siz o‘zingiz sharoit yaratib eksperimentni randomizatsiyalamoqchi 
bo‘lsangiz, siz ularni randomizatsiyalamagan bo‘lasiz. Bizga ma`lumki, insonlar tasodifiy 
hodisalarni qiyinchilik bilan boshqaradilar. Agar siz sinaluvchilar kun yoki semestr davomida 
eksperimentdagi tasodifiy ishtirokchi bo‘la oladilar deb hisoblasangiz adashasiz. Insonlarning 
kunduz kuni, kechqurun yoki bir oy davomida qilishni istagan narsalari turli harakterga ega 
bo‘ladi. Yangi eksperimentatorlar ko‘pincha randomizatsiyalashda xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. 
Tasodifiy o‘zgaruvchilarni qo‘llanilishining asosiy afzalligi – natijalarni umumlashtirish mumkin 
va tashqi validligi kuchli bo‘ladi. Yuqorida biz ta`kidlab o‘tganimizdek barcha sharoitlar 
eksperiment davomida nazorat qilib borilsa uning natijalarini umumlashtirishda qiyinchiliklar 
yuzaga keladi. Aynan mana shunday holatni oldini olish uchun eksperiment davomida tasodifiy 
o‘zgaruvchilarni ishtiroki ta`minlansa, tadqiqot natijalarini umumlashtirish imkoniyati Yuzaga 
keladi. Shundagina randomizatsiya samarali eksperiment vositasiga aylanadi. 
Endi randomizatsiya o‘zi nima ekanligiga to‘xtalib o‘tsak. 
Ayrim vaziyatlarda sharoitlarni tasodifiy yoki idora qilsa bo‘ladigan o‘zgaruvchilar sifatida 
ko‘rib chiqishning o‘zi etarli emas. Randomizatsiya va idora qilinadigan o‘zgaruvchilar ikki 
qutbda joylashgan holatlardir. Mana shu ikki qutb oralig`ida cheklangan randomizatsiyaning turli 
darajalari joylashadi. Bunday vaziyatda hodisalarni bir qismi idora etiladi va boshqa qismi 
randomizatsiyalanadi. Aytaylik, bizning reaksiya vaqtini aniqlashga qaratilgan tadqiqotimizda 
bir necha bor mashq qilish muhim o‘zgaruvchi bo‘lishi mumkinligini bilamiz. Agar dastlabki 
urinish yorug`lik intensivligining zaifligi bilan harakterlanib, keyingi urinishlar yuqori yorug`lik 
intensivligiga etib borsa, bizni eksperiment natijasiga ta`sir etganlikda ayblashlari mumkin: 
chunki, yorug`likning har qanday zaif va kuchli intensivligiga nisbatan reaktsiya vaqti orasidagi 
farq bir necha bor mashq qilganlik bilan shartlangan bo‘lishi tabiiy holdir. Bunday muammodan 
qochish uchun mashq qilish ko‘rsatkichini nazorat qilishimiz va har bir sinaluvchiga bir 
marotabadan urinib ko‘rish imkoniyatini berishimiz mumkin. Yoki zaif va kuchli intensivlikda 
urinishlarni tasodifiy tarzda tashkil etishimiz mumkin. Masalan, 12 marotaba tanga tashlab, agar 
rasmli tomoni tushsa Yuqori intensivlikdagi chiroqni, raqamli tomoni tushsa zaif intensivlikdagi 
chiroqni yoqishimiz mumkin. Biroq, bu ham unchalik ishonchli usul emas, chunki bitta tomon 
bir necha bor ketma-ket tushib qolishi va eksperimentga noadekvat tarzda ta`sir etishi mumkin. 
Bu muammodan qochish uchun ehtimollar nazariyasiga muvofiq teng miqdordagi urinishlarni 
hisobga olamiz. Shu tariqa urinishlarga bir qancha cheklovlarni kiritamiz va ularni taqsimlashda 
tasodifiylik qoidasiga amal qilamiz. Buning uchun 6 ta qog`ozga ―Yuqori intensivlik‖ va 6 ta 
qog`ozga ―zaif intensivlik‖ so‘zlarini yozib qo‘yamiz va ularni tanlab ketma-ketlikni aniqlab 
olamiz. Mana shundagina ikki toifadagi intensivlikning tanlanish miqdori teng bo‘ladi. 
Bundan boshqa cheklovlar ham mavjud. Biz bir intensivlikda urinishlar soni ortib ketishini 
muayyan tarzda nazorat qilishimiz mumkin. Bunday sharoitda bloklar ichidagi randomizatsiya 
amalga oshadi, natijada bloklar cheklov vazifasini o‘taydi. Ushbu muqobil variantni qo‘llash 
orqali biz to‘rtta blok, shundan ikkitasi yuqori intensivlikka, ikkitasi zaif intensivlikka ega 
bo‘lgan bloklarni ajratib olsak, har bir blok ichida tasodifiy tanlanishlar sodir bo‘ladi. 
Biz ideal eksperiment o‘tkazish maqsadida manipulyatsiyalashga mustaqil o‘zgaruvchini, 
o‘rganishga tobe o‘zgaruvchini, qolgan sharoitlarni esa idora etiladigan hamda tasodifiy 


239 
o‘zgaruvchilarga aylantirib, cheklangan randomizatsiyani tanlasak ham ayrim o‘zgaruvchilar 
borki, ular eksperimentga o‘z ta`sirini o‘tkazmay qolmaydi. Biroq, har qanday eksperiment ideal 
tarzda tashkil etilmaydi, chunki real hayotda ayrim hodisalar eksperiment jarayoniga o‘z ta`sirini 
o‘tkazadi. Bunday vaziyatda eksperimentator aralashuvchi o‘zgaruvchilar qachon ―boshini
jarayonga suqmasligini‖ bilishi lozim. Mustaqil o‘zgaruvchini boshqaruvi ta`sirida tizimli 
ravishda o‘zgaruvchi har qanday ko‘rsatkich aralashuvchi o‘zgaruvchilar deb ataladi.
Masalan, yuqorida keltirilgan reaktsiya vaqti tajribamizga asoslanib chiroq yorug`ligining uch 
intensiv darajasini ajratib olishimiz mumkin: dastlabki 20 ta urinishni o‘zida mujassamlashtirgan 
zaif, keyingi 20 ta urinishni o‘zida aks ettirgan o‘rta va nihoyat oxirgi 20 ta urinishlarni yuqori 
deb baholashimiz mumkin. Shunga muvofiq ―insonlar chiroq yorug`ligi qanchalik intensiv bo‘lsa 
shunchalik tez reaktsiya bildiradilar‖, deb xulosa qilsak, kimdir e`tiroz bildirishi mumkin ―yo‘q, 
insonlar bir necha bor urinib ko‘rib tajriba orttirganlaridan so‘ng tez reaktsiya qaytaradilar‖, 
deb. Agar kuzatuvlarga tayanadigan bo‘lsak, har ikki holat ham to‘g`ri. Muammo shundaki, biz 
eksperiment jarayoniga bevosita mustaqil o‘zgaruvchi ta`sirida tizimli ravishda o‘zgarib 
turadigan ko‘rsatkichlarni aralashishiga beixtiyor imkoniyat yaratib berdik.Eksperimentator 
murakkab o‘lchamlarni aniq tizimli tekshirishi va natijalarni Xeminguey uslubida talqin etishi 
mumkin, biroq, aralashuvchi o‘zgaruvchilar uning barcha urinishlarini yo‘qqa chiqarishi 
mumkin. Bunday qiyinchiliklar Coca-Cola va Pepsi-Cola brendi taqdimotida ham uchragan. 
Pepsi brendi o‘z mahsulotini Coca-Colaga qarshi qo‘yib degustatorlar ishtirokida test sinovi 
o‘tkazadi, unga ko‘ra odatda Q yozilgan stakandan Coca-Cola, M yozilgan stakandan Pepsi-
Cola ichimliklarini iste`mol qilganlar. Deyarli aksariyat degustatorlar pepsi ichimliklari solingan 
stakanlarni ma`qul ko‘rganlar. Ushbu vaziyatni kuzatib turgan Coca-Cola rahbariyati tezda chora 
ko‘rish maqsadida boshqa eksperiment o‘tkazadi. Unga ko‘ra, ichimliklar emas balki, Q va M 
harflarining qaysi biri insonlarga ma`qulligini aniqlaydilar. Ushbu eksperiment natijasiga 
asoslanib, shunday xulosaga kelinadi: aksariyat insonlar M harfini ma`qul ko‘radilar. Shu 
boisdan, ular M harfi yozilgan stakanlarni ularni ichidagi ichimlikning ta`miga qarab emas, 
balki, shunchaki M harfi Q harfiga nisbatan ko‘proq ularga ma`qul bo‘lganligi uchun ushbu 
stakanlarni tanlaganlarini ma`lum qiladilar. Ushbu farazni tasdiqlash uchun eksperimentni keng 
miqyosda quyidagi tartibda ham o‘tkazilgan, unga ko‘ra Q va M harflari yozilgan stakanlarga 
Coca-Cola ichimligi quyib berilganda ham sinaluvchilar M harfi yozilgan stakandagi ichimlikni 
afzal deb hisoblaganlar. Ajablanarlisi, ushbu tadqiqotlarda harflar aralashuvchi o‘zgaruvchi 
vazifasini bajargan. Dastlabki test davomida harflar ichimliklar bilan birga o‘zgarib borgan, 
vaholanki, degustatorlar keyinchalik ichimliklarning harfi o‘zgargani bilan ta`mi bir xil ekanini 
aniqlaganlar. Mavzuning boshida Kuk va Kempbellar tomonidan validlikning bir qancha 
turlari ajratib o‘tilgani haqida gapirgan va tashqi validlikka to‘xtalib o‘tgan edik. Validlikning 
yana bir turi – bu ichki validlikdir. Bunda mustaqil o‘zgaruvchilarni manipulyativ holati 
haqiqatdan ham tobe ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga sabab bo‘ldimi yoki bunga boshqa omillar 
ta`sir etdimi aniqlash lozim. Agar bunday o‘zgarishlar mustaqil ko‘rsatkichlar ta`sirida yuz 
bermasa, unda sabab aralashuvchi o‘zgaruvchilardadir. Shu boisdan, eksperiment jarayonidagi 
aralashuvchi o‘zgarishlardan qanday qochishni o‘ylashda ichki validlikka tahdid haqida ham 
bosh qotirish lozim. Eksperimentatorning vazifasi aralashuvchi o‘zgaruvchilar ta`sirida ichki 
validlikka havf soluvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etishdir. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling