Bob bo’yicha xulosa
Xulosa sifatida aytish mumkinki, muammo bo'yicha o'tkazilgan tajriba-sinov ishlari tahlili shundan dalolat beradiki, yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakillantarishda o’zbek xalqining tarixiy etnografik qadryatlari, milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanishda zamonaviy o'quv vositalari hamda Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Ibn Sino kabi allomalarning asarlaridan, hayoti va ilmiy ijodi namunalaridan, milliy me’morchilik namunalarini maketidan va shunga o’xshash milliy-ma’naviy merosni ifodalab beruvchi vositalardan foydalanish milliy-ma’naviy merosni o’rganishda faol usullardan hisoblanib, ular ta’lim samaradorligini oshiribgina qolmay, to’la o’zlashtirishga o’quvchilar faolligini oshirgan holda erishishni ta’minlaydi.
Bugungiday ta’lim samaradorligiga erishish o’qituvchining faoliyati natijasi sifatida baholanadi, shuning uchun har bir o’qituvchi dars jarayonida integrativ dars ishlanmalaridan keng foydalansa, o’quvchilarning individual xarakter xususiyatidan kelib chiqib metodik ta’sirni aniq va to’g’ri bera olsa, u nafaqat o’zining, balki o’quvchining ham yashirin imkoniyatlarini haqiqiy ma’noda kashf eta oladi.
O’tmish madaniy qadriyatlarni, o’zga millatlar madaniyatini bilish, uni saqlash, va hurmat qilish, ommalashtirish, estetik qimmatini qabul qila bilishning rivojlanib borishi madaniy taraqqiyotning eng muhim jarayonlari hisoblanadi. Insoniyat madaniyatining rivojlanishi tarixi – bu nafaqat yangi, balki eski madaniy boyliklarni izlab topish tarixidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |