Uyumlarni ishlatishni boshqarish usullari.
Uyumlarni ishlatishni nazorat qilish xar bir qatlam yoki qatlamning aloxida uchastkalari zaxiralarini ishlatish darajasi, uyumni suvlanish xarateri va SNCH ninг siljishi xamda amalga oshiriladigan ishlatish tizimi natijasida uyumlarda bo`ladigan barcha jarayonlarnи o`rganish imkonini beradi. Bularning barchasi qatlamdan bir tekis neft olish uchun ishlatishни boshqarish bo`yicha uz vaktida choralar kabul qilishga imkon yaratadi. qatlamlarni bir tekis ishlatishni ta`minlash uchun qatlamlar yoki qatlamlarning qismlari bo`ylab aloxida suv xaydash, kam o`tkazuvchан qatlamlarni xaydovchi quduqlarda gidravlik yorish yoki kum-suyuklik aralashmali (peskostruynaya) perforatsiyalash, turli suv xaydash usullarini qo`llash, qatlamlarni ajratib ishlatish, qo`shimcha qaзиб chiqarish quduqlarini burqilash va boshqarish tavsiya etiladi.
7.4.Qatlamlar va ishlash sharoitlarini modellashtirish
"Modellashtirish" tushunchasi juda keng. Modellashtirish deganda jarayonlarni tahlil qilish (neft' qatlami yoki kommunikatsiya tarmog’i bo`lishidan qat`iy nazar) uchun faqat aniq modellashtirish konstruktsiyalatni va foydalanishnigina tushinilmaydi. Modellashtirish deganda mutaxassis idroqli qaror qabul qilish uchun modeldan foydalanish jarayonini tushiniladi. Ob`ektni o`rganish jarayonini o`zgartirmasdan, modellashtirish jarayoni ob`ektda bo`ladigan jarayonlarning asosiy o`zaro bog’likliklarini tushinishga yordam beradi.
Modellashtirishni rivojlanishi uchun shart-sharoit zarur hisoblash tizimlarn va vositalarini mukammallashtirish. Ko`pgina tadqiqot qilinayotgan fizik xodisalarni tushintiruvchi qonunlar allaqachon ta`riflab berilgan. Biroq bu jarayonlarni hisoblash vositalari yo`q edi. Qisoblash texnikasi taraqqiyoti bilan modellashtirish sohasi ham paralel holda birga rivojlandi. Hech qanday shubha yo`qki hisoblash texnikasi taraqqiyoti bilan birga murakkabligi kuchayayotgan masalalarni echishda modellshtirishdan foydalanish chegarasi ham kengayaveradi.
Neft' konlarini ishida fizik jarayonlarning murakkabligi istisno qilib bo`lmaydigan holdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |