O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi namangan davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Yoshlarda tarixiy etnografik qadriyatlarni hozirgi davrdagi shakllanganlik darajasi


Download 0.59 Mb.
bet18/33
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#212640
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari

1.3. Yoshlarda tarixiy etnografik qadriyatlarni hozirgi davrdagi shakllanganlik darajasi
Ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning pirovard maqsadi imon e’tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iborat.

Dunyo xalqlari ming yillar mobaynida o’z an’ana va urf-odatlari, marosim va bayramlariga sodiq qolish, uni har qanday ta’sir va tazyiqlardan himoyalash orqali turli davrlar, ajdodlar o’rtasidagi ma’naviy yakdillikni ta’minlaganlar hamda milliy o’zlikni, mentalitetni saqlab kelganlar. Bu munosobat milliy qadryatlar tushunchasining millat taqdiridagi hal qiluvchi ahamiyati bilan uzviy bog’liq. Shu o’rinda mavzuga doir tahlillar va misollarga o’tishdan oldin ushbu tushunchani biroz izohlab o’tsak. Avvalo, qadryatlar va milliy qadryatlar tushunchalarini izohlab olsak.



Qadryatlar - borliq va jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklarining ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha. Milliy qadriyatlar—millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega bo’lgan jihat va xususiyatlardir. O’z milliy qadriyati bo’lmagan millat yoki elat yo’q.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling