Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘lim vazrligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti biologiya fakulteti


Download 63.42 Kb.
bet7/12
Sana30.04.2023
Hajmi63.42 Kb.
#1404495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fosfor kurs ishi Asror

FOSFORLI OʻGʻITLARNI SANOAT MIQYOSIDA ISHLAB CHIQARISH
Mineral oʻgʻitlar. Yuqorida aytib oʻtilganidek, qishloq xoʻjalik ekinlarining hosildorligini oshirish uchun tuproqda oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga zarur boʻladigan elementlar solish gʻoyat katta ahamiyatga ega. Tup­roqda bu elementlar organik oʻgʻitlar goʻng, torf va boshqalar va mineral oʻgʻitlar (mineral xom ashyoni kimyoviy qayta ishlash mahsulotlari) tarzida solinadi. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish kimyo sanoatining eng muhim tarmoqlaridan biri, yaʻni sulfat kislota va boglangan azot ishlab chiqarish bilan bogʻlik,boʻlgan tarmogʻdir.
Kimyo sanoatida ishlab chiqariladigan mineral oʻgʻitlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
1. fosforli oʻgʻitlar (asosan, oddiy va qoʻsh superfosfatlar hamda pretsipitat).
2. azotli oʻgʻitlar (ammoniy sulfat, ammiakli selitra, kalsiyli va natriyli selitralar, qattiq va suyuq oʻgʻitlarining boshqa turlari);
3. kaliyli oʻgʻitlar (kaliy xlorid va kaliyli aralash tuzlar);
4. borli, magniyli va marganesli oʻgʻitlar (tarkibida shu elementlar boʻladigan birikmalar va tuzlar).
Fosforning tabiiy birikmalari - fosforit va apatitlar tarkibida fosfor suvda erimaydigan va oʻsimliklar yomon oʻzlashtiradigan uchlamchi fosfat Ca3(PO4)2 holida boʻladi. Oʻsimliklar oson oʻzlashtira oladigan oʻgʻitlar hosil qilish uchun fosforit kimyoviy qayta ishlanadi, bu qayta ishlash normal tuzni nordon tuzga aylantirishdan iborat. Eng muhim fosforli oʻgʻitlar - superfosfat, qoʻsh superfosfat va pretsipitat huddi ana shunday yoʻl bilan tayyorlanadi.
Superfosfat hosil qilish uchun, talqon qilingan tabiiy fosforit (bir molekula Ca2(PO4)2 ga ikki moleku­la H2SO4 toʻgʻri keladigan nisbatda) sulfat kislota bilan aralashtiriladi. Bu moddalar aralashmasi yaxshilab qorishtiriladi va toʻxtovsiz ishlaydigan mahsus kameralarga so­linadi, bu kameralarda reaksiya tugallanadi:
Ca3(PO4)2+ 2H2SO4= 2CaSO4+ Ca(H2PO4),
Reaksiya natijasida suvda ancha yaxshi eriydigan birlam­chi fosfat Ca(H2PO4)2 bilan gips aralashmasi hosil boʻladi. Maydalangan yoki donador holga keltirilgan ana shu aralashma superfosfat deb ataladi.
Oddiy superfosfat - tarkibida nisbatan kam (14-20%) oziq moddalar oʻzlashtiriladigan P2O5 bor boʻlgan oʻgʻit. Birmuncha samarali va tashish uchun qulay oʻgʻit qoʻsh superfosfatdir, bu oʻgʻit tabiiy fosfatning sulfat kislota ta’sirida emas, balki fosfat kislota ta'sirida parchalanishidan hosil boʻlgan mahsulotdir. Qoʻsh superfosfatda oʻzlashtiriladigan P2O5 miqdori 40-50% ni tashkil etadi.
Pretsipitat fosforli oʻgʻit boʻlib, uning tarkibiga suvda erimaydigan, ammo tuproqda boʻladigan kislotalarda eriydigan ikkilamchi kalsiy fosfat Ca2(HPO4)2, boshkqacha qilib aytganda, CaHPO4 kiradi.
Pretsipitat tayyorlash uchun, dastavval, fosforitdan er­kin fosfat kislota ajratib olinadi, buning uchun fosforitga superfosfat hosil qilishda kerak boʻlganidan ortiqroq miqdorda sulfat kislota ta'sir ettiriladi:
Ca3(PO4)2+ 3H2SO4 = 3CaSO4 + 2H3PO4
Shundan keyin, fosfat kislota eritmasi gips va erimaydigan boshqa qoʻshimchalardan iborat choʻkmadan ajratib olinadi va unga ikkilamchi fosfat hosil boʻlishi uchun yetarli miqdorda ohak suti, ya'ni suv solib chayqatilgan ohak qoʻshiladi:
H2PO4 + Ca(OH)2 = CaHPO4× H2O + H2O
Kristallik choʻkma suyuqlikdan ajratib olinadi va kristallar tarkibiga kirgan suvni chiqarib yubormaslik uchun ehtiyotlik bilan quritiladi. Agar bu tuz kristallizatsiya suvini yoʻqotmagan boʻlsa, oʻsimliklar uni yaxshi oʻzlashtiradi.
Ammofos fosfat kislotani ammiakka ta'sir ettirish yoʻli bilan olinadi. Neytrallash darajasiga qarab, monoammoniy fosfat NH4H2PO4 yoki diammoniy fosfat (NH4)2HPO4 hosil boʻlishi mumkin. Kaliyli selitra tarkibida azot va ka­liy boʻladigan qoʻsh oʻgʻitdir. Bu oʻgʻit kaliy xlorid bilan natriyli yoki ammiakli selitraning almashma parchalanishi natijasida hosil boʻladi. Nitrofos tarkibida azot, fosfor va kaliy boʻlgan uchlama oʻgʻitdir. Nitrofos ammoniy fosfat (NH4)2HPO4, ammoniy nitrat NH4NO3 va kaliy xlorid yoki ka­liy sulfatni birga qoʻshib suyuqlantirish yoʻli bilan oli­nadi.

Download 63.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling