O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi namangan davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Yoshlarni dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlarning pedagogik xususiyatlari


Download 0.59 Mb.
bet17/33
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#212640
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari

1.2. Yoshlarni dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlarning pedagogik xususiyatlari
Xalqimiz asrlar bo’yi orzu qilib kelgan mustaqilligimizga ham 25 yil to’ldi. Mustaqillikni mustaxkamlash bugungi yosh avlodga, ularning ma’naviyatiga bog’liq. Chunki turmushimizning barcha jabhalari siyosiymi, iqtisodiymi, ijtimoiymi bundan qat’iy nazar odamlarimizning ma’naviy qiyofasiga borib taqaladi.

Diniy ekstremizm tahdidi real havfga aylangan hozirgi davrda diniy-ma’naviy qadriyatlarni shiorlardan farqlashga o’rgatishni, sog’lom e’tiqod tarbiyasini bolalikning ilk yillaridan boshlash zarur. Zero, prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “...bugungi murakkab ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo’nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o’rganish, milliy manfaatlarimiz, hayot tarzimizga zid bo’lgan ma’naviyat, madaniyat bayrog’i ostida kirib kelayotgan zararli g’oyalar va tahdidlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog’lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi”. [15.-B.5]

Faqat ana shunday asosda yoshlarni o’z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo’lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin.

Hozirgi yoshlarning ma’naviy kamoloti qanday? Bunday savollar res’ublikamizning mustaqilligini mustahkamlash uchun jon kuydirgan har bir insonning qalbidan o’rin olyapti desak xato bo’lmas. Ma’lumki, har bir jamiyatning rivoji uning taraqqiyot mezonlarini ta’minlovchi muhim omillardan biri o’sha jamiyat odamlarining manaviyati bilan belgilanadi.

“Ma’naviyat” so’zining o’zagi “mano” dir. Uni ma’ni deb ham ishlatamiz. Dunyodan ma’no izlagan kishi ma’naviyat sari tai’inaveradi va shu tariqa yahshilik va yomonlikni farqini anglab yetadi. Demak, qisqa qilib aytsak, ma’baviyat yahshilikka moyillik va yomonlikdan tiyilish hissidir. Ehtimol xalqimiz shu bois yahshi kishini “bama’ni”, yomon kishini “bema’ni” degan sifatlar bilan atar.

Yahshilik yoki yomonlikning millati bo’lmaydi. Biroq har bir xalqning o’z ma’naviyati bor. Demak, ma’naviyat milliy hodisa hamdir. Shunihg uchun Vatanimiz mustaqilligidan keyin milliy m’naviyat davlat ahamiyatidagi muhim masalaga aylandi, istiqlol va ma’naviyat , bir-biriga bog’liq tushunchalar bo’lib qoldi.

Prizidentimiz I. Karimov O’zbekiston Res’ublikasi Oliy Kengashi 12-sessiyasida so’zlagan nutqida totalitar tuzimidan meros qolgan, belgilardan biri bo’lmish ma’naviyatsizlikka, mafkurasizlikka chek qo’yish lozimligini alohida o’qtirdi. Shu bilan birga milliy istiqlol mafkurasini yaratish haqli ravishta jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb, o’ta muhim masala ekanligiga e’tiborni jalb qildi. Bizning ma’naviyatimiz nimalardan iborat? O’zbekning milliy iftixori nimalardan tashkil topgan? Biz ulug’ maqsadlarga munosibmizmi? Oldindagi kurashlarga, mashaqqatlarga tayyormizmi? Yangi adolatli jamiyatni qurish uchun ruchimiz etadimi? Xalqning o’ziga xos hususiyatlari, uning eng ijobiy sifatlari nimalardan o’z ifodasini to’adi? O’tmishimiz merosining asosiy sabolari nimada? Nimalar bizni millat sifatida o’tmishimizga xalaqt bermoqda va boshqa shunga o’xshash savollarga javob talab qilmoqda. Ta’kidlash o’rinliki, mustaqillikkacha bo’lgan davrdagi ham nazariy, ham amaliy jihatdan yo’l qo’yilgan jiddiy xatolardan biri biz moddiy xayotni birlamchiligini, ong, ya’ni ma’naviy xayotning ikkilamchiligini ta’kidlashdan uni mutloqlashtirishdan nariga o’tmadik. Inson fql-zakovatini ma’naviy dunyosi faolligini yaratuvchilik, bunyodkorlik xislatini yetarli tushunib yetmadik. Natijada moddiy turmushni, iqtisodni birlamchi, ustivor yo’nalish bilib, uni birdan-bir asl maqsadga aylantirdik: moddiy ishlab chiqarish sohasida hizmat ko’rsatish, savdo-sotiq tizimidan yuqori qo’yiladi; ishlab chiqarish ijtimoiy sohalarini xalq ta’limi sog’liqni salash madaniyat tizimlarini ikkilamchi deb hisobladik. Ularni “qoldiq” siyosatining qurboni qildik: ishchini,kalxozchiniziyoli olimdan “yuqori” deb bilindi: iqtisodning o’zi bunday yondashuvning kasofatiga qoldi. Mustabid tuzim barchani baravarlashtirishni (“yaxshi” xodimni “yomon” bilan) bir hil fikr qilishini (aslida, fikr qilmasligini), xalqlarning o’z tarixidan, ma’naviyatidan, milliy qadryatlaridan mahrum qilishni maqsad qildi. Biroq, yuqoridagilardan biz endi moddiylikni ahamiyatini butunlay inkor etamiz degan xulosa chiqmasligi kerak. Yo’q aslo unday emas biz endilikda qachon moddiylikni u haqiqatan arziydigan darajadan yuqoriroq darajaga ko’tarmaymiz.

Sohibqiron Amir Temur o’z hikmatlarida yoshlar tarbiyasida to’g’ri yo’lni tanlashga ahamiyat bergan: “Farzandlarim millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangizdir. Adolat va ozodlik dasturingiz rahbaringiz bo’lsin. Orangizga nifoq tuxumlari ekilmasligi uchun ko’p diqqat va ogoh bo’ling”. [16.-B.64]

Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, yoshlarda ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirish barcha davrlarda muammo bo’lib kelgan va jamiyatning e’tiboridagi asosiy masalalardan hisoblangan. Zero, Abu Rayhon Beruniy aytganlaridek: “Vaqt pillapoyasi cheksizdir, bir-birining o’rnini egallab, boradigan avlodlar zinadan-zinagacha ko’tariladilar xolos. Jamlangan tajribani har bir avlod o’zidan keyin kelayotgan, o’zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi avlodga yetkazib beradi”. [17.-B.128]

O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishda ta’lim jarayoni yetakchilik qiladi. Ayniqsa, “Vatan tuyg’usi” darslarinig bu jarayonda o’rni beqiyos. Bugungi kunda ta’lim jarayonidagi innovatsiyalar, pedagogik texnologiyalar va u bilan bog’liq fanlarni integratsiyalash kabi tizimlarning kritilishi sog’lom e’tiqodni shakllantirishda katta imkoniyatlar eshigini ochadi.

Yoshlarni ilk o’smirlik bosqichi (11-14 yosh) davrida dars jarayonida olinadigan diniy axborotlar, yurtimiz kelajagiga bo’lgan ishonch tuyg’ulariga ta’lim jarayonida tamal toshi qo’yilsa, keyingi bosqichlarda ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirishning izchilligi yo’lga qo’yilgan bo’ladi.

Fikrimiz isboti sifatida “Vatan tuyg’usi” hamda “Milliy istiqlol g’oyasi” fanlarining integratsiyalashgan shaklini ya’ni “Ijtimoiy dunyoqarash” kurslarining texnologik xaritasini keltirib o’tamiz.

Donolar ibratidan ma’lumki, faqirona bir kulba qurishiga yog’ochtoshi bo’lgan dabdabali qasr qurishni xayoliga ham keltirmaydi. Demak, qasr qurish uchun tegishli imkon bo’lishi lozim. Mustaqilligimizning muhtasham binosini barpo etish ham shunga o’hshash bir xodisadir. Umuman olganda, bugungi kunda eng asosiy va muhim narsa vazifalarimizni chuqur va har tomonlama anglash, gap nimada ekanligini bilib olishidadir. Ma’naviyat inson hayotining istisnosiz sohalarini, birinchi galda mehnatni ijtimoiy-siyosiy faoliyatni, qjlaversa butun jamiyatni qamrab oladi. Uzluksiz ta’lim tizimi qadryatlarni

anglash, o’zlashtirish orqali mustaqil boyib boradi.

Prezidentimizning O’zbekiston Res’ublika Oliy Majlisi, Vazirlar mahkamasi va vazirlar muhokamasi va prezident devonining O’zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan qo’shma majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, Res’ublikamizning bosib o’tgan mustaqil taraqqiyot yo’li va oldimizda turgan vazifalarning ma’no mohiyati va ahamiyati haqida so’z manfaatlar doirasida ham kengayib boradi. Milliy manfaat milliy ehtiyoj bilan bevosita aloqador bo’ladi, huddi shuning uchun ham milliy ongning o’zagini tashkil etadi.

Bayon qilingan fikr-mulohazalardan shunday hulosaga kelish mumkinki, milliy istiqlol mafkurasini tashkil etuvchi umummilliy g’oyaning bo’lishi ham tarixiy zaruratdir. “Shaxsning ichki ma’naviy dunyosi ma’naviy ehtyoj, ma’naviy qiziqish va faoliyat, ma’naviy qadriyat kabi asosiy belgilar tizimidan iboratdir.” [18.-B.47]

Chunki, har qanday jamiyat ham uning turli millat va elatlarga maslak va manfaatlarga mansub fuqarolari uchun umumiy g’oya zarur. Yagona davlat hududida yashovchi barcha millatlar va elatlar manfaatiga mos tushuvchi umummilliy g’oya bo’lmasa, ko’pmillitli davlat sharoitida u yoki bu millat manfaati oyoqosti bo’lishi mumkinligiga yaqin o’tmish guvoh. Turli millat va elatlar yashayotgan O’zbekiston sharoitida ularning milliy manfaatlariga mos tushuvchi umummilliy g’oya ularnni nurafshon kelajak, insonparvar, demokratik jamiyat qurishdek olijanob maqsad atrofida birlashtiradi. Shuning uchun ham ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, insonparvar, demokratik jamiyat qurish g’oyasi O’zbekistonda yashovchi barch xalqlar uchun umummilliy g’oyadir.

Shaxs tarbiyasining muhim yo’nalishi bu- g’oyaviy tarbiyadir. Har qanday mafkuraviy tarbiyaning maqsadi jamiyatning har bir a’zosi va ular timsolida har bir ijtimoiy qatlam, guruhning tarbiyaviy darajasini ta’minlashdir. Bu provard natijada o’sha jamiyat rivojiga turtki beruvchi ilg’or g’oyalarning har bir fuqaro tomonidan ongli ravishda o’zlashtirilishini, uning tafakkur va fikrlash tarziga aylantirishni ta’minlaydi. Shu ma’noda milliy istiqlol mafkurasi O’zbekistonda yashab, ijod qilayotgan har bir fuqaroning ongi va shuurida asriy milliy qadryatlarimiz, xalqimizning bugungi va kelgusidagi manfaaylarini ifodalovch eng sog’lom g’oyalar va fikrlar tarzida, xalq tafakkuri tarzida ifodasini topishi lozim. Bu jihat mafkuraviy tarbiyaning bosh xususiyatlaridan biridir.

Yoshlarni g’oyaviy tarbiyalash sog’lom g’oyalar tarbiyasi – yuksak dunyoqarash va e’tiqod tarbiyasini anglatadi. Dunyoqarash tartibga solingan, yahlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvur va g’oyalar majmui bo’lib, u shaxsni jamiyatda o’zligini saqlagan holda munosib o’rin egallashga chorlaydi.

Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni milliy qadryat va an’analarga muhabbatni, o’z yaqinlariga sadoqatni, mehribonlikni tanlagan yo’li, kasbi, mosligi va etiqodiga sogiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya to’ib, sayqallangan milliy ong dunyoqarash va e’tiqod mahsulidir.

Bundan tashqari “Xamsa” ning boshqa dostonlaridagi ijobiy va salbiy qahramonlari bilan o’sha davr ko’rinishini keng yoritib bera olgan. “Farhod va Shirin” dostonida mardlik, tug’riso’zlik, ma’rifat bulog’idan baxramand bo’lish sari kuchli darajadagi intilish, mexnatsevarlik, katta yoshdagi kishilarga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo’lish, davlat va xalq manfaatlarini o’z manfaatidan ustun ko’rish, shuningdek sadoqatli sevgi-muxabbat kabi insoniy fazilatlar o’z ifodasini to’gan bo’lib, shoir shu orqali shaxs ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirish asoslarini ko’rsatib berishga xarakat qilgan.

Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat—yengilmas kuch” asarida qayd etilganidek, “Ko’’ asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot

ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo’libkelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat,

halollik, oxiratni o’ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo’lgan fazilatlar aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi”.

[19.-B.76-77]

Tarixiy xotira—milliy g’urur va iftixor hissining zaminlaridan biri. Millatning tarixiy xotirasi qanchalik boy, mazmunli va uzviy bog’langan bo’lsa, bu millat shunchalik uyushgan, tadbirkor, harakatchan, hamjihat bo’ladi, o’z ajdodlari va avlodlarining sha’niga yarashadigan xizmatlarni, ishlarni bajarishga intiladi.

Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk” asariga kiritilgan bir qancha ibratomuz va hikmatli so’zlari misolida ham kuzatishimiz mumkin:

Daraxt o’tqazilmaguncha, hosil unmaydi ( biror maqsad ketidan yurib), istalmaguncha to’ilmaydi, qo’lga kirmaydi.

Agar bilimdon odamga yo’liqsang, har kun unga bor, yaxshi muomala bilan uning ilmu hikmatlarini o’rgan.Takabburlikni tashla.

Yuqoridagi kabi, ma’naviy qadryatlarimizni madh etuvchi ko’plab pandnomalarni o’zbek xalqining yirik mutafakkiri, davlat arbobi, o’zbek mumtoz adabiyotining ko’zga ko’ringan vakili, tarixchi olim, shoir va tarjimon Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida ham uchratish mumkin. Binobarin, Bobur ijodida

insonparvarlik, inson va uning erkinligi, ilohiy ishq va muhabbat, vafodorlik, mehru shafqat, baxt kabi ulug’ tuyg’ularni kuylagan.
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,

O’rgangali ilm tolibi ilm kerak.

Men tolibi ilmu tolibi ilme yo’q,

Men bormen ilm tolibi, ilm kerak.

Bobur ilmli bo’lishni, ilmni xohish ila o’rganishni, ilm inson uchun g’amda

­­­­­­­­­­­sabr, qorong’uda oy kabi yorutguvchi chiroq ekanligini da’vat etadi.

Insonlar qisqa bo’lsada mazmunli umr kechirishni, yaxshi xulqli bo’lishni, yaxshilik qilishni, insonni oliy janobliligini va sahiy boy bo’lishini quyidagi misrada sodda til bilan ifodalagan:

Davlatga yetib mehnat elin unutma,

Bu besh kun uchun o’zingni asir tutma.

Bobur ma’naviy – ma’rifiy qarashlarida Vatan tuyg’usi va sog’inchi haqida sermazmun ijod qildi. Buni O’z yurtidan bosh olib chiqib ketayotgan damdan

boshlab, Hindiston-u, Afg’aniston davlatlarini boshqarib turgan holida ham umrining oxiriga qadar ona diyorini unutmadi. Kindik qoni to’kilgan yurtni haddan ziyod sevdi.

Toli yo’qki jonimga balolig’ bo’ldi,

Har ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi.

O’z yerni qo’yib Hind sari yuzlandim,

Yorab netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.

Insonning deyarli barcha ijtimoiy sifatlari tashqi ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. Shuning uchun kishining insoniy sifatlarini shakllantirishda maqsadga yo’naltirilgan ta’lim va tarbiya hamda tarbiyalanuvchining erkin tanlovi yetakchi o’rin egallaydi, deydi Farobiy.

Qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy ta’limotida bilim oluvchilarga qalbingni yomon illatlardan, inson o’zi sezishi mumkin bo’lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, ochko’zlikdan va shon-shuhratdan saqlashi lozimligini aytadi.

U barcha illatlarning asosiy sababi bilimsizlikda, deb bilgan. Bilimlarni o’zlashtirishda kishida bilimga intilish, qiziqish va ijtimoiy muhit o’rnini alohida ta’kidlaydi.

Beruniy faxrlanishni yaxshi xulq ma’nosida ishlatib, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida shunday deydi: “Faxrlanish – haqiqatda yaxshi xulq va oliy fe’llar oldin ketishi, ilm-u hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular yetishmasa, hukm uning zarariga bo’ladi”.

Beruniy inson kamolatida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi ma’rifat, ilm-fanni ham e’tirof qiluvchi – irsiyat, ijtimoiy muhit va to’g’ri tarbiyadir.

Beruniy nazarida inson kamolga yetishining muhim omillari ko’p bilimga ega bo’lish va yuksak ahloqiylikdir.

Ibn Sino boshqa mutafakkirlar kabi o’zining komil inson to’g’risidagi qarashlarini falsafiy, ijtimoiy fikrlari bilan bog’liq holda ifodalagan. Olimning ijodida “komil inson tarbiyasi to’g’risida”gi qarashlariga to’xtalsak.

Abu Ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan bilimlarga erishishni da’vat etadi. Buning sababi shundaki, ilm-fan tabiat va jamiyat qonuniyatlarini ochib, avlodlarga yetkazadi. Bu maqsadga yetishish uchun inson duch kelinadigan qiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, deydi.

“Ey birodarlar: Odamlarning botiri mushkilotdan qo’rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo’rqog’idir”. Zero bilimli kishi jasur, o’limdan ham qo’rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo’ladi, deydi u fikrini davom ettirib.

Ibn Sino insonning shakllanishida uning atrofini o’rab turgan muhit alohida ahamiyat kasb etishini, ana shu muhit insonning atrof dunyoni bilishigina emas, balki uning xulqida ijobiy yoki salbiy jihatlarning tarkib to’ishiga ham ta’sir etishini uqtiradi. Shu bois ham bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor bo’lish, ularni yomon ijtimoiy muhitdan uzoqroq saqlash zarur deb hisoblaydi.

Ibn Sinoning ta’lim-tarbiya va ahloqqa oid qaysi asariga ahamiyat bermaylik bu asarlarning bugunga qadar barkamol avlodlarimizning ta’lim-tarbiyasida, ularning zamon talablariga javob bera oladigan dono, bilimli va kuchli bo’lishlaridagi ahamiyati kattaligiga amin bo’lamiz.

Yetuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib ta’limotida ham inson komilligi, kamoloti masalalari keng o’rin olgan.

Olimning eng mashhur “Qutadg’u bilig” (Saodatga eltuvchi bilim) ta’lim tarbiyaga oid, har tomonlama komil inson qilib tarbiyalaydigan yetuk ma’rifiy asari, pand-nasihatlari yoshlarni chin ma’noda komillikka yetaklovchi asardir.

Asarda ahloqiy xislatlar – insoniylik, rostgo’ylik, ishonch, to’g’rilik, soflik, mehr-muhabbat, vafo, insof, sodoqat, aql-zakovat, halollik ... kabilar ulug’lanadi.

Faxr va iftixor bilan ayta olamizki, jonajon zaminimizdan jahon sivilizatsiyasi rivojiga hissa qo’shgan allomalar, faylasuf olimlar juda ko’p yetishib chiqqan. Ularning merosidan foydalanib, milliy mentalitimizni, qadriyatu an’analarimizni, ma’naviyatimizni, insoniy go’zal hislatlarimizni, tafakkurimizni, samimiy dunyoqarashlarimizni yanada boyitish hamda o’zlashtirish mumkin. Bu har bir qalb uchun faxrga aylanmog’i zarur.

Zero, ana shu tarbiyaviy vositalar yordamida insonda ma’naviy axloqiy ehtiyojlar tug’iladi va bevosita unga intilish asosida ma’lum maqsadlarga intilishlar yuzaga keladi. Yuqorida qayd etilgan ilmiy adabiyotlar va tadqiqotlarning tahlili shuni ko’rsatadiki hozirgi kunda oilaviy sharoitni va oilada yoshlar tarbiyasiga munosabatni turli toifaga bo’lib o’rganish mumkin.

Ma’lumki, umumiy ta’lim oldiga qo’yilgan eng muhim maqsad - umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayangan xolda ta’lim tarbiyaning mazmunida insonparvarlik g’oyasini kuchaytirish, xalqchillashtirish va shular asosida yoshlarda ma’naviy madaniyatni shakllantirishdan iboratdir.

Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “ Millat, davlat, jamiyat taqdiri hal bo’layotgan pallada o’zligimizni anglash, ma’naviy ildizlarimizni unutmaslik katta ahamiyatga ega” [20.-B.30]

Masalan, ijtimoiy ilg’or oilalarda tarbiya olayotgan yoshlarda ijtimoiy dunyoqarashning shakllanganlik darajasi ancha yuqori. Buning aksini ham ko’rishimiz mumkin. Bu o’rinda maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi muhim o’rin tutadi.





Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling