O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsusta


-LABORATORIYA ISHI: KIMYOVIY REAKSIYALARNING TEZLIK KONSTANTASINI ANIQLASH


Download 377.86 Kb.
bet20/24
Sana16.06.2023
Hajmi377.86 Kb.
#1500492
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Fizik kimyo 2023 lab2

9-LABORATORIYA ISHI: KIMYOVIY REAKSIYALARNING TEZLIK KONSTANTASINI ANIQLASH




Ishning maqsadi: Atsetonning yodlash reaksiyasini tezlik konstantasini aniqlash. Kislotali muhitda atsetonni yodlash reaksiyasining tezlik konstantasi aniqlanadi.
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli qurilma va reaktivlar: 0,1n KJ eritmasi, 1n HCl, kolba,sekundomer, Na2S2O3, atseton, kraxmal eritmasi, byuretka, shtativ, distillangan suv.
1 )

  1. Atsetonni yodlash reaksiyasi

  2. Anion yod bilan reaksiyasiga kirishadi:


2)

Birinchi bosqich tezligi sekin, ikkinchi bosqich esa juda katta tezlikbilan oxirigacha boradi. Ma’lumki, bosqichma – bosqich boradigan jarayonlar tezligi eng sekin kechadigan bosqich tezligi bilan aniqlanadi.Shuning uchun jarayonning umumiy tezligi sekin boruvchi – birinchi bosqich tezligi bilan o‘lchanadi. Binobarin, reaksiyaning tezligi atseton va vodorod ionlari (katalizator) konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Reaksiya davomida kislota (HJ) hosil bo‘lishi, H+ ionlarining ortib borishiga va reaksiyani yanada tezlashishiga olib keladi. Reaksiya davomida katalizator rolini bajaruvchi moddalar hosil bo‘lishi bilan boradigan reaksiyalar avtokatalik reaksiyalar deyiladi.
Atsetonni yodlash reaksiyasining tezligi
tenglama bilan ifodalanadi.
da + - ishora reaksiya davomida Н+ ionlarning ortib borishini ko‘rsatadi.
C0 ats – atsetonning boshlang‘ich normal konsentratsiyasi, mol/l
C0Н+ – vodorod ionlarining boshlang‘ich konsentratsiyasi, mol/l
Cxt vaqt ichida reaksiyaga kirishgan atsetonning konsentratsiyasi
Bunda: (I) kelib chiqadi.


Laboratoriya ishini bajarish tartibi:yodning 0,1n eritmasidan pipetka yordamida 25 ml olib 250 ml hajmli o‘lchov kolbasiga qo‘yiladi. Unga HClning 1n eritmasidan 25ml hamda distillangan suvdan 190mlqo‘shiladi. Kolbani termostatga joylashtirib, 10-20 daqiqa o‘tgach 2ml atseton (zichligi 0,792 g/ml) solinadi va kolbaning belgisigacha distillangan suv solib, tez chayqatiladi. Yodning boshlang‘ich konsentratsiyasi aniqlanadi. Buning uchun pipetka yordamida 25 ml aralashmadan olib oldindan titrlash kolbasiga solib qo‘yilgan (15 ml)NaHCO3 ning 0,1n eritmasi ustiga quyiladi va 2-3 tomchi kraxmal ishtirokida Na2S2O3 ning 0,01n eritmasi bilan titrlanadi. Bunda quyidagicha reaksiya boradi:

Download 377.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling