O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi zahiriddin`muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti «Tasdiqlayman»


Dissertatsiya ishining metodologik va nazariy asoslari


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana08.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1464033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
oilada maktabgacha yoshdagi bola shaxsi ozini-ozi anglashning ijtimoiy psixologik omillari

Dissertatsiya ishining metodologik va nazariy asoslari. Tadqiqotga 
mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida, nutqlarida oilaning ma‟naviy 
jihatdan tarbiyalovchi rolini oshirish, uning ma‟naviyatni yuksaltirish masalalariga 
bag„ishlangan fikrlari, tavsiyalari va xulosalari metodologik asos sifatida xizmat 
qildi. 
Bundan tashqari, L.S.Vыgotskiyning bola shaxsini konkret ijtimoiy-madaniy 
sharoitlarda shakllanishi, tarixiy-madaniy vaziyatlarning rolini asoslovchi 
nazariyasi; A.N.Leontevning bola rivojlanishining har bir bosqichida uning ruhiy 
hayotidagi o„zgarishlar o„rtasida ichki bog„lanishlar mavjudligi haqidagi 
konsepsiyasi xizmat qildi. Bundan tashqari, o„zbek psixologlari M.G.Davletshin, 
G„.B.Shoumarov, V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, E.G„.G„oziev, B.R.Qodirov, 
Sh.R.Barotov, Z.T.Nishonova va boshqalarning shaxs ijtimoiylashuvi va bunda 
oilaviy ijtimoiylashuvning o„rniga bag„ishlangan tadqiqotlarining konseptual 
xulosalari, shuningdek, dissertatsiyada bola ongida “Men” tushunchasining 
ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasidagi nazariy qoidalarga bog„liq tomonlari ijtimoiy 
psixologik nuqtai nazaridan metodologik manba sifatida foydalanildi. 
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar: 
1. Shaxs ijtimoiy tasavvurlari tizimida uning o„zi va o„z fazilatlari 
to„g„risidagi tasavvurlari, eng avvalo, jamiyatda tutajak o„rni va maqomini 
belgilovchi muhim mexanizmki, uning mazmuni shaxsning nafaqat o„ziga, balki 
o„zga shaxslarga bo„ladigan ijtimoiy munosabatlari va ijtimoiy xulqining asosi 
hisoblanadi. Bunda maktabgacha yoshdagi taraqqiyot davrini boshdan 
kechirayotgan inson uchun yetakchi ijtimoiy omil va guruh sifatida oila alohida 
o„rin va nufuzga egadir. 
2. Shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida uning o„zi to„g„risidagi ijtimoiy 
tasavvurlari tizimining shakllanishida oila omilining roli shundaki, bunda asosiy 
shakllantiruvchi mexanizm rolini, eng avvalo, oiladagi ma‟naviy-ruhiy muhit, uni 


12 
tashkil etuvchi ota-ona va yaqinlarning o„zaro munosabatlaridan tashqari ota-
onaning farzandga bo„lgan munosabatlari, bola ongida shakllantiriladigan kognitiv 
fikr-tushuncha va g„oyalar katta rol o„ynaydi. 
3. Ota-ona munosabatlari ta‟sirida shakllangan “Men” konsepsiyasi besh 
tarkibiy qismdan iborat bo„lib, unga qadriyatlar konsepsiyasi, nominatsiyalar 
konsepsiyasi, yosh konsepsiyasi, ijtimoiy muhit konsepsiyasi hamda jins 
konsepsiyalari kiradi va ular o„ziga xos ierarxik tuzilmaga egadir. Taraqqiyotning 
har bir bosqichida ushbu bosqichning yetakchi faoliyati va omillariga bog„liq 
tarzda uning u yoki bu komponenti yetakchi bo„ladi.
4. Maktabgacha yoshdagi taraqqiyot bosqichida jinsiy o„zlikni anglash 
konsepsiyasi, ya‟ni shaxsning qaysi jins vakili ekanligiga oid tasavvurlar ustuvor 
bo„lgani uchun ham ota-ona va ular o„rtasidagi jinslararo munosabatlar o„zlikni 
anglash jarayonining bosh yo„nalishi hisoblanadi. 
5. Maktabgacha yoshdagi bola “Men” konsepsiyasining tuzilishi, uning 
ayrim unsurlari, ularning o„zaro nisbati va ontogenezning turli bosqichlaridagi 
mazmuni, shuningdek, ularning shakllanishiga ta‟sir ko„rsatuvchi oilaviy 
munosabatlar bilan o„zaro aloqasi, avvalo, oiladagi munosabatlar va ota-onaning 
o„zlikni anglash darajasi bilan belgilanadi. 
6. O„zini baholashning shakllanish jarayoni murakkab bo„lib, u bolaning o„z 
“Men”ini baholashi va ota-onaning real bahosi o„rtasidagi aloqani namoyish qilib, 
bolaning istiqboldagi psixik rivojlanishini bashorat qilishga imkon beruvchi 
mexanizmdir. Bunda bolaning ota-onasidan kutayotgan baho tizimi, ota va ona 
beradigan baholar o„rtasidagi farq boladagi adekvat yoki noadekvat bahosi uchun 
psixologik zamin rolini o„ynaydi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling