O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi namangan davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlarning shakllari, usullari va vositalari


Download 0.59 Mb.
bet22/33
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#212640
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari

2.2. Yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlarning shakllari, usullari va vositalari
Oliy o’quv yurtlarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar ma’naviy – axloqiy tarbiya jarayonida yoshlarning ruhiyatiga, dunyoqarashiga, ularning ongiga ta’sir etadi. Bu umuminsoniy va milliy axloqning tizimlari va ‘edagogik odob qoidalarini har bir bo’lajak mutaxasis ongiga yetkazish, singdirish demakdir.

Ta’lim ma’naviy-axloqiy tarbiyaning muhim vositasi bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan rivojlantirishning muhim shartlaridan biri ularni yuksak bilimlar bilan chuqur va mustahkam qurollantirishdan iboratdir. Yoshlarni bilim olishlari va unga intilishlari, ko’’ kitob mutoala qilishlari axloqiy fazilatlarining o’sishiga ko’maklashadi.

Yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan tadbirlarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari yoshlar kattalarni ijtimoiy tajribasini o’zlashtirishi ya’ni ustoz va shogird an’anasi ham juda muhim ahamiyatga ega.

Bo’lajak mutaxasislarning ongida kasb odobining qaror to’ishi yoshlarning ‘edagogic muhit bilan, maktab va tarbiya muassasalari bilan aloqasining mustahkamligi hamda ta’sirchanligi, ta’lim muassasalarida yuz beradigan bir qancha muammo va individual xususiyatlarga ham bog’liqdir.

Ma’naviy –axloqiy tarbiya yoshlarni axloqiy jihatdan rivojlanishiga olib kelishi va unga stimul bo’lishi lozim. Lekin bunga erishish uchun axloqiy tarbiya berishni tashkil etuvchilar axloqiy taraqqiyotda obyektiv va subyektiv omillarning o’zaro ta’sir o’tkazishni e’tiborga olishlari zarur. Bu o’zaro ta’sir tarbiyalanuvchidagi ichki qarama-qarshiliklar ma’naviy-axloqiy taraqqiyot harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Ma’naviy – axloqiy rivovlanishning texnologiyasini, mexanizmini, uning tarkibiy qismlarini aniqlab chiqqan taqdirdagina tushinish mumkin. Axloqiy rivojlanish jarayonining asosiy qismlari quyidagilardan iborat:

• Tug’ma layoqat va qobiliyat;

• Shaxsiy hayot, turmush tarzi jarayonida hosil bo’lgan odatlar;

• Ma’naviy ehtiyojlar.

Oliy o’quv yurtlarida axloqiy tarbiya jarayoni yoshlarga axloqqa doir bilimlar berish, talabalarga o’qituvchi odobining tushuncha va qoidalarini o’rgatish, pedagogik axloqiy e’tiqod, axloqiy hislar, ehtiyoj va o’qituvchiga xos axloqiy fazilatlarni shakllantirish, xulq-odobga o’rgatish kabilarni o’z ichiga oladi. Oliy o’quv yurtlarida beriladigan axloqiy tarbiya yoshlarni ma’naviy jihatdan rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Yoshlarning ma’naviy – axloqiy tarbiya jarayonini torroq ma’noda oladigan bo’lsak, u oliy o’quv yurtining ‘rofessor – o’qituvchilar jamoasi, fakultet, guruh jamoalari, jamoat tashkilotlarining biror aniq maqsadni ko’zlab bo’lajak mutaxasislarning axloqiy rivojlanishiga faol ta’sir etishidir. Bo’lajak mutaxassislarning axloqiy tarbiyasi jamiyatning sekin-asta murakkablashib boradigan talablari ta’sirida amalga oshirilib, oliy o’quv yurti rektorati, jamoat tashkilotlari, ‘rofessor – o’qituvchilarning talabalar shaklida turmushga tadbiq etiladi. Talaba shaxsining mutaxassis sifatida sekin-asta izchil ravishda ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllana borishi bu talabalarni yildan – yilga, kursdan-kursga o’tgan sayin murakkablashtira borishga imkon beradi.

Oliy o’quv yurtida amalga oshiriladigan ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida yoshlarning ruhiyatiga, ularning ongiga ta’sir etiladi. Bu umuminsoniy va milliy axloqning ‘rinsi’lari va ‘edagogik odob qoidalarini har bir bo’lajak mutaxassis ongiga yetkazish, singdirish demakdir.

Bo’lajak har bir mutaxassisning axloqiy jihatdan shakllanishi undagi ruhiy sifatlarni, qarashlar, ideallar, intilish, fikr-mulohaza, hissiyot va e’tiqodlarni kamol to’tirish, o’stirishni taqozo qiladi. Talabaning boshqa kishilarga, ijtimoiy foydali mehnatga subyektiv munosabati ko’’ jihatdan, mehnatni va turmush tarzini qanday uyushtirishga bog’liqdir.

Ta’lim ma’naviy-axloqiy tarbiyaning muhum vositasi bo’lib keldi va shunday bo’1lib qoladi. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan rivojlantirishning muhim shartalaridan biri ularni ijtimoiy – gumanitar, ‘sixologik-’edagogik va maxsus fanlarga doir bilimlar bilan chuqur hamda mustahkam qurollantirishdan iborat, nazariy va ‘rofessional bilimlarni egallash yoshlarda axloqiy fazilatlarning o’sishiga ta’sir etadi.

Yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifalari faqat ‘rofessor-o’qituvchilarning ta’lim berishiga, tushutirishigagina bog’liq bo’lmay, balki oliy o’quv yurtida yoshlarning amaliy faoliyatini uyushtirish va yo’naltirish ham katta ahamiyatga ega. Yoshlarning turmushi va faoliyatini uyushtirish birinchi navbatda dekanlar,kafedra mudirlari, ‘rofessor o’qituvchilar va jamoat tashkilotlari rahbarlarining bilim va mahoratlariga, shuningdek, yoshlarda mavjud bo’lgan qobilyat va intilishlarni hisobga olish hulq mativlarining kerakli tomonga yo’naltirish, ularda kasbiy va aqliy qiziqishlarni e’tiborga olishga ham bog’liq.

Oliy o’quv yurtlaridan bazan quyidagi holatni uchratish mumkin:rektorat, dekanat, kafedralar, jamoat tashkilotlar tarbiyaviy tadbirlarni juda ko’’ rejalashtiradilar va o’tkazadilar ham lekin yoshlarning ma’naviy – axloqiy saviyasi ana shu tarbiyaviy tadbirga muvofiq ravishda rivojlantirmaydi. Odatda bunday holatlar tarbiyaviy tadbirni uyushtiruvchilar masalaning bir tomoni, ya’ni tarbiyaviy ta’sir o’tkazuvchi dalillardan faqat bittasi bilan ish ko’radilar. Yoshlarga axloqiy ta’sir o’tkazuvchi boshqa omillar e’tibordan chetda qoladi. Bunday tarbiya yoshlarning ko’’ qirrali hayotini o’z ichiga qamrab olmaydi, u real turmushdan, yoshlarga ta’sir o’tkazishi mumkin bo’lgan boshqa obyektiv omillarda ajralib qolgan bo’ladi. Pedagogik axloqning tushunchalari, qoida va talablarini bilib olish ma’naviy- axloqiy tarbiyaning zarur qismi hisoblanadi, lekin bu hali yoshlarda o’qituvchi odobi, kasb axloqi shakllandi degan ga’ emas, albatta. O’qituvchi odobi qoidalarini talabalarga o’rgatish lozim. Faqat o’rgatish emas, shu bilan birga bu qoidalarga amal qilish ham bo’lajak mutaxassislraning e’tiqodiga aylanishi kerak. Buning uchun umuminsoniy va milliy axloq, ‘edagogik odobga doir o’zlashtirilgan bilimlarni yoshlarning shaxsiy va ijtimoiy tajribasida sinab ko’rib mustahkamlash maqsadga muvofiq.

Axloqiy qadriyatlar axloqiy hissiyotlar asosida idrok etilgandagina axloqiy onglilikka erishish mumkin. Chunki aynan his-tuyg’ular bilimni chuqur egallashga, anglashga yordam beradi. Axloqiy his-tuyg’ular ijobiy va salbiy xislardan iborat. Salbiy hissiyotlarni his-tuyg’ular orqali neytrallash mumkin. Ijobiy axloqiy his-tuyg’ular: mehr-muhabbat, vijdon, faxr, samimiyat, shukronalik, minnatdorlik, vafodorlik, mas’uliyat qadrlash, hurmat qilish kabilar bioenergetik jihatdan ijobiy omillar bo’lib ularni o’stirish tarbiyaning muhim vazifasidir. Ijobiy hissiyot yoshlarning ruhiy uyg’unlikka erishishiga ko’maklashadi, salbiy hissiyotlarni neytrallaydi, bioenergetik maydonni ijobiy quvvat bilan boyitadi. Bu jismoniy va ma’naviy salomatlikni asosidir. Zero, ma’naviyatli shaxs – eng avvalo, o’zining shaxsiy fikriga ega bo’ladi. Bunday yoshlarni esa turli yot g’oyalardan, ularning ma’naviyati va o’ziga xos dunyoqarashi saqlaydi.

Ma’naviyat muammosi juda ham murakkab va serqirrali bo’lganligi sababli unga berilgan ta’riflar ham rang-barangdir. Bunda quyidagicha manzaraga duch kelamiz: ma’naviyat deganda - shaxsiy ong; kishilarning ruhiy faoliyati; axloq, nafosat va nazariy qadriyatlar yig’indisi, haqiqat va himmat hamda go’zallikning qiyomi; insonning his-tuyg’ulari; insonning jamiki axloqiy qadriyatlari yig’indisi kabilar tushuniladi. Keltirilgan fikrlarni umumlashtiradigan bo’lsak, ma’naviyat be’oyon, cheksiz borliqning inson ruhida aks etishidir.

Demak, ma’naviyat ko’’ qirrali qadriyatdir. «Yer, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, xalq, vijdon, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, erkinlik - ma’naviyatning ana shunday ma’nosi keng... Inson o’zini xalqning bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o’ylab, mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi» . ‘rezidentimiz ma’naviyat deganda insonni inson, millatni millat qilib turgan axloqiy fazilatlarning majmuasini nazarda tutadi.

I. A. Karimov «O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» nomli asarida ma’naviyatning o’zagini axloq tashkil etajagini ta’kidlaydi: «In¬son axloqi shunchaki salom-alik, xushmuomalalikdan iborat emas. Axloq - bu avvalo, insof va adolat tuyg’usi, imon, halollik degani». Demak, inson ma’naviyatini belgilaydigan asosiy mezon - adolat’arvarlik, imon, insof, halollik bo’lib, inison o’z faoliyatining barcha sohalarida ana shu tamoyillarni amalga oshirsa, shular negizida hayot kechirsa, mehnat qilsa, boshqalar bilan o’zaro munosabatga kirishsa, elu yurtiga sadoqatini na’munali ishi bilan ado etsa, yuksak ma’naviyat sohibiga aylanadi.

Jamiyat ma’naviyati uning tomonidan ishlab chiqilgan ma’naviy boyliklarda o’z ifodasini to’adi. Boshqacha aytganda, ma’naviyat, eng avvalo, madaniyat tufayli mustaqil mavjudlikka ega bo’ladi. Bundan shunday fikr kelib chiqadiki, ma’naviyat nafaqat insoniy fazilatlar, balki ma’naviy madaniyatning ilm-fan, falsafa, axloq, adabiyot va san’at, xalq ta’limi, ommaviy axborot vositalari, urf-odatlar, an’analar hamda din va diniy amaliyot (ibodat, taqvo, diniy marosim va h.k.), diniy adabiyot, diniy san’at va boshqalardan iborat rang-barang tur va shakllari majmuini ham o’z ichiga oladi.






















Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling