O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


 Bitta guruhni bir vaqtning o‟zida turli sharoitlarda tadqiq qilish


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

2. Bitta guruhni bir vaqtning o‟zida turli sharoitlarda tadqiq qilish. Bu tadqiqotning rejasi 
Yuqoridagi tadqiqot rejasiga yaqin. Lekin, mazmuni jihatidan u eksperimentga yaqin chunki 
guruh tushib qolgan vaziyatlar farqlanadi. Korrelyatsion tadqiqot holatida biz mustaqil 
o‘zgaruvchi darajasini boshqarmaymiz, shunchaki individning turli sharoitlardagi hulqini 
izohlaymiz xalos. Bolalarning bog`chadan 1-sinfga o‘tish vaqtida xavotir darajasining ortishi 
(guruh o‘sha-o‘sha sharoit esa boshqacha) ni misol qilishimiz mumkin. Bu rejaning bosh 
artefaktlari – tartiblilik effekti va so‘rovning akumulyatsiyasi. Bundan tashqari natijalarga vaqt 
faktori (tabiiy rivojlanish effekti) ham ta`sir etishi mumkin. Bu rejaning sxemasi juda oddiy: AO, 
BOd, bu erda A va B turli sharoitlar. Sinaluvchilar tasodifiy tarzda tanlanishi yoki tabiiy guruhni 
tadqiqot uchun olish ham mumkin. Natijalar taxlili A va B sharoitlardagi so‘rovlar o‘rtasidagi 
o‘xshashlikka olib kelinadi. 
3. Bir-biriga ekvivalent bo‟lgan juft guruhlardagi tadqiqotlar korrelyatsiyasi. Bu reja 
egizaklarni ichki juftlik metodi bilan tadqiq qilish uchun ishlatiladi. Dizigota va monozigota 
egizaklar ikki guruhga bo‘linadi, har bir guruhda egizaklarning bittasi bo‘ladi. Ikkala guruh 
egizaklarida tadqiqotchini qiziqtirayotgan psixologik xususiyat tekshiriladi. Keyin egizaklar (R-
korrelyatsiya) va xususiyatlar (0-korrelyatsiya) orasidagi korrelyatsiya tekshiriladi. Shuningdek 
egizaklarni tadqiq qilishning yana ko‘pgina murakkab psixogenetik turlari mavjud. 
4. Bir necha xulqni xarakterlaydigan o‟zgaruvchilarning statistik aloqasi haqidagi 
gipotezani tekshirish uchun strukturali korrelyatsion tadqiqot o‟tkaziladi. U quyidagi 
dastur bo‘yicha realizatsiya qilinadi. Bizni aynan qiziqtirayotgan yoki umumiy populyatsiya 
vakillaridan guruh tuziladi. Ishonchlilik va ichki validlilik darajasi Yuqori bo‘lgan testlar 
tanlanadi. Keyin guruh belgilangan dasturga ko‘ra testdan o‘tadi: 
R A(0,) B(0,) C(0,) D(0,) … N(0,,), 
Bu erda A, B, C, …, N – testlar, T> - testdan o‘tkazish operatsiyasi. 
Tadqiqot natijalari tx n, bu erda t – sinaluvchilar soni, n – testlar. ―xom‖ ma`lumotlar matritsasi 
qayta ishlanadi, tekis korrelyatsiya koeffitsienti hisoblanadi. tx n, matritsasi hosil bo‘ladi, bu 
erda n – testlar soni. Matritsa katakchalarida – korrelyatsiya koeffitsienti, uning diagonali 
bo‘ylab – birliklar (testning o‘zi bilan korrelyatsiyasi). Matritsa shu diagonalga nisbatan 
simmetrik. Korrelyatsiyalar statistik farqlarga quyidagicha ajratiladi: avval r Z-baholarga 
aylantiriladi, keyin r ni qiyoslash uchun StYudentning t-mezonidan foydaliniladi. 
Korrelyatsiyaning ahamiyati jadvalning ahamiyati bilan solishtirilib baholanadi. Qiyoslashda 
aniqlik kiritilgan vaqtdagi korrelyatsiyaning tasodifiy korrelyatsiyadan farqliligi haqidagi 
gipoteza qabul qilinadi (a=0.05 yoki a=0.001). Ba`zi hollarda ko‘pgina korrelyatsiyalarni, 
jumladan xususiy korrelyatsiyalarni aniqlash ehtiyoji paydo bo‘ladi. 
O‘lchangan parametrlar sonini kamaytirish uchun latent analizning turli usullaridan 
foydalaniladi. Ularning psixologik tatqiqotlarda qo‘llanilishiga ko‘pgina ilmiy ishlar 
bag`ishlangan. Ko‘p o‘lchamli psixologik testdan o‘tkazishda Yuzaga keladigan asosiy artefakt, 
bu real tabiiy vaqtdir. Korrelyatsion tadqiqot natijalarini taxlil qilishda biz o‘lchovlarni 
o‘tkazilish vaqti turlicha ekanligidan chalg`iymiz. Bundan tashqari, avvalgi o‘lcham keyingisiga 
ta`sir etmaydi deb hisoblanadi.
Bu rejani qo‘llash vaqtida Yuzaga keladigan asosiy artefaktlarni sanab o‘tamiz: 
1. 
davomiylik effekti – avvalgi testni bajarish jarayoni keyingisini bajarilishiga ham ta`sir 
etadi (simmetrik yoki assimmetrik). 
2. 
o‘rgatish effekti – turli test sinovi seriyalarini bajargandan so‘ng sinaluvchida o‘ziga xos 
malaka hosil bo‘lishi mumkin. 
3. 
fonning va tabiiy rivojlanishning ta`siri effekti sinaluvchining tadqiqot jarayonida 
boshqarib bo‘lmaydigan dinamikasiga olib keladi. 
4. 
guruh tarkibi va test jarayonining o‘zaro ta`siri bir xil bo‘lmagan guruhlarda ko‘zga 
tashlanadi: introvertlar ekstrovertlarga nisbatan imtixonni yomonroq topshiradilar, ―behalovat‖ 
kishilar tezlik testlarida yomon natija ko‘rsatadilar; 


297 
Davomiylik va ko‘chuvchanlik effektini oldini olish uchun eksperimentni rejalashtirishda 
ishlatiladigan metod – kontrbalansirovkadan foydalanish tavsiya etiladi. Faqat ta`sir o‘rniga 
testlarni o‘tkazish ketma-ketligi o‘zgartiriladi. 
Uchta test uchun kontrbalansirovkali korrelyatsiya quyidagicha ko‘rinadi: 
1-guruh: A B C 
2-guruh: C A B 
3-guruh: B C A 
Bu erda A, B, C – turli testlar. Biroq men korrelyatsion tadqiqot davomida davomiylik effekti 
nazorat qilib borilgan birorta eksperimentni bilmayman. 
Bitta misol keltiraman: biz bir-birini almashtiruvchi vazifalar to‘plamini echishga vazifa 
turining qanday ta`sir qilishini aniqlashimiz lozim edi. Biz sinaluvchiga testlar unga qay tartibda 
berilayotgani befarq emas degan qarorga keldik. Kreativlikka (Torrens testi) va umumiy 
intellektga (Ayzenk testi) bog`liq vazifalar tanlandi. Vazifalar sinaluvchiga tasodifiy tartibda 
berilar edi. Ma`lum bo‘lishicha avvalroq echilgan kreativlik testini natijalari umumiy intellekt 
testini echish tezligi va aniqligini sekinlashtirar ekan. Teskarisida esa ta`sir sezilmasdi. Bu 
holatni muhokama qilmasdan (chunki bu murakkab ish) biz assimmetrik davomiylik effekti bilan 
to‘qnash keldik degan qarorni qabul qildik. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling