O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsusta


-LABORATORIYA ISHI: SUYUQLIKLLARNING BUG‘LANISH ISSIQLIGINI VIRTUAL STENDDA ANIQLASH


Download 377.86 Kb.
bet12/24
Sana16.06.2023
Hajmi377.86 Kb.
#1500492
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
Fizik kimyo 2023 lab2

4-LABORATORIYA ISHI: SUYUQLIKLLARNING BUG‘LANISH ISSIQLIGINI VIRTUAL STENDDA ANIQLASH




Ishning maqsadi: bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga mo‘ljallangan laboratoriya mashg‘uloti bo‘lib, maqsad talabalarni axborot kommunikatsion texnologiyalardan darslarda to‘liq hamda to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish. Bunda talabalar olgan bilimlarini kompyuterda mavzuga oid laboratoriya ishini bajarish bilan mustahkamlaydilar.
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli qurilma va reaktivlar:qaynatgich; sovutkich; po’kak; isitgich; qo’shimcha og’iz; kalit; reostatlar yoki LATR; voltmetr; ampermetr; o’zgarmas tok manbai.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:Suyuqlikning bug’lanish issiqligini aniqlash qaynab turgan suyuqlikka berilgan issiqlik miqdorini o’lchashga va olingan kondensatni tortishga asoslangan. Isitgich orqali berilgan issiqlik suyuqlikning bug’lanishiga va nurlanishiga sarflanadi:
JUt = g∆h + X
bu erda J—tok kuchi, A; U—kuchlanish, V; t—vaqt, C; g—yig’ilgan kondensatning og’irligi, g;∆h—solishtirma bug’lanish issiqligi, J/g; X— tarqalgan issiqlik, J.
Nyuton qonuniga ko’ra, issiqlikning tarqalish sirtiga va haroratlar farqiga proporsional bo’lgan yo’qotilgan issiqlikni tenglamadan chiqarib yuborish uchun, kuchlanishni va unga mos ravishda tok kuchini o’zgartirgan holda, tajriba 2 marta takrorlanadi. Qaynayotgan suyuqlik va atrof muhitning issiqlik tarqalish sirti va haroratlar farqi ikkala tajribada ham o’zgarmaganligi uchun, issiqlikning yo’qotilishini ham bir xil desa bo’ladi va tenglamalarni birga yochganda:
J1U1 = g1∆h + X (1-tajriba)
J2U2 = g2∆h + X(2-tajriba)
Bundan solishtirma bug’lanish issiqligi (J/g)
∆h = (J2U2 — J1U1)t = ( g2— g1) ga teng.
Molyar bug’lanish issiqligi ∆N = hM J/mol (M — moddaning molyar massasi).
Asbob (IV.4-racm) qaynatgich (1) va sovutgich (2) dan iborat. SHlifli po’kakning teshigidan (3) yo’gon mis simlari yordamida qaynatgichga nixromdan qilingan reostatlar (7 va 8) orqali o’zgarmas tok manbaiga ulangan qarshiligi ~30 Om bo’lgan isitgich (4) joylashtirilgan. Qaynatgichning yuqorggjismi devorlarida bug’ning kondensatlanmasligi uchun issiqlik saqlovchi (kigiz yoki paxta) qobiq bilan qoplanishi kerak.
Asbob naychasi orqali (5) tekshirilayotgan suyuqlikdan (naychaga 2—3 sm qolguncha) quyiladi va naycha og’zi po’kak bilan yopiladi. Qaynatgich
issiqlikni saqlovchi qobiq bilano’raladi va sovutgich (2) dan suv o’tkaziladi.





Download 377.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling