O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

Izlanish obekti- bu " muammoli vaziyat" va tanlangan maxsus o‘rganishdagi jarayon yoki 
hodisa. Psixologik tadqiqotlar ob‘ekti sifatida yo aloxida individ, yoki gurux bo‘lishi mumkin.
Izlanishning predmeti- bu izlanish ob‘ekti chegarasidagi narsa. 
Izlanish ob‘ekti va predmeti bilishning ilmiy jarayoni kategoriyasi sifatida o‘zaro uzviy - 
umumiy va xususiy bog‘liq bo‘lib, chunki ob‘ektning izlanish predmeti bir qismi bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Ayni unga izlanuvchining asosiy e`tibori qaratilgan, ayni izlanish predmeti ilmiy- tekshirishning 
mavzusini belgilaydi. 
Ilmiy izlanishning metodika (uslubiyat) tanlash bilan bog‘liq keyingi bosqichi asosiy 
bosqichlardan hisoblanadi, yani u ishni bajarish uchun asosiy instrument bo‘lib, ilmiy ishda 
qo‘yilgan maqsadga erishish uchun asosiy shart bo‘lib xizmat qiladi. 
Tadqiqot jarayonini ifodalash ilmiy - tekshirish ishining asosiy qismi, unda logik qonun va 
qoidalardan foydalanib tadqiqotning metodikasi, texnikasi, texnologiyasi, operatsiyalari 
yoritiladi. 
Ilmiy tadqiqotning eng asosiy bosqichi uning natijalari muxokamasi, bu narsa raxbar, kafedra 
majlislari, ilmiy kengashlarda o‘tkaziladi, bunda ilmiy ishning nazariy va amaliy ahamiyatiga 
baxo beradi. 
Songgi bosqich- bu xulosani tarifi unda bajarilgan ilmiy ishning yangi ilmiy va amaliy natijalari
o‘z aksini topadi. 
Eksperiment nazariyani tekshirib ko‘rish uchun o‘tkaziladi. Nazariya ichki bilishning nutqiy 
tizimiga izoh beradi. Nazariyaning mantiqiy qismlari bir-birini rad etadi. Nazariya asosida uning 
tushunarli ob`ektiv haqiqatlari yotadi. 
Mavjud ko‘plab shakllar nazariy bilish: qonunlar, tasniflar va turlar, modellar, sxemalar, 
farazlardan iborat. Har bir nazariya o‘ziga quyidagi tarkibiy qismlarni oladi: 1. Empirik oqibatlar 
poydevori (dalillar, empirik qonun-qoidalar). 2. Asos – ko‘plab birlamchi sharoitlar (faraz, shart-
sharoitlar farazi, aksioma), bu nazariyaning fikriy ob`ekti sifatida qaraladi. 3. Ko‘plab 
nazariyalar asosiy nazariy bilimlarni mustahkamlaydi. 
Nazariy bilimlar tarkibiy qismlarining kelib chiqishi turlichadir. Nazariyaning empirik tuzilishi 
tadqiqot va eksperiment natijalari bilan izohlanadi. Nazariyaning ideallashtirilgan ob`ekti o‘zi 
bilan (tanish) aniqlikning tanish-ramziy modelini yaratadi. Qonunlar nazariyani shakllantiradi, 
ayni paytda (aniqlikni) borliqni emas, ideal ob`ektni ta`riflaydi. Uslubiy qurilma aksiomani va 
gipotetik-deduktiv nazariyalarni rivojlantiradi. Birinchidan, nazariyaning ramkasi bo‘lmish, isbot 
talab etmaydigan, zarur va etarli bo‘lgan aksiomalardan qurilgan bo‘ladi. Ikkinchidan, 
farazlarning empirik, induktiv asoslari mavjudligi, nazariyalar matematik apparatning sifat
qurilmasi tarzida, shaklan, rasmiy tomondan rivojlanadi. Sifat nazariyalarni psixologiyada 
A. Maslouning qarashlari, L. Festinger, Dj. Gibsonning ekologik idrok qarashlarida ko‘rish 
mumkin. SHakliy nazariyalar qo‘llaniladigan matematik apparatning tuzilishida namoyon 
bo‘ladi. Bu nazariya D. Xonsonning ishlarida o‘z aksini topgan, aqliy nazariya J. Piaje, motivlar 
nazariyasi K. Levin, D.Kelli tomonidan yaratilgan. Formal nazariyalar matematikada 
ishlatiladigan apparatda namoyon bo‘ladi. 
Empirik yo‘nalish nazariyaning sifatini rivojlantiradi, haqiqatni yozish uchun lozim bo‘ladi. 
Nazariya faqatgina borliqni aks ettirmaydi, balki uning tuzilishini ham ko‘rib chiqadi, 
eksperimental natijalar, nazariyaning holati va uning ta`sirini hisobga oladi. 
Mavjud vaqtda o‘tkazilgan eksperiment natijalarida faqat bitta emas, balki ikki yoki undan ortiq 
nazariyalar isbotlanib tushuntiriladi. Masalan, psixofiziologiyada sensorning uzluksizligi haqida 
nazariya mavjud. Psixofiziologiyada shaxsning bir qancha sifatlari va empirik ta`sir etuvchi 
omillari isbotlangan. (G. Ayzenk modeli, R. Kettell modeli, ―Katta beshlik‖).
Taniqli metodolog B. Feyerbend ―Tirishqoqlik tamoyili‖da eski nazariyalarni rad etmaslik lozim
hatto ularning aniq isbotlarini e`tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Ikkinchi uning 
tamoyili metodologik anarxizm tamoyili: ―Fan o‘zi bilan anarxistlikni vujudga keltiradi, nazariya 


233 
qonunlar asosida har doim progressiv rivojlanishda. Bu tarixiy voqealarni analiz qiladi va isbot 
etadi, fikr va harakat orasidagi munosabatni mavhum tahlil qiladi. Asosiy tamoyil progressiyaga 
to‘sqinlik qilmaydi, bu ―Hammani qo‘yib yuboramiz‖ deb ataladi. Masalan, biz farazlarni 
qo‘llashimiz mumkin, bular nazariyada ko‘rsatilgan va eksperiment natijalarida isbotlangan 
bo‘lishi lozim. Fanni konstruktiv harakatlar bilan rivojlantirish mumkin‖ (Feyerbend. 1986). 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ilmiy tadqiqot muayyan bir tizimga tushurilgan, mantiqiy 
uzviylikka ega bo‘lgan, ilmiy amaliy yangiliklar yaratishga qaratilgan ilmiy asardir. Har bir 
o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqot ushbu uzviylik asosida mantiqiy xulosalarga, nazariy 
kontseptsiyalarga tayangan holda olib boriladi.

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling