O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus


« BUDJET G'AZNA IJROSI HISOBI


Download 1.3 Mb.
bet38/50
Sana08.11.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1755338
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
Bog'liq
ppppppp

« BUDJET G'AZNA IJROSI HISOBI »
FANIDAN MUSTAQIL TA'LIMNI
BAJARISH BO'YICHA
USLUBIY KO'RSATMA

O'zbekistonda davlat budjetining g'azna ijrosini o'rganish nihoyatda muhim hisoblanadi. Budjet tizimi budjetlarining g'azna ijrosi bo'yicha budjet hisobini tashkili-uslubiy jihatlari, Respublika va mahalliy budjetlarnin daromad va xarajatlarining g'azna ijrosi hisobi hamda Davlat maqsadli jamg'armalari budjetlari g'azna ijrosi hihisobi o'rganiladi. Ushbu fanni o'qitish talabalarga g'aznachilik va uning qoidalarini o'rganish imkoniyatini tug'diradi.
Ushbu fanning maqsadi - talabalarni budjet g'azna ijrosi hisobining uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, fanni nazariy va amaliy jihatdan o'rganish va mazkur fan bo'yicha mustahkam bilim ko'nikmalarni shakllantirish.
Fanning vazifasi - talabalarga budjet tizimi budjetlari g'azna ijrosi budjet hisobini tashkil etishning uslubiy masalalari, ularda hisob ob'ektlari hisobi va hisobotlarni shakllantirishning nazariy jihatlarini o'rgatishdan iboratdir.
«Budjet g'azna ijrosi hisobi» fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish uchun o'quv rejasida rejalashtirilgan «G'aznachilik», «Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi», «Davlat budjeti» fanlaridan yetarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlik talab etiladi.
Mustaqil ta'limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta'lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo'lib, budjet g'azna ijrosi hisobini o'rganishda fanning biror bir mavzusini to'laroq o'zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o'qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.
Mustaqil ta'limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va magistrlik dissertatsiya mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Mustaqil ta'lim uchun o'quv va ishchi o'quv rejada 100 soat ajratilgan. Ushbu soat talabaning amaliy mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rishi, oraliq nazoratlarda, yakuniy nazoratda va boshqa mustaqil shug'ulanishini o'z ichiga oladi.
Budjet g'azna ijrosi hisobi” fani bo'yicha mustaqil ta'limning mazmuni


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling