O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Download 149.59 Kb.
bet24/25
Sana26.10.2023
Hajmi149.59 Kb.
#1725068
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi z

UMUMIY XULOSALAR
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib va mavzuning dolzarbligini inobatga olgan holda quyidagi umumiy xulosalarga kelindi:
O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko‘ra tashkil etiluvchi ta’lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Ta’lim tamoyillarida ta’limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi me’yoriy asoslari (qoidalari) o‘z ifodasini topgan.
Ta’limning tizimli bo‘lishi uning izchil bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Izchillikka asoslangan ta’limning harakterli belgisi shundaki, u o‘quvchilarning oldindan o‘zlashtirgan bilim va malakalari zamiridaligi bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, ularning o‘zaro bog‘lanishlarini takomillashtirish va aksincha, bilimlarni bahs qilish jaryonida oldindan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta’minlashga qaratilgandir.
Ta’limning tizimli bo‘lishi tamoyili bayon qilinayotgan o‘quv materilalarini mustahkamlash va ilgari o‘tilgan materiallarini to‘ldirishga xizmat qilishini; o‘quvchilarning uzluksiz va tizimli suratda mustaqil ish olib borishlarini, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim va hosil bo‘lgan ko‘nikma, malakalarini hisobga olib borishni ham o‘z ichiga oladi.
Tizimlilik va izchillik tamoyillri o‘zaro bog‘liq bo‘lgan alohida o‘quv fanlarini hamda kundalik o‘quv materiallarini mantiqiy jihatdan bir biriga mustahkam bog‘liq holda va muayyan bir tartibda o‘qitish hamda ta’lim jarayonida o‘quvchilarni tizimli ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirib olishlarini ta’minlaydi.


Olib borilgan tadqiqot ishimiz natijalariga asoslanib quyidagi TAVSIYALARNI taqdim etish mumkin:
    • ta’limning samaradorligini oshirishda tizimlilik tamoyilidan foydalanishga doir metodik majmualar, axborot-ko‘rgazmali materiallar hamda metodik tavsiyalar yaratish;


    • zamonaviy sharoitda ta’limning sifati va samaradorligini ta’minlashda ta’lim oluvchilarning qiziqish va imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim tamoyillaridan foydalanish;


    • ta’limni tashkil etishda xorij tajribalari imkoniyatlaridan foydalanish.





Download 149.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling