O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi namangan davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Download 0.59 Mb.
bet30/33
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#212640
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari

UMUMIY XULOSA
Hozirgi davrda madaniyatga berilgan ilmiy tahriflar insoniyat tomonidan yaratilgan va yaratilishi davom etayotgan mahnaviy, ruhiy jarayonning o’ziga xosligini anglash natijasida vujudga keldi. Insoniyat «tabiiy» turmush tarzi asosida yashagan davrda – ov qilish, baliq tutish, ilk chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan davrlarda bugungi singari madaniyat to’g’risida fikr yuritgani gumon, aniqrog’i, ilmiy tahlil bo’lmagan. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson o’z madaniyati bilan hamroh bo’lib yashagan. Urf–odatlar, ehtiqodlar, hayotning moddiy va ijtimoiy shakllari madaniyatning alohida ko’rinishi sifatida alohida ajralmagan edi.

Insoniyat jamiyati doimiy rivojlanishda bo’lib, u o’zgarib takomillashib boraveradi. Turli tarixiy davrlarda va xilma-xil madaniyatda odamlar jamiyatdagi o’zgarishlarni o’zgacha anglaydilar va qabul qiladilar, o’ziga xos tasavvur va bilim hosil qiladilar. Biz hozirgi davrdagi mavjud muammolarga o’xshash bo’lgan to’siqlarni o’tmishda odamlar qanday qilib bartaraf qilganlarini o’rgana borib, o’tmishga savollar orqali murojaat qilamiz. O’tmishdan o’zimiz javob topamiz, natijada o’tmish, hozirgi zamon va kelajak o’rtasida doimiy muloqot bo’lib turadi. Albatta, har bir davrdagi madaniy tushunchalar yoki jarayonlarning tarixiy bosqichlar yoki davrlarni bog’lashda roli katta.

Tarixga nazar tashlasak, umumiy til mahlum bir etnosning madaniy hayotida muhim rolg’ o’ynaganiga guvoh bo’lamiz. Masalan, qadimgi Turonzaminning tub etnosidan biri so’g’dlarning tili, hayoti, turmush tarzi, xo’jalik hayoti to’g’risida mahlumotlarga egamiz.

Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ta’lim tarbiyaning mazmuni va yo’nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi bilan belgilangan. Bu nazariy qoida bugungi kunda ijtimoiy tarbiyaga ham, oilaviy tarbiyaga ham bevosita ta’luqlidir. Magistrlik ishida ifoda etilgan barcha g’oyalar ana shu metadologik qoida atrofida rivojlanib bordi.

1. Yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakillantarishda o’zbek xalqining tarixiy etnografik qadryaylari, milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari – dolzarb pedagogik muammo ekanligi isbotlandi.

2. Yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakillantarishda o’zbek xalqining tarixiy etnografik qadryaylari, milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari metodikasi ilmiy asoslandi va o'quv amaliyotiga tadbiq etildi. O'quvchilarda o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish modeli, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlari ishlab chiqildi hamda sinovdan o'tkazildi.

3. Yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakillantarishda o’zbek xalqining tarixiy etnografik qadryaylari, o’zbek milliy ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish jarayonida ta'lim-tarbiya uzviyligi ta'minlandi, ularda o’zbek xalqining milliy ma’naviy merosi haqida bilim olishga motivatsiya uyg'otish usullari ishlab chiqildi.

4. Yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakillantarishda tarixiy etnografik qadryaylari, o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish ularning o'quv va amaliy faoliyati samaradorligiga ijobiy ta'sir etib, ularda shaxsiy va kasbiy sifatlarning kamol topishiga omil bo'ldi. O'quvchilarning kasbiy bilimlari va o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi haqidagi bilimlari mustahkamlandi, ularda ilmiy faoliyat bo'yicha amaliy ko'nikma va malakalar shakllantirildi.

5. Umumta`lim maktablari 9- sinf o’quvchilarida o’zbek xalqining tarixiy etnografik qadryaylari, milliy-ma’naviy merosi mazmunini yangilab borish va o'quvchilarning o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganishdagi bilimlarini shakllantirish obyektiv zarurat bo'lib, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish va bunda nazariya bilan amaliyotning uzviyligini ta'minlash zarurati tajriba-sinov ishlari jarayonida o'z ifodasini topdi.

6. Umumta`lim maktakblari 9- sinf o’quvchilarida o’zbek xalqining tarixiy etnografik qadryaylari, milliy-ma’naviy merosini o’rganishga oid “O’zbekiston tarixi”, “Jaxon tarixi” “Din tatixi” fanlarini o'qitish bo'yicha ishlab chiqilgan metodika va maxsus kursni amalda joriy etish va tajriba-sinov ishlari natijalari umumta`lim maktakblari Yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakillantarishda o’zbek xalqining tarixiy etnografik qadryaylari milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish borasida samaradorlikka erishilganini ko'rsatdi.

Hozirgi kunda pedagogika fani oldida kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biri kuchli demokratik jamiyat qurishning ma’naviy ma’rifiy zaminini yaratishdan iborat. Yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakillantarishda tarixiy etnografik qadryaylari, o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan unumli foyfalanish, yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdek umumdavlat, umummilliy dasturni bajarishga yordam berishi, shak-shubhasizdir.

Shuning uchun ham “Maktabni rivojlantirishga qodir, uni shaxs va jamiyatni rivojlantirish omiliga aylantira oladigan tilsimotni faqat milliy- mintaqaviy xususiyatlarni inobatga olgan holda maktabni demokratlash, insonparvarlashtirish orqaligina erishish mumkin” deyiladi. O’zbekiston Respublikasining umumiy o’rta ta’lim maktabi to’g’risidagi vaqtinchalik nizomda. Zero, bunday vazifani to’la-to’kis amalgam oshirish uchun O’zbekiston maktablarining o’quv-metodika ta’minotini, maqsadlari, vazifalari, tizimi, mazmuni, boshqarish va tashkil qilishning shakl va usullarini Respublikaning milliy madaniy an’analariga, uni hozirgi ijtimoiy – iqtisodiy holati va istiqboliga mutanosib holda takomillashtirish zarur. Buning uchun avvalombor, barcha o’quv yurtlari, oila, ishlab chiqarish jamoalari, madaniy muassasalari hamda jamoat tashkilotlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarini mustahkamlash va takomillashtirishi lozim. Bunda asosan xalq ta’limining eng asosiy qonuniyatlaridan biri yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda maktab, oila, jamoat tashkilotlari mehnat jamoalarining hamkorligi muhim va hal qiluvchi omillardandir.





Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling