O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi namangan davlat universiteti qo’lyozma huquqida


III Bob. YOSHLARNI DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA TARIXIY ETNOGRAFIK QADRIYATLARNING SAMARADORLIGI


Download 0.59 Mb.
bet25/33
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#212640
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari

III Bob. YOSHLARNI DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA TARIXIY ETNOGRAFIK QADRIYATLARNING SAMARADORLIGI
3.1. Tajriba-sinov ishlari metodikasining mazmuni va mohiyati
Insoniyat madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shgan O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilm-fan sohasidagi yutuqlari yaqin vaqtlargacha to’g’ri baholanmadi.

Mustaqillik tufayli O’rta Osiyo va Sharq xalqlarining o’tmishida fan sohasida yaratgan boy ilmiy merosini o’rganish va xalqimizga yetkazish borasida katta imkoniyatlar yaratildi, o’lkamizda ilm-fan, ma`rifat gullab-yashnaganligi, G’arbdagi uyg’onish davri uchun ilmiy zamin yaratib berganligi inkor etib bo’lmaydigan dalillar asosida isbot qilindi Prezidentimiz Islom Karimov ta`kidlaganidek, “Millat, davlat, jamiyat taqdiri hal bo’layotgan pallada o’zligimizni anglash, ma`naviy ildizlarimizni unutmaslik katta ahamiyatga ega”.[29.-B.37]

Yangi tizimga o’tishdek murakkab jarayonda tarixga yangicha yondashish, uni haqqoniy aks ettirish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biridir. Bu masalalarni hal qilishda bizning ularga munosabatimiz qanday bo’lishi kerak? Bugungi kunda ta`lim, tarbiya jarayonida ma`naviy-ma`rifiy merosimizning ta`sir doiralari, imkoniyatlari qanday bo’lishi kerak?

Mana shu savollardan kelib chiqqan holda biz o’zimizga xos, o’zimizga mos madaniy ma’naviy merosimiz ildizlarini chuqur, aniq va puxta bilib olmog’imiz kerak. Ya`ni biz xalqimiz tarixiy jarayonda orttirgan o’tmishdagi ozmi-ko’pmi tajribasini, erishgan yutuqlarining ma`naviy-ma`rifiy ildizlarining mohiyatini to’g’ri anglashimiz, ta`lim-tarbiya jarayonida uning o’rni va ta`siri katta ahamiyatga ega ekanligini chuqur bilmog’imiz, tushunib yetmog’imiz kerak.


Demak, bizning o’z tariximiz va madaniyatimiz bo’lgan. Buning uchun bizning tarixiy, ilmiy, madaniy asoslarimiz bor. Biz o’z hayoti, madaniyati, tarixiga ega xalqmiz.

8-9-sinflarda o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosini o’rganish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Muammoni ijtimoy-pedagogik, psixologik jihatdan nazariy va amaliy asoslash tajriba-sinov ishlarini olib borishda belgilanadi. Bunda avvalo “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, DTS talablari hamda o’quvchilarning psixologik va pedagogik xususiytlari inobatga olindi.

Tajriba qismining avvalida L.S.Vigotskiy ta’limotiga ko’ra, 8-9-sinf o’quvchilarida o’zbek xalqining tarixiy etnografik qadryatlarini, milliy-ma’naviy merosini o’rganishning shakllanganlik darajalari va uni aniqlash mezonlari quyidagicha ifodalandi:

1-daraja (boshlang’ich). O’quvchi o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosini o’rganishda o’qituvchi yordamiga to’laligicha tayanadi, barcha tushunchalarni o’qituvchidan oladi, ammo ularning o’zaro bog’lanishlarni anglay olmaydi.

2-daraja (quyi). O’quvchi o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosini o’rganish bilan bog’liq predmetlarni, obyektlarni, hodisalarni aniqlaydi, lekin ularning hossalarini o’qituvchi yordamisiz aniqlay olmaydi. Bunda o’qituvchi yordamiga tayanadi. Qo’shimcha metodikalarni qo’llashning ayni vaqti hisoblanadi. O’qituvchi mahoratini aniqlab beradigan davr hisoblanadi.

3-daraja (o’rta). O’quvchi o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosining bir-biridan farqini biladi, ularning ayrimlarini aytib bera oladi, lekin ularni umumlashtira olmaydi, o’qituvchi yordamida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqida berilgan savollarga bergan javoblarini asoslashga harakat qiladi. Bu davrda shuni hisobga olish lozimki, ba’zi o’quvchilar ayrim farqlarni qiyinchiliksiz ajrata oladi, biroq so’z orqali ifodalab berishga qiynalishadi. Bunday o’quvchilarda nutq boyligi yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. O’qituvchi buni nazardan qochirmasligi lozim.

4-daraja (yetarli). O’quvchi o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosini bir-biridan farqlaydi, ulardan yoshiga mos hikoya, rivoyat, matal va maqollarni mazmunan bog’lanishlarini aniqlay biladi. Bunda o’qituvchi bu kabi o’quvchilarga tushunchalarni mustahkamlashga doir qo’shimcha mashqlarni berib borishi maqsadga muvofiqdir.

5-daraja (yuqori). O’quvchi o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosni umumlashtira oladi, ma`naviy hamda ilmiy meroslarni orasidagi bog’lanishlarni farqlaydi. O’quvchi erkin ravishda olingan bilimni yangi turdagi ma`naviy va ilmiy meroslarni mustaqil ravishda ifoda eta oladi, meros haqidagi berilgan savollarga javobini to’g’riligini asoslay oladi. Bunda o’qituvchi bunday o’quvchilarga mavzu yoki tushunchalar bo’yicha qiziqarli, muammoli, topishmoqli topshiriqlarni, mustaqil ishlarni berishi mumkin. Bunda o’quvchining faolligi keskin ko’tariladi, tushunchalarni boshqa tushunchalar bilan integratsiya qila oladi. Shu ma’noda tadqiqotimizda boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqida bilimlarini shakllantirish va u orqali ularda faollikni oshirishning shakl va vositalari, metodikasi, mezoni va ulardan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan.

Olib borilgan tadqiqot ishlari o’quvchilarni o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy ma’naviy merosini o’rganish uchun ularni muzeylarga, tarixiy obidalarni o’rganish markazlariga olib borildi, tarixchi, adabiyotshunoslar bilan uchrashuvlar, suhbatlar uyushtirildi. Mustaqil (har bir bolaga individual) topshiriqlar berib borildi. “Rassomlar bellashuvi” va “Men vatanning parchasi” mavzularida bellashuvlar o’tkazildi. Bunda asosan Vatan mavzusiga e’tibor qaratiladi. Mustaqil ishlarda o’quvchilar yurtimiz zaminidagi asoru - atiqalarning sura’tlarini yig’ishdi. Buvi va bobolaridan lapar, qo’shiqlar, matal va masallar, topishmoqlar hamda tez aytishlarni o’rganib kelishdi va bir-birlariga o’rgatishdi. Bularning barchasi “Vatanni asrang” maxsus kursida olib borildi. O’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosini o’rganishga tayyorlash zarurligini ko’rsatdi. Natijada o’quvchilarning o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqidagi bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash, bu orqali ularda faollikni oshirish maqsadida “Vatani asrang” maxsus kursi dasturi ishlab chiqildi va umumta`lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganish va u orqali o’quvchilarda faollikni oshirish kursi bo’yicha yuqoridagi ta’limiy-tarbiyaviy jarayonning metodikasi ishlab chiqildi va bunda quyidagi shart-sharoitlar aniqlandi:

- o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosi haqidagi bilimlarni shakllantirishga bog’liq bo’lgan mezonlarini belgilash;

- o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosni samarali omillar asosida o’rganish.

Yoshlarni ijtimoy dunyoqarashini shakillantirishda o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy ma’naviy merosidan foydalanib, ularda faollikni oshirishning pedagogik imkoniyatlari bo’yicha quyidagi asosiy shartlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiqligi asoslanadi:

- o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosini o’rganishni takomillashtirish;

- o’qituvchilar bilan o’quvchilar o’rtasida o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosini o’rganishda o’zaro munosabatlarning izchilligi;

- o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari,milliy-ma’naviy merosini o’rginashda o’quvchilarning ijtimoiy-pedagogik psixologik faolligini oshirish;

- dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosiga oid tadbirlar o’tkazish;

- o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalashi;

- 8-9- o’quvchilarida tarixiy etniografik qadryatlarga, milliy-ma’naviy merosga bo’lgan chuqur hurmatni qaror toptirish.

“O’zbekiston tarixi”, “Din tarixi”, “Jaxon tarixi” darslarida tarixiy etniografik qadryatlar, o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini interfaol metodlar asosida o’quvchilarga yetkazish. O’quvchilarning o’zbek xalqining milliy-ma’naviy meriosini o’rganishda quyidagi sifatlar namoyon bo’ladi:

• o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosi bo’yicha bilimlarni 89- sinf o’quv predmetlari bo’yicha olishi;

• o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosining qiyosiy, ijtimoiy, tashkiliy va texnikaviy tizimlarning o’zaro bog’liqligini aniqlash;

• texnologiyalar bo’yicha kompetentligi (jihoz va asbob-uskunalarni tanlash ko’nikmasi, tashxis qo’yish va texnik xizmat ko’rsatish, aniq belgilangan vazifalar yechimida texnologiyalarni qo’llash);

O’quvchilarda o’zbek xalqining tarixiy etniografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosini bilish bosqichlari aniqlandi.

fikrlarning tabiatning mavjudlik qonuni xilma - xil bo’lganidek, insonning ichki tabiati, yahni madaniyati ham tabiiy muhit, ijtimoiy borliq va tarixiy davrlar tahsirida doimiy ravishda o’zgarib turar ekan, bu o’zgarishlar faqat ilgarilab borish, yangi qadriyatlarning vujudga kelishidan iborat. Ammo aksincha o’zgarishlarga – ma’lum bir an’anaviy jarayonlarning yo’qolishiga sabab bo’lishi ham mumkin. Masalan, ma’lum bir davrda ma’naviy hayotga fan–texnika taraqqiyoti ta’sir etib, an’anaviy xalq udumlari, xalq og’zaki ijodining yo’qolishiga sabab bo’ladi. 

o’quvchilarni turli tarixiy davrlar madaniyati ayrim ijtimoiy guruhlarning urf-odatlari, turmush tarzi to’g’risidagi bilimlar bilan boyitadi. Tarixiy va gumanitar soha bilimlarini bir tizim holiga keltiradi, ijtimoiy turmush voqealarini yaxlit mazmun asosida anglashga yordam beradi. Yana ko’plab betakror va mustaqil madaniyatdan tashkil topgan jahon sivilizatsiyasining yaxlit jarayonini, ayni paytda xilma-xilligini ko’rsatadi. Qolaversa, insonlarning ma’naviy yetuklikka erishishlarida, xilma–xilligini ko’ra bilishda, fan taraqqiyotini to’g’ri baholash qobiliyatini hosil qilishda ham muhimdir.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling