Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘lim vazrligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti biologiya fakulteti


Download 63.42 Kb.
bet6/12
Sana30.04.2023
Hajmi63.42 Kb.
#1404495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fosfor kurs ishi Asror

Ortofosfat kislota H3PO4 – 42,35°C da suyuqlanadigan rangsiz tiniq kristallar hosil qiladi. Ortofosfat kislota suvda juda yaxshi eriydi.Ortofosfat kislota zaharli emas. Ortofosfat kislota 215°C gacha qizdirilsa, uning har ikki molekulasidan bir molekula suv ajralib chiqadi va suvda eriydigan, shishasimon massa holida toʻrt negizli pirofosfat kislota hosil boʻladi:
2H3PO4 = H4P2O7 + H2O
Yuqorida tilga olingan uchala kislotadan eng ahamiyatlisi ortofosfat kislotadir; fosfat kislota deganda, odatda, ortofosfat kislota nazarda tutiladi. Ortofosfat kislota metafosfat kislotaning eritmasi qaynatish yoʻli, bilangina emas, qizil fosforni nitrat kislotada oksidlash yoʻli bilan ham olinishi mumkin;
3P+5HNO3+ 2H2O = 3H3PO4+ 5NO
Texnikada foydalaniladigan ortofosfat kislota, aso­san, kalsiy fosfatga sulfat kislota ta'sir ettirish yoʻli bilan olinadi:
Ca3(PO4)2+ 3H2SO4 = 3CaSO4+ 2Н3РO4
Bu reaksiyada hosil boʻladigan kalsiy sulfat suvda erimaydi desa boʻladi, shuning uchun undan fosfat kislota eritmasi oson ajratib olinishi va bugʻlatish yoʻli bilan quyultirilishi mumkin.
Fosfat kislota kuchi oʻrtacha boʻlgan kislotadir. Uning birlamchi dissotsiatsiya konstantasi 7,5∙10-3 ga teng. Suvda eritilgan fosfat kislota, asosan, H+ ioni bilan H2PO4-2 ioniga dissotsilanadi.
Ortofosfat kislota uch negizli kislota boʻlganligidan uch qator tuz: normal tuzlar, kislota qoldigʻida bir atom vodorod boʻladigan nordon tuzlar va kislota qoldigʻida ikki atom vodorod boʻladigan nordon tuzlar hosil qiladi. Fos­fat kislotaning normal tuzlari fosfatlar deb, nordon tuzlari esa gidrofosfatlar deb ataladi:
Na3PO4; Ca3(PO4)2 – normal, boshqacha aytganda, uchlamchi fos­fatlar.
Na2HPO4; CaHPO4 – ikkilamchi fosfatlar, boshqacha aytganda gidrofosfatlar.
NaH2PO4; Ca(H2PO4)2birlamchi fosfatlar, boshqacha aytganda, digidrofosfatlar.
Birlamchi fosfatlarning hammasi suvda eriydi: ikki­lamchi va uchlamchi fosfatlardan faqat natriy fosfatlar, kaliy va ammoniy fosfatlargina suvda eriydi.
Fosfat kislota tuzlari qiishloq xoʻjaligi uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Yuqorida tilga olinganidek, fosfor dukkakli oʻsimliklarning mevasida hosil boʻladigan oqsil moddalar tarkibiga kiradi. Shuning uchun azot oʻsimliklarga qanchalik zarur boʻlsa, fos­for ham shunchalik zarurdir. Ammo tuproqdagi azot zahirasii mikroorganizmlarnning havo azotini fiksatsiya qilishi hisobiga qisman toʻlib borsa, fosfor zapasi oʻrnini toʻldirishning oʻgʻitlardan boshqa manbai yoʻq.

Download 63.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling