Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘lim vazrligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti biologiya fakulteti


Fosforning o’simliklar uchun ahamiyati uning tuproqdagi miqdori va shakllari


Download 63.42 Kb.
bet2/12
Sana30.04.2023
Hajmi63.42 Kb.
#1404495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fosfor kurs ishi Asror

Fosforning o’simliklar uchun ahamiyati uning tuproqdagi miqdori va shakllari
Oʻsimliklarning oziqlanishida azotdan keyingi oʻrinda turuvchi eng muhim elementlardan biri fosfor hisoblanadi. Oʻsimliklar fosforni, asosan, ortofosfat kislotali H2PO4- anionlari holida oʻzlashtiradi. Ular fosforni metafosfat H3PO3 va pirofosfat kislotalarning tuzlaridan oʻzlashtirishi, shuningdek, baʻzi organik fosfatlar-fitinglyukoza fosfatlar va boshqalarning fosforini ham oʻzlashtirish mumkin. Uch asosli kislota boʻlgan ortofosfat kislota pH 7-8 da va undan pastda dissotsiyalanib, bitta yoki ikkita H+ ion ajratib chiqaradi, va H2PO4-hamda HPO42- ionlarini hosil qiladi, ana shunday ionlarni oʻsimliklar yutadi.
Oʻsimliklarda fosforning organik birikmalaridan nuklein kislotalar. Azotli asoslar, uglevodlarning molekulalari (riboza yoki dezoksiriboza) va fosfat kislotalar tarkib topgan yuqori molekulyar murakkab moddalar eng muhim rol oʻynaydi. Ular organizmlar hayot faoliyatining eng muhim jarayonlarida oqsillar sintez jarayonida oʻsish va koʻpayishida, irsiy xususiyatlarning nasldan-naslga oʻtishida ishtirok etadi. Nuklein kislotalar oqsillar bilan birgalikda hujayralarning sitoplazmasi va yadrosini qurishda ishtirok etadigan nukleotidlarni hosil qiladi. Oʻsimliklardagi fosforning anchagina miqdori fitin - urugʻlarning zahira moddasi tarkibiga kiradi, bu modda oʻsimlikning oʻsish vaqtida fosfor elementining manbai sifatida foydalaniladi. Fosfor vitaminlar va koʻpgina fermentlar tarkibiga ham kiradi.
Oʻsimliklarning hujayralarida fosfor energiya almashinuvida turli xil moddalar almashinishi jarayonlarida nihoyatda muhim rol oʻynaydi. U uglevod va azot almashinishida, fotosintez, nafas olish jarayonlarida ham ishtirok etadi. Sintetik jarayonlarning amalga oshishi uchun enertiyaga boy fosforli birikmalar ayniqsa katta ahamiyatga ega, ular orasida adenozintrifosfat kislota ATF asosiy rol oʻynaydi. Oʻsimliklarda fosfor yetishmasligi bularning yosh nihollik paytida, hali yaxshi rivojlanmagan ildiz sistemasining oʻzlashtirish xususiyati past boʻlgan davrda ayniqsa yaqqol seziladi. Bu davrda fosfor yetishmasligining salbiy ta‘sirini keyinchalik fosfor bilan koʻp oziqlantirish orqali ham tuzatib boʻlmaydi. Oʻsimlik fosforni vegetativ organlari intensiv oʻsayotgan davrda eng ko’p oʻzlashtiradi, shunga koʻra oʻsishning boshlangʻich davrlari fosforli oziqlanishga nisbatan olganda kritik davr hisoblanadi. Shu sababli oʻsimliklarni vegetasiya boshlanishida oson eriydigan fosfor bilan taʻminlash nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Har xil tuproqlarda fosfor P2O5 ning miqdori 0,03 dan 0,2% gacha boʻladi, haydalma qatlamda esa uning umumiy zahirasi 1 ga maydonga 100 dan 6000 kg gacha toʻgʻri keladi.
Oʻsimliklar vegetasiya davri mobaynida 1ga erdagi tuproqdan oʻrtacha 20 dan 60kg gacha miqdorda, yaʻni azot va kaliyga nisbatan ancha kam P2O5 isteʻmol qiladi. Tuproqdagi fosforning oʻrnini goʻng hamda ildiz va poya qoldiqlari bilan toʻldirib boʻlmaydi. Tuprogʻdagi fosfor zahirasini toʻldirish uchun fosforli oʻgʻitlardan boshqa manba yoʻq.
Fosforli oʻgitlar eruvchanligiga va oʻsimliklarga qarab uch guruhga boʻlinadi:
Suvda yaxshi eriydigan oʻgʻitlar - oddiy superfosfot va qoʻsh superfosfat. Suvda kam eriydigan, lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan oʻgʻitlar-presnpitat, tomashlak, termofosfatlar, ftor sizlantirilgan fosfat.Suvda erimaydigan, faqat kuchli kislotalarda toʻliq eriydigan oʻgʻitlar- fosforit.

Download 63.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling