O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Ma’ruza-14. Quduqlarni ishlatishdagi uchraydigan asoratlar va ularni bartaraflash


Download 6.15 Mb.
bet91/96
Sana17.10.2023
Hajmi6.15 Mb.
#1706325
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Bog'liq
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ

Ma’ruza-14. Quduqlarni ishlatishdagi uchraydigan asoratlar va ularni bartaraflash
Ma`ruza rejasi

14.1.Quduqlarni chukurlik nasosi yordamida ishlatishdagi halokatlar


14.2.Quduqlarni favvora usulida ishlatishdagi halokatlar.
14.3.Halokatli favvoralar va ularni uchirish usullari
14.4.Muddatdan oldin suvlanishning sabablari suvlanishga qarshi kurash
14.5. Quduq tubi zonasida va nasos-kompressor quvuri devorlarida parafin va asfalten cho’kindilari bilan kurashish.


Tayanch iboralar:

Chukurlik nasosi, nasos shtangalari, Quvurtutgich, metchik, tebratma dastgox, shtutser, eр osti ta`mirlash, ishchi kolonna, xalokatli favvora, balansir, favvora moslamasi, kapital ta`mirlash.




14.1.Quduqlarni chukurlik nasosi yordamida ishlatishdagi halokatlar

O’zbekistonda neft qazib olinayotgan quduqlarning 80% chuqurlik nasosi yordamida ishlaydi va ular tebratma dastgox yordamida xarakatga keltiriladi. Neft qazib olishda chuqurlik nasosi yordamida ishlash eng asosiy usul xisoblanadi.


Chuqurlik-nasoslari yordamida ishlatiladigan quduqlarning katta qismi asoratlashgan sharoitda ishlatilmokda. Bulardan:
-qatlamdan quduqka, neft bilan katta miqdorda erkin gazning utishi;
-qatlamdan qum chiqishi;
-nasos va quvurlarda parafin to’planishi;
-quduq tanasi qiyshayishini ta`kidlash mumkin.

O’rnatilgan texnologik tizimga muvofiq quduq ishi normalligini buzilish sabablari quyidagilar:


1) Ishlatish quvurlari birikmasi va quduq tubi, er osti va er usti uskunalarining eskirishi va ishdan chiqishi.
2) Qum, parafin, tuz, yig’ilishi.
3) Maxsulotning vaqtidan oldin suvlanishi.
4) Ish sharoitining o’zgarishi (qatlam bosimining oshishi yoki pasayishi, gazning yorib utishi va boshqalar).
Bu odatda neft qazib olishni (siqib chiqaruvchi agent xaydashni) yoki tugatish va quduqni ishsiz to’xtab turishi orqali kuzatiladi.
Zamonaviy chuqurlik nasos qurilmasi yordamida 3000 m chuqurlikgacha neft olish mumkin va shuningdek quduqda suyuqlik debitini 200-300 m/kun dan bir necha tonnagacha oshirish mumkin. Chuqurlik nasosi qurilmasi (14.1.-rasm) chuqurlik nasosi (quduq ichida joylashgan) va tebratma dastgox (er ustida joylashgan) dan tashkil topgan. Nasos cilindri 1 quduqga tushirilgan nasos kompressor quvuri 4 uchiga ulanib tushirilgan, plunjer 2 shtanga 3 lar birikmasiga ulanib tushirilgan. Yuqorida joylashgan shtanga tebratma dastgox balansiri boshchasi 7 ga pulat arqon orqali biriktirilgan.
Nasos kompressor quvur birikmasi orqali suyuqlik yuqoriga ko’tariladi va u uchlik (troynik) 5 gacha keladi. Uchlikni yuqori qismida mustaxkamlovchi xalqa 6 joylashgan. Mustaxkamlovchi xalqaning vazifasi oqim ketmasligini (utechka) ta`minlash ya`ni u eng yuqorida joylashgan va undan pastda joylashgan tarmoq orqali suyuqlik chiqib ketadi.




Download 6.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling