O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim
Download 6.15 Mb.
|
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2-rasm. Modellashtirishni qo`llashni turli yo`nalishlari tarxi.
Sonli modellar
Flyuidlarning g’ovak muhitdagi hatti-harakatini tasvirlovchi matematik tenglamalarni echish uchun sonli modellar qo`llaniladi. Bunda odatda to`rlar usulidan foydalaniladi. Sonli modellar 50-chi yillar o`rtalarida Pisman va Redford tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik shunday mukammallashtirilgan, qayriyib har qanday konni ishlash jarayonini modellashtirish mumkin. Bunda qatlam bo`lak kataklarga bo`linadi. Barcha bo`laklar uchun bir vaqtda massa va energiya balansi tuziladi. Ko`proq kataklardan foydalanish jins va flyuidlarning xususiyatlarini aniqroq hisobga olishga yordam beradi ular katakdan katakka farq qilishi mumkin. Modellar yordamida har xil masalalarni echish uchun ko`plab ma`lumotlar olinadi. Modellashtirish dasturini bir quduqli, quduqlar guruqi yoki bir nechta quduqi bo`lgan qatlamlarni xususiyatlarini o`zaro ta`sir qiluvchi yagona kompleks sifatida o`rganish uchun qo`llash mumkin. Modellar g’ovak muhitda flyuidlar harakati mexanikasini o`rganish uchun ham keng qo`llaniladi. 5.2-rasmda modellashtirishni qo`llashning har xil yo`nalishlari ko`rsatilgan.
5.2-rasm. Modellashtirishni qo`llashni turli yo`nalishlari tarxi. Neftning yotish xususiyatlarini aniqlash - har qanday tadqiqot uchun zarur va kerakli mavzu, bunda odatda butun qatlam buyicha zahirani baholash talab etiladi. Agarda ko`p qatlamli kon bo`lsa, qandaydir gorizont yoki qudud uchun neft' olish va zahirasi haqida ma`lumot talab qilinishi mumkin. Alohida qatlamlarga bo`lingan qatlamlarni modellashtirishda, olingan axborot neft' olishni samaraliroq rejalashtirishga va quduqlarda qatlamni ochish oraliqlarini belgilashga yordam beradi. Neft' va gaz debiti - modeldan chiquvchi asosiy ma`lumotlar. Ular alohida quduqlar, qududlar shuningdek butun qatlam bo`yicha ham olinishi mumkin. Debit bilan bir vaqtda modelda quduq tubi bosimini aniqlash mumkin. Bu ma`lumot er usti yoki er osti jihozini tanlashda ishlatiladi. Ishlashning ikkilamchi usullari loyihalarida haydalayotgan agent (suv yoki gaz) ning turiga bog’liq bo`lmagan holda uning haydalish hajmi va bosimlarini bilish zarur. Bu ko`rsatgichlar yordamida agent haydash uchun jihozlar tanlanadi va suv ta`minoti, suv tayyorlash yoki gazni qayta ishlash tizimlari loyihalanadi. Debit va haydalayotgan agentning hajmi bo`yicha ma`lumot olingandan keyin iqtisodiy hisoblashlar o`tkazish uchun zarur bo`ladigan ko`rsatgichlarni aniqlash mumkin. Iqtisodiy tahlil har xil ishlash tizimlarini loyiqligini taqqoslash uchun asos-bu, qatlamni ishlash jarayonida turli parametrlarini o`zgarishi tufayli qaror qabul qilishda ma`lum bir moslashuvchanlik zarur, chunki neft' olishning real jarayoni boshlangich loyihadagidan nima bilandir farq qilishi mumkin. Yirik konlarni ishlashda loyinani amalga oshirish vaqtida qatlamlarda ko`p miqdorda flyuidlarning bir maydondan boshqasiga ko`chishi sodir bo`ladi. Agar qumtosh qatlam uzluksiz bo`lsa unda bu ko`chishlar bosim gradienti, qatlam va uning yo`nalishiga bog’liq bo`ladi. Flyuidlarning ko`chishini boshqarish mumkin, shuning uchun quduqlarni joylashishini va talab qilinadigan mahsulot olishni shunday tanlanadiki, unda flyuidlarni harakatlanishini kerakli yo`nalishda boshqarish uchun imkon bo`lsin. Flyuidlarni qatlamda harakatlanishini boshqarishdan tashqari, haydovchi quduqlarning aynan joylashishida model neftni ishchi agent bilan siqib chiqarish yo`llarini aniqlashga imkon beradi. Shunday ekan suv haydash frontini va bostirilgan quduqlardan neft' chegarasini ko`chishini xususiyatlarini aniqlash mumkin, bu orqali esa yakuniy neft' beraolishlikni oshirish uchun zarur bo`lgan, yangi ishlatuvchi quduqlar o`rnini topish. Bu quduqlarni joylashish o`rnini topishdan tashqari, modellashtirish ma`lumotlariga ko`ra burqilashning ayniqsa ketma-ketligini shuningdek har qaysi davrda qazilayotgan quduqlar sonini, ishlatuvchi quduqlarni haydovchilarga o`tkazish ketma-ketligini, hamda quduqlar to`xtatiladigan yoki haydovchiga o`tkaziladigan oqilona suv-neft' omilini o`rnatiladi. Ma`lumki, konni faqat bir marta ishlash mumkin, shuning uchun bu jarayonda har qanday xato tuzatilib bo`lmasdir. Lekin modellashtirish usulini qo`llab bu jarayonni bir necha marta bajarish va har xil variantlarini o`rganish mumkin. Modellashtirishdan boshqarish vositasi sifatida foydalanilganda qatlam energiyasidan samaraliroq foydalanishga erishiladi, bu esa yakuniy neft' beraolishlikni oshirishga va konni iqtisodiy jihatdan tejamkorlik bilan ishlashga olib keladi. Murakkabroq tizimlarda masalan, qat-qat har xil jinsli qatlamlarni aralash tarzda ishlashda hammа o`zgaruvchilarni boshqarish mumkin emas edi, lekin modellashtirish usulini qo`llab bu tizimlarni yirik soddalashtirishlarsiz tadqiqot qilish mumkin. Modellashtirishning katta afzalligi shu hisoblanadiki, u qatlamga taaluqli barcha ma`lumotlarni bir ixcham tizimga birlashtirishga va uni tadqiqot qilishga imkon beradi, bu usulsiz esa uning iloji yo`q. Download 6.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling