O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Qazib olish tizimi va texnologiyasi


Download 269.03 Kb.
bet5/12
Sana18.06.2023
Hajmi269.03 Kb.
#1568482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sevara ilmiy ish111

1.2.Qazib olish tizimi va texnologiyasi
Qalmoqir karyerida loyiha boʻyicha transportli qazish tizimi qabul qilingan boʻlib, qazib olingan qoplama jinslar transport vositasida tashqi otvalga tashiladi. Karyer ish fronti surilishi parallel, doimiy spiral syezdlarda esa, yelpigʻichsimon. Bunda pogʻona yoʻllari syezd transheyalarida transport vositasi burilishi uchun burilish punktlari hosil qilingan.
Qalmoqir karyer maydonining sharqiy qismida kengayishi tufayli noksimon shaklga egadir. +680 m balandlik belgisidan yuqoridagi gorizontlar G simon shaklga ega boʻlib, kavjoylarining surilishi parallel, +680 m dan pastdagi gorizontlar P simon shaklga ega.
Hozirgi vaqtda karyerda 27 ta pogʻona hosil qilingan boʻlib, ulardan 16-17 tasida doimo qazish ishlari olib boriladi. Ishchi pogʻonalarning balandligi 15-22,5 m ni tashkil qiladi. Pogʻona ishchi maydoni minimal kengligi 40-60 m. Ekskavator ish frontining uzunligi: yuqori gorizontlarda 800-1000 m, pastki gorizontlarda esa 600-800 m. Karyer yer yuzasidan +670 m balandlik belgisigacha joylashgan pogʻonalar balandligi 22,5 m, bulardan pastdagi pogʻonalar balandligi esa - 15 m ni tashkil qiladi. Pogʻonalar balandligi qoʻllaniladigan qazib yuklash mashinalari ishchi parametrlari boʻyicha aniqlangan.
Xozirgi vaqtda karyerning yillik chuqurlanish tezligi 5-6 m ni, ish frontining surilish tezligi esa 9
0-100 m ni tashkil qilmoqda. Temir yoʻl transporti bilan yuklarni tashishning oʻrtacha masofasi: ruda boʻyicha 10 km, qoplama jins boʻyicha 8 km.
Qazib olinadigan kon massasidagi har bir kategoriyaga tegishli kon jinslari va foydali qazilmalarning ulushi quyidagicha:
I – kategoriya – 10%;
II – kategorya – 45%;
III – kategoriya – 45%.
Soʻngi yillarda “Qalmoqir” karyerida unumdorligi yuqori va ishchi parametrlari katta boʻlgan EKG-12,5, EKG-15, EKG-20 rusumli ekskavatorlarning qoʻllanishi natijasida qoplama jins pogʻonlarining balandligi 15 m dan 22,5 m gacha, ekskavator kirmalarining eni 18-20 m dan 28-30 m gacha koʻpaygan. Natijada karyerdagi pogʻonalar soni kamayib, transport kommunikatsiyalarining uzunligi 12,5 km ga qisqargan.
Biroq, 1980-2005-yillar davomida bajarilgan-qazib yuklash ishlarining tahlili shuni koʻrsatadiki, bu davr ichida qazib-yuklash ishlarida yuqori unumdorlikka ega boʻlgan ekskavatorlardan foydalanilgan boʻlsada, 1 m3 ekskavator choʻmichiga toʻgʻri keladigan unumdorlik kamayish ananasiga ega boʻlgan
(1-jadval).


Yillar

1m3cho’michhajmigato’g’rikeladiganunimdorlik, t/m3

Yillar

1m3cho’michhajmigato’g’rikeladiganunimdorlik, t/m3


Download 269.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling