O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi namangan davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Download 0.59 Mb.
bet24/33
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#212640
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari

Bob bo’yicha xulosa
Hulosa qilib aytadigan bo’lsak Yurtboshimiz I.A.Karimovning chop etilgan bir qancha asarlarida, Oliy Majlis sessiyalarida so’zlagan nutqlarida O’zbek xalqining ko’’ asrlik milliy-ma’naviy, madaniy qadriyatlarini, uning odob-axloqni belgilab beruvchi Qur’oni Karim, Hadisi Shariflar; imom Buxoriy, imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, So’fi Ollayor, Sulaymon Boqirg’oniy kabi mutafakkirlarning bebaho merosini; al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, al-Farg’oniy, al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qashg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Mirzo Ulug’bek, Amir Temur, Bobur, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod kabi allomalarning jahon fani va madaniyatiga qo’shgan ulug’, bebaho hissalarini tadqiq etish, shu asosda yoshlarni tarbiyalash zarurligi ta’kidlanadi. Bu o’quv yurtlarida yoshlarga berilayotgan bilimlarning mazmunini yangilashni, tarbiyaning yo’nalishini, yoshlarni umuminsoniy va milliy-ma’naviy axloqiy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratishni talab etadi.

Milliy – ma’naviyatimizning buyuk siymolari sifatida tan olingan bir qancha Sharq mutafakkirlari yosh avlodni komil inson sifatida voyaga yetkazish uchun boy madaniy va ma’naviy meros qoldirib ketganlar.

Ajdodlarimizdan qolgan bunday meros o’zining o’ta muhimligi va ilmiy salohiyati bilan hanuzgacha butun dunyo xalqlarini lol qoldirib kelayotgani bilan ajiralib turadi. Yurtimiz tarixi bilan faxrlansak arzigulik o’lmas meroslari mavjud. Ana shunday meros na’munalaridan foydalanib komil insonlarni tarbiyalash bugunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Zero, komil insonni tarbiyalash xalqning tarixi, ajdodlarining boy merosi, yurtning kelajagi bilan bog’liqdir. Ma’naviy merosimizni qadrlamoq katta-yu kichikning birdek mas’uliyatidir.

Yurtboshimiz I.A.Karimov “Buyuk maqsad yo’lidan og’ishmaylik” (O’zbekiston Res’ublikasi Oliy Kengashining o’n ikkinchi sessiyasidagi) nutqida ta’kidlaganidek: “Xalqimizning tayanchi ma’naviy merosning o’zi bir katta xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanish lozim. Ajdodlar vasiyatiga sodiq va munosib bo’lmog’imiz kerak”. [28.-B.10] Darhaqiqat, ajdodlar merosi o’zligimiz, ma’naviyatimiz, aslimiz ko’zgusidir.

Sharqning buyuk mutafakkirlari va allomalari o’zlarining butun ijod faoliyatlarini shaxs ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishga qaratganlar desak aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Zero, Sharq mamlakatlarida farzand ma’naviyatning asl ko’rinishi ekanligi bilan ajralib turadi.

“Qadimda ajdodlarimiz, - deydi Islom Karimov, - komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini , zamonaviy tilda aytsak sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo’lishi kerak. Shunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqqiga hiyonat qilmaydi, sadoqatli bo’ladi. Vatani, xalqi uchun jonini fido etishga ham o’zini ayamaydi. Buning aksi o’laroq, yolg’onchi vadaboz kishida Vatan’arvarlik tuyg’usi bo’lmaydi”.

Aynan ana shu xususiyati bilan sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatlari g’arb mutafakkirlariniki bilan farqlanib turadi. Xususan, ana shu xususiyatni hadisshunos olim Imom al-Buxoriyning asarlarida ko’rishimiz mumkin.. Imom al-Buxoriy o’z asarlarida axloq-odob haqida fikr yuritar ekan, odamlarni ota-onani e’zozlashga, ular oldidagi o’z burchlarini mukammal ado etishga da’vat etadi. Inson fazilatlari haqidagi qarashlarida “yomonlik” (jaholat) kishiga o’lim keltiruvchi fojea deb qaraladi. U odamlarni to’g’ri so’zli bo’lishga, va’daga vafo

qilishga chorlaydi. Munofiq kishining uchta belgisini ko’rsatadi, ular: yolg’on ga’irish, va’daga vafo qilmaslik va omonatga xiyonat qilishdan iboratligini aytadi.

U insonning kuch-qudratini jismonan ‘axlavonlikda emas, balki jahli chiqqanda o’zini tuta olishda deb hisoblaydi. Oilaviy muhitning barqaror, tinch, oila a’zolarining sog’-salomat, to’q bo’lishi, kichiklarga izzatda, kattalarga hurmatda bo’lish kabi umuminsoniy qadriyatlar uning asarlarida aks ettirilgan.

Xalqimiz, yoshlarimiz kelajagi va uning taraqqiyot yo’li o’tmish bolan uzviy bog’liq. Endilikda inson huquqlari milliy g’urur va davlat mustaqilligi g’oyalari sadoqat, hozirgi va kelajak avlodlaroldidagi yuksak mas’uliyatni anglash, o’zbek davlatchiligining va turmush tarzining tarixiy tajribasiga tayanish, demokratik qonuniylikni hurmatlash asosiy vazifa qilib ko’yilmoqda. Shuning uchun o’zbek xalqining o’tmish va tarixiy tajribasi, uning etnik qiyofasi, xo’jalik –madaniy xususiyatlari, moddiy va ma’naviy, ijtimoiy va oilaviy hayoyini ilmiy jihatdan aniq bilmaguncha hozirgi taraqqiyot yo’li, keyingi yo’nalishini belgilab berishi mumkin emas.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling