O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi “ ” Instituti
Download 1.05 Mb.
|
Nafta
Meksika uchun NAFTAda ishtirok etish xorijiy investitsiyalar oqimining ortishi va savdoning erkinlashtirilishi natijasida iqtisodiy samaradorlikning oshishi, iqtisodiy rivojlanish sur’atlarining tezlashish omili bo‘ldi. Bu vaqtga kelib Meksika 70-80-yillarning boshlarida kuzatilgan neft bumining pasayishi oqibatida ushbu omil mamlakatning istiqboldagi iqtisodiy taraqqiyotini kafolatlab berolmasligini anglab yetdi.
Shuning uchun 80-yillarning o‘rtalaridayoq Meksika hukumati AQSh bilan iqtisodiy hamkorligiga nisbatan o‘zining salbiy munosabatini qayta ko‘rib chiqdi va keyinchalik Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan an’anaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha Meksika konservativ doiralarining talablariga qarshi tura oldi. Meksikaning Shimoliy Amerika integratsion uyushmasiga a’zo bo‘lishi quyidagilar bilan izohlanadi: mamlakat eksportining 80 foizga yaqinini o‘z ichiga oladigan Amerika bozoriga kirish kafolati, yangi ish o‘rinlari, Kanada timsolida yangi eksport bozorini ochish imkoniyati, shuningdek Shimoliy Amerika investitsiyalarining ko‘payishidan olinadigan iqtisodiy foydalar va iqtisodiyotni tubdan zamonaviylashtirishning qudratli asosini yaratish uchun ilg‘or texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari. Meksikada ishonchli investitsiya muhitini ta’minlash esa nafaqat Amerika va Kanada investitsiyalarining oqib kelishi, balki uchinchi mamlakatlardan kapitalning jalb etilishiga yordam berishi lozim edi. Bir vaqtning o‘zida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan mahalliy kompaniyalarga Meksika bozorining ochilishi natijasida integratsiya doirasida o‘z hamkorlari tomonidan bo‘ladigan raqobatga dosh berishlari birmuncha murakkab bo‘lib qoldi. Bu vaziyatda AQShda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari barcha turlarining 9/10 qismi Meksika bozoriga bemalol kira olishiga va bu esa meksikalik dehqonlarning xonavayron bo‘lishiga olib kelishi mumkin edi. Biroq Meksikaning Shimoliy Amerikadagi integratsion jarayonda ishtirok etishidan olinadigan real foydalar ehtimoliy yo‘qotishlardan ko‘proq bo‘ldi. Boz ustiga Meksika NAFTA yordamida o‘z iqtisodiyotini isloh qilish davrini 50-yildan 10-15-yilgacha sezilarli darajada qisqartirish va taraqqiyot darajasi bo‘yicha sanoati rivojlangan mamlakallarga yaqinlashish imkoniga ega bo‘ldi. 20 Bundan tashqari, Meksikaning NAFTAda ishtirok etishga manfaatdorligi faqat iqtisodiy sabablarga bog‘liq bo‘lmay, u atrof-muhitni muhofaza qilish, narkobiznes, chegaradagi nizolar, noqonuniy migratsiya muamnmolarini hal etish uchun integratsion hamkorlikning «yangi modeli»dan unumli foydalana oldi. Kanada uchun NAFTAni tuzish to‘g‘risidagi muzokaralarda ishtirok etish boshqa muqobillik mavjud bo‘lmagan sharoitda majburiy bo‘ldi. 21 Shimoliy Amerika kelishuvini Meksika, so‘ngra boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlariga qadar kengaytirish g‘oyasi Kanadani CUSFTA shartnomasi bo‘yicha Amerika bozoriga imtiyozli tarzda kira olishning bir tomonlama yengilliklaridan mahrum qilishi mumkin edi. AQSh va Meksika o‘rtasidagi ko‘zda tutilayotgan ikki tomonlama kelishuv AQShga Meksika va Kanadaga nisbatan investitsiyalar va savdo sohasida juda maqbul shart-sharoitlar yaratib, AQSh ikkata mamlakatlaning bozorlariga imtiyozli ravishda kira olishi na Meksika, na Kanada bir-birlarining bozorlariga erkin kira olishlari mumkin emas edi. Shuning uchun uch tomonlama kelishuvni imzolash Kanada uchun uni rad etishdan ko‘ra foydaliroq bo‘lib, NAFTA doirasida Kanadada Meksika bilan, kelajakda esa Lotin Amerikasiring boshqa mamlakatlari bilan birlashgan holda AQShga qarshilik yaratish imkoniyatini yaratgan bo‘lar edi. Shunday qilib, Kanada NAFTA Kelishuvini imzolashda quyidagilardan manfaatdor edi: Kanada-Amerika erkin savdo kelishuvidan olingan afzalliklarni saqlash imkoniyati; Amerika bozoriga kira olish imkoniyatining kengayishi; eng avvalo, AQSh bilan nizolarni hal etish mexanizmlarining takomillashtiri1ishi; Kanada tovarlari kamsitilishi oldini olish uchun subsidiyalar, dempinglardan foydalanmaslik maqsadida ularga oid bo‘lgan kelishuv qoidalarining takomillashtirilishi; bir tomondan, o ‘z tovarlarining raqobatbardoshligini oshirish, ularning tezkor rivojlanib borayotgan Meksika bozori va kelajakda Lotin Amerikasi mamlakatlarining bozorlariga erkin kirishini ta’minlash, va boshqa tomondan Kanada bozorining Lotin Amerikasi uchun ochiqligini ta’minlash. Kanada banklari ayniqsa oxirgi masaladan manfaatdor edilar, chunki Kanada bozorining Lotin Amerikasi tovarlari uchun ochiqligi ularga qarzdorlik muammosini yengillashtirilishiga yordam berishi mumkin edi. Oqibatda iqtisodiy birlashish zaruriyati Kanada, Meksika va AQShning mintaqadagi iqtisodiy integratsiya jarayonida faol ishtirok etishlarini ta’minladi. 22 Вunda mamlakatlar ongli ravishda an’anaviy tarzda tushuniladigan iqtisodiy mustaqillikdan voz kechib, uning o‘rniga mintaqaviy iqtisodiy integratsiya bilan bog‘liq samarali iqtisodiy rivojlanish yo‘liga o‘tishdi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling