O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi namangan davlat universiteti qo’lyozma huquqida
Yoshlarni dunyoqarashini shakllantirishda etnografik qadryatlar tizimidan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari
Download 0.59 Mb.
|
yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hukmron madaniyat
- Shahar madaniyati
- O’rganish bo’lib qolgan madaniyat
- Ixtisoslashgan madaniyat
- Yuksak madaniyat
- Ommaviy madaniyat
2.3. Yoshlarni dunyoqarashini shakllantirishda etnografik qadryatlar tizimidan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari
Qadriyat tushunchasi. Uning jamiyat hayotining tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllangan va rivojlangan, o’tmishda, hozirgi kunda va kelajakda ham iktimoiy, iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan, kishilar ongiga singib, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy va ma’naviy boylik ekanligi. Uning butun insoniyat tomonidan fan, texnika, axloq, odob, tafakkur, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda qo’lga kiritilgan yutuqlarda namoyon bo’lishi. Milliy, diniy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar va ularning o’zaro munosabatlari. Madaniyat tushunchasi. Uning insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar majmuasi ekanligi. Ma’rifatning bilim va ilmni anglatuvchi tushuncha ekanligi. Ma’rifatni rivojlantirish savodxonlik va ilmiy salohiyatining darajasini ko’tarish ekanligi. Mafkura tushunchasi. Uning davlat, jamiyat, millat, sinf yoxud ijtimoiy guruhlar manfaatini ifodalovchi, himoya qiluvchi siyosiy, huquqiy, falsafiy, diniy, badiiy g’oya, nazariya va qarashlar tizimi ekanligi. Milliy g’oya va milliy mafkura, ularning o’zaro munosabati. Milliy g’oya, milliy mafkura millatni birlashtiruvchi va uni umummilliy maqsadlarga yo’naltiruvchi qudratli omil ekanligi. Ma’naviy meros, qadriyatlar, madaniyat, ma’rifat va maf¬kura kabi omillarning shaxs, millat, davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyati. Etnografik qadriyatlar tizimidan foydalangan holda yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda malakali kadrlarni tayyorlash va darsning 0samaradorligini oshirish, nazariy va amaliy xususiyatlariga ko’ra zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va mustaqil bilim olish ishlarining asosiy tarkibiy qisimlarini ko’rsatish bilan uning bosqichlari va mazmunini ishlab chiqish; - mustaqil bilim olish ishlarining darajalarini, uning turlarini, shakllarini aniqlash; mustaqil bilim olish va uning texnalogiyasiga umumiy talablarini ishlab chiqish; - yoshlarni dunyoqarashini shakllantirishda mustaqil bilim olish ishlarida asosiy manbalarni ko’rsatish; - yoshlarga taklif etilayotgan mustaqil bilim olish to’shiriqlarini qo’llash diagnozini aniqlash; - yoshlarning mustaqil bilim olish faoliyatlarini rag’batlantiruvchi tadbirlarni ko’rsatish; - yoshlarning mustaqqil bilim olish ishlariga (faoliyatiga) bilim, malaka, ko’nikma va qobilyatlarini moslashtiruvchi omillar xamda shartlarni aniqlash kabi masalalarni kiritish zarur. Dars jarayonida dunyoqarash tushunchasini, ma’naviyat va ma’rifatning uyg’unligini sharhlab o’rganish o’quvchilarda ma’naviy madaniyatini shakllantirishda muhim usul hisoblanadi. Bu usul o’quvchiga o’rganiladigan mazmunini chuqur o’zlashtirishga yordam berish bilan bir qatorda, o’quvchi ko’z o’ngida o’tmish ajdodlarning milliy madaniyatini to’liq gavdalantirishga xizmat qiladi. Biz olib borgan tajribalar natijasi dars jarayonida o’quvchining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning quyidagi tizimini aniqlash imkonini berdi: Yoshlarda ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirishning pedagogik asoslarini o’rganishga ijodiy munosabat, faollik, o’tmish adabiyoti, tarixi, urf-odatlari, san’ati, an’analarining mohiyatini puxta o’rganish asosida ma’naviy ehtiyoj, talabni qondirish, qiziqishni o’stirish mustaqil ishlar orqali amalga oshiriladi. Mustaqil ishlar o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining uzviy bog’langan tomonlaridir. Mustaqil ishda o’quvchi o’z ustida mehnat qiladi, ijodiy izlanadi, o’z nuqtai nazari, qarashlarini shakllantiradi, dunyoqarashi va ma’naviy saviyasini namoyon etadi. Qolaversa, o’quvchilar do’stlik munosabatiga asoslangan jamoaviy faollikka erishadi. Bunda o’qituvchi va ota-ona, jamoat tashkilotlarining hamkorligi asosiy tayanch vazifasini o’taydi. O’quvchilarni asori-atiqalarga sayohatlarga olib borish ham samarali natija beradi. Vatan tuyg’usi va Milliy istiqlol g’oyasi darslarini o’qitish jarayonida amalga oshiriladigan mustaqil ishlar og’zaki (savollarga og’zaki javob tayyorlash, islom diniga oid, ya’ni kishilar uchun ham farz, ham qarz bo’lgan payg’ambarlar o’gitlarini, yozib qoldirgan hikmatlarini yodlash va mazmunini tahlil etish, asardan ma’lum parchalar o’qish va hikoya qilish, darslik bilan ishlash, mavzuga mos hayotiy misollar topish va so’zlab berish va h.k.) va yozma (o’qituvchi qo’ygan savollarga yozma javob topish, jadval, diagramma, rasmlar chizish, ma’ruza, referat, tezis, konspekt tayyorlash, ijodiy insho yozish, kartochkalarga yozma javob berish, avlodlar shajarasini tuzish va h.k.) shaklda amalga oshiriladi. Yuqoridagi jarayonga tizimli yondoshsak, o’quvchilarni faollashtiribgina qolmay, ularda milliy ongni o’stirishga, milliy gu’rurli va o’zligini anglagan yoshlar bo’lib voyaga yetishlarini ishonch bilan ayta olishimiz mumkin. Hozirgi kunda G’arb dunyosida erkinlikni niqob qilib olgan ayrim kimsalar nafaqat bizning milliy an’analarimizni, balki barcha xalqlar uchun qadrli bo’lgan insoniylik aqidalariga to’g’ri kelmaydigan turli buzg’inchilarni ommaviy axborot vositalari, internet orqali ochiqdan-ochiq targ’ib etganini barchamiz guvohi bo’lib turibmiz. Bizga tahdid solayotgan mafkuralarning maqsad, vosita, usullari ham kuchli moliyaviy ta’minlangan puxta, ilmiy-texnologik asosda olib borilmoqda. Bu jihatdan ularning targ’iboti oldingi mafkuraviy kurash usullariga o’xshaydi. Faqatg’oya, maqsad o’zgargan. Yoshlar ongini zaxarlashga qaratilgan radikal qarashlar, diniy e’tiqodimizga mutlaqo yot ekstremistik va terroristik g’oyalarni jamiyatimizga kirib kelishini bartaraf etuvchi yana bir qudratli vosita mavjd. Bu insonparvar, tinchliksevar, ma’rifatparvar va bunyodkor milliy-diniy qadriyatlarimizdir. O’smir yoshlarimizga ko’r-ko’rona taqliddan xalos bo’la olgan insongina diniy e’tiqodning mazmun-mohiyatini belgilovchi mezonlarni to’la bilishini anglatmog’imiz lozim. Xaqni noxaqdan ajrtish uchun inson ixtiyorida uchta usul bor. Birinchisi – jami jonzotlarga xos bo’lgan sezgi a’zolari, ikkinchisi – faqat odamga xos bo’lgan, amalga oshiriladigan nazariy mulohazalar va uchinchisi – ishonchli naql axborot. Ushbu usullar kundalik ‘edagogik muammolarni hal etishda qo’l keladi. Yoshlarning aqliy, jismoniy va ruhiy jihatidan to’g’ri rivojlanishlari uchun ota – onalar bilan birdek mas’ul bo’lgan tarbiyachilarning pedagogik va psixalogik bilimlarini puxta egallashlari muhim axamiyatga ega. Zero, ular bolalarning yosh xususiyatlari, individual o’ziga xosliklari, shaxsiy sifatlarini inobatga olish asasida yangi ijobiy sifatlarni shakllantirish, xulq – atvorlari va xatti – xarakatlarida namoyon bo’layotgan salbiy xolatlarni bartaraf etish, bo’lajak mutaxassis(pedagog)lar xamda tarbiyalanuvchilarning o’zaro munosabatlarida ruxiy birlik, o’zaro xamkorlik va xamjihatlikka erishishda o’zlarining psixalogik va pedagogik bilimlariga tayanib ish ko’radilar. Demak, xar qanday ijodkor pedagog va uning pedagogik tarbiyachi darajasiga ko’tarilishida yangi pedagogik texnologiyalarni yaratish, ta’lim mazmunini zamon talabi asosida takomillashtira bilish, ta’lim va tarbiya jarayonini boshqarishning o’timal variantini to’a bilish lozim ekan. Texnologiyalar pedagogik tadqiqotchining o’rganayotgan muammolariga qarab turli ko’rinishlarda yaratilishi mumkin. Oiladagi diniy an’analar ijtimoiy dunyoqarashnini shakllantirishda muhim vosita bo’lishi bilan birga, yoshlarni ijtimoiylashuvini ham tezlashtirib beradi. Ijtimoiylashuv yoshlar kelajagini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bizga ma’lumki, yoshlik davri o’z ichiga 14-18 yoshni o’z ichiga oladi. Bu davr o’quvchi uchun o’zligini tanish va tan olinishni hohlashning ustunlik qilishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun, ijtimoiy dunyoqarashni yoshlarda shakllantirishda oila tarbiyasi yetakchilik qiladi. Demak, oiladagi turli an’ana va qadriyatlar yoshlarda ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirishda eng muhim vositalardan biri vazifasini o’taydi. Chunki, bu jarayonda yoshlar o’zi ishtirok etadi, uni dildan his qiladi. Bu esa tarbiyaviy ta’sir doirasini kuchaytiradi. Shuning uchun diniy marosim va an’analarda o’smirlar ishtirokini kuchaytirish ularda ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirishga qo’yilgan amaliy qadam hisoblanadi. Umuman, insoniyat yer yuzida olg’a siljishi natijasida uning tabiat bilan yoki mahlum geografik sharoit bilan bog’liq xo’jalik–madaniy ko’rinishi paydo bo’lgan. Insonlar mahlum geografik sharoitga mos tarzda yashash tarzini yaratganlar. Ko’rinishlari bo’yicha madaniyat quyidagicha tasnif qilinadi: 1) Hukmron madaniyat – mazkur jamiyat ahzolarining ko’pchiligi istifoda etadigan qadriyatlar, inonch–ehtiqodlar, anhana va urf–odatlardan iborat. 2) Qishloq madaniyati – faqat qishloq joyda doimiy yashab, qishloq xo’jaligi bilan mashg’ul bo’lgan odamlar o’rtasidagi munosabatlar, hayot tarzi va boshqalardan iborat. 3) Shahar madaniyati – yirik va qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanmaydigan sanoat va mahmuriy markazdir. Hamma shahar aholisi uchun yagona madaniyat mavjud emas. Chunki shaharlar faqat geografik va geopolitik (Evropa va Yaponiyaga yaqinligi) aholi miqdori, shahar kengligi bilangina emas, balki ishlab chiqarish sohasiga ko’ra ham farq qiladi: to’qimachilik sanoati, konchilik sanoati markazlashgan shaharlar, shaxtyorlar shahri, avtomobili ishlab chiqarishga ixtisoslashgan shaharlar, ilm–fan markazlari bo’lgan shaharlar, kurort shaharlar, harbiy shaharchalar borki, bularning har birida o’ziga xos madaniyat mavjud. 4) O’rganish bo’lib qolgan madaniyat – inson yashab turgan ijtimoiy va milliy muhitda kundalik hayot ko’nikmalarini egallashdan iboratdir. Bu madaniyat ko’rinishi oilada, tengdoshlar, qarindosh urug’lar davrasida yuz beradigan muloqotdan, maktab tahlimidan va ommaviy axborot vositalari orqali olingan ommabop bilimlar va ko’nikmalardan iborat bo’ladi. 5) Ixtisoslashgan madaniyat – fan, sanhat, falsafa, huquq, din kabilarga oid bilimlarni to’liq egallagan va o’z sohalari bo’yicha egallagan bilimlari orqali alohida guruhlarni tashkil qiladigan vakillarning kasb mahoratidir. Madaniyat paydo bo’lishi va darajasiga ko’ra quyidagi shakllarga ega: 6) Yuksak madaniyat – oddiy odamlar tushunishi qiyin, jamiyatdagi maxsus ijodkorlar yaratgan madaniyat shaklidir. Bu madaniyat shakli nafis sanhatni, mumtoz musiqani va adabiyotni o’z ichiga oladi. 7) Xalq madaniyati – ommaviy va xalq og’zaki ijodi madaniyatini o’z ichiga olgan madaniyat shakllari bo’lib, keng ommaning mehnati va turmushiga bog’liq holda yaratilgan qadimiy ijod namunalaridir. Xalq madaniyatining bu shakliga bugungi turmush tarzi, urf–odatlar, qo’shiqlar, folg’klor ansambllari, xalq og’zaki ijodi janrlari – afsonalar, ertaklar, eroslar va boshqa janrlar mansub. 8) Ommaviy madaniyat – baylanmilal va milliy ko’rinishga ega bo’lib, keng auditoriyaga mo’ljallangan, muallifi mavjud, odamlarning talab va ehtiyojlarini bir zumda qondiradigan har qanday yangi hodisalarga tahsir bildirib, ularni aks ettiradigan madaniyat shaklidir. Estrada, tsirk, radio, televidenie va boshqa ayrim musiqa turlari shu madaniyatga aloqadordir. Shu o’rinda bir jixatni ta’kidlab o’tsak, diniy tarbiya uslublariga amal qilish jarayonida irimlarga duch kelamiz. Ko’p hollarda irim va diniy me’yor chegarasini anglamagan holda tarbiya jarayonida xatolarga ham yo’l qo’yamiz. Irim nima? Islom s’ravichnigida irim quyidagicha tavsiflanadi. “Irim yuz berayotgan ko’’gina voqea-hodisalar, g’ayritabiiy kuchlarning ko’rinishi va alomati deb, tasavvur etiladigan hurofot. O’zdek tilining izoxli lug’atida esa irim” Biror maqsad niyat bilan qilingan xurofiy tadbirdir. Masalan: to’ydan yaxshi niyat bilan biror narsa olib kelish va ... ta’riflanadi. Demak, har bir irim asosida haqiqatdan ham kishilarning ma’lum bir jarayoni, g’ayritabiiy kuchlarning alomati tarzda tushunish to’g’risidagi tasavvurlari yotadi. Biroq, irimni e’tiqod bilan tenglashtirish xatodir. Tarbiya jarayonida sog’lom e’tiqoddan holi kishilarda bu holatni yaqqol ko’rishimiz mumkin. Irimdagi yaxshi asosga ega bo’lganlarini ayrimlarini tarbiyada qo’llash mumkin, lekin, bu bizning farzandlarimizning sof e’tiqodiga soya solmasligi kerak. Yoshlarda ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirishda asosiy vosita sifatida ota-onalar ham, o’qituvchilar ham oyatlardan, suralardan, hadislardan keng tarzda foydalanishi maqsadga muvofiq. Buning uchun avval, ota-onalarimiz, o’qituvchilarimiz Qur’on ilmidan, hadisshunoslikdan xabardor bo’lishlari lozim. Shuningdek, ularni to’g’ri tasvirlash ham kerak. Buni ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirish uchun qo’yiladigan asosiy qadam sifatida ko’rishimiz lozim. Islomiy e’tiqodning xalq qalbiga chuqur singib borishi natijasida oyatlardagi hikmatlar va hadislardan ta’sirlanib kishilar turli-tuman taqiqlarni yaratganlar. Yoshlarda ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirish jarayonida turli taqiq va irimlarga duch kelamiz. Ba’zan, biz kattalarning o’zi ularning yaxshi yoki yomonligini farqlay olmaymiz. Ana shunday muammoli vaziyatlarda biz Qur’onga suyanishimiz mumkinki. Agarda, biz bu muqaddas kitobni o’qiy va uqiy olsak. Bu o’rinda axloq normalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun oilada ‘edagogik nuqtai-nazardan ota-onalar sog’lom e’tiqodni o’smirlarda shakllantirishda dastlabki fundamental qadamni qo’yadilar. Buning uchun ular quyidagi ‘edagogik asoslarga tayanishlari lozim. Bu oilada g’oyaviy tarbiyaviy bilimlarni shakllantirish asosida boradi. Pedagogika tarixida oilalarga g’oyani singdirishning juda ko’p na’munalari uchraydi. Masalan: sobiq sovet tuzumi oila pedagogikasida o’z maqsadlarida ustalik bilan foydalandi. U o’zbek oilalarining eski odatlarni yo’qotish shiori ostida milliy g’ururni, milliy mustaqqilik g’oyasi, uning kurashchilarini mafkuraviy yanchish maqsadida minglab ma’rifiy-siyosiy oqartuv bo’limlarini ochdi. Oilalar tafakkurini sovetlashtirishga ilmiy asosda yondashuv, ularning maqsadlariga tezroq yetkazdi, sovet dekretlari, partiya dasturi targ’ibotlarini shaxar qishloqlarda yurib tushuntirishlar, teatr, kontsert, ko’rgazma, ma’ruzular, kino, qiroatxonalarni ishga solishdi. Qizil choyxonalar, klublar, siyosiy suhbat kechalari, jangovar varaqalar, kinolektoriy, og’zaki jurnallar kabi targ’ibot-tashviqotning yuzlab shakllaridan foydalanib, o’z mafkurasini oilalar ongiga singdirdi. Yillar o’tsa hamki, mafkuraviy tarbiyaga e’tibor bo’shashmadi. Hozir esa, bir tomondan eskicha tafakkurni isloh qilish, ikkinchi tomondan esa, yangi tahdidlar-diniy aqidaparastlik g’oyalariga qarshi mafkuraviy imunitetni shakllantirish pedagogikada kuchli tizimni taqozo etmoqda. Shu ma’noda, ota-onalarning g’oyaviy diniy tarbiyaviy bilimlarini oshirish bilan yoshlarda ijtimoiy dunyoqarashni, tasavvurlarni shakllantirish mumkin. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling