O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Qalmoqir kareri shimoliy bortida olib borilayotgan marksheyderlik kuzatuv ishlarining samaradorligi
Download 269.03 Kb.
|
Sevara ilmiy ish111
2.2. Qalmoqir kareri shimoliy bortida olib borilayotgan marksheyderlik kuzatuv ishlarining samaradorligi.
Qalmoqir konidan koʻp yillik foydalanish (1954-yildan buyon) davrida bir qator sabablarga koʻra, Shimoliy bortda kengligi jihatidan konchilik ishlarini olib borishga imkon beruvchi ishchi maydonchalar deyarli mavjud emas. Karyerning Shimoliy bortida koʻchki hodisalari yuzaga kelishi munosabati bilan kombinatning marksheyderlik xizmati tamonidan togʻ jinslarning siljishini instrumental kuzatishlar oʻtkazildi. Ularning tavsiyasiga asosan Shimoliy bortning yuqori qismida razgruzka amalga oshirildi va 1996-yildan 2003-yilgacha 6,5 mln. m3 yaqin togʻ jinslar olib tashlandi. Bu bortning togʻ jinslari massivining keskin holati va deformatsiyalanishini kamaytirdi. Lekin, togʻ jinslarning deformasyailanishi davom etmoqda, xolbuki, bortning mustahkamligiga uning oʻzining shakli salbiy taʼsir etishi toʻgʻrisidagi fikr qay darajadadir tasdiqlanmoqda Bu uchastkada karyerning ichki qismi tamonga boʻrtib chiqqan qismida, chamachis, massiv tabiiy boʻshash jarayonida turibdi. Va bu jarayon bort keskin toʻplam shakliga ega boʻlgunga qadar davom etishi mumkin. Shu munosabat bilan, 2014-yilning oktyabr oyida karyer Shimoliy bortining mustahkamligini taʼminlash yuzasidan ochish usuli bilan togʻ jinslardan boʻshatish ishlari boshlandi, karyer boʻylab ichki joylashma 4-izli temr yoʻl transheyasi oʻtgan boʻlib – bu boyitish fabrikasiga maʼdanni olib chiqishning yagona ylidir. Qalmoqir karyeri Shimoliy borti koʻproq siyenit-diorit va dioritli tarkibli jinslari, granodirit –porfirlarning tomirsimon jinslari va diorit porfirit daykalaridan tuzilgan. Togʻ jinslar jadal ikkilamchi oʻzgarishlarga tortilgan. Siyenit-dioritlar uchun kvars-seritsit-biotit-xloritli metasomatitlar hosil boʻlishiga , hamda albitizirlangan va karbonatlangan togʻ jinslarning rivojlanishiga olib keladigan oʻzgarishlar xususiyatlidir. Kesimning yuqori qismini 15-20 m qalinlikdagi gʻovakli, yumshoq hosilalar joylashgan. Siyenit-dioritlar gidrotermal jarayonlarda hoisl boʻlgan, bir maromda sochilgan donador massiv togʻ jinslardan tashkil topgan: aniqsa, seritazatsiya, xloritizatsiya va kvarslanishning rivojlanishi oʻziga xos xususiyatga ega. Koʻrib chiqilayotgan uchastka chegaralarida dritlar bevosita janubga Qalmoqirning yorilgan joyi orqasida qayd etilagn va mayda – va oʻrtadonador togʻ jinslardan iborat boʻlib, ularning plagioklazi, odatda, sersitit-karbonat, kamdan kam hollarda albit va kalishpat bilan aralashgan, amfibolalar va piroksenlar esa aktinolit, ikkilamchi maydatangachalik biotitli xlorit .bilan aralashgan. Granodiorit –porfirlar Qalmoqir va Shimoliy yoriqlari boʻylab katta togʻ jinslar koʻrinishida uchraydi. Bu - kalishpatning fenokristallari va maydadonachali asosiy massali och-pushti porfirli togʻ jinslardir. Asosiy massa zich va togʻ jins xajmining 45-55 foizini tashkil etadi. Granodiorit –porfirlar siyenit-dioritlarga nisbatan kam oʻzgargan, ammo, ular uchun ham seritizatsiya va kvarslanish xususiyatlidir. Dayka seriyali togʻ jinslar karyerning Shimoliy borti rayonlarida tik togʻ janubiy-sharqiy ogʻish (65◦)da 8-10 m qalinlikkacha shimoliy-sharqiy yoʻnalishda yoyilib ketgan. dioritli porfiritlarning birlamchi daykalaridan tashkil topgan. Karyerning tasvirlanayotgan shimoliy bort uchastkaning tuzilishini ikkita yirik sub kenglikka ega boʻlgan Qorabuloq va Qalmoqir yoriqlari va bitta shimoliy-sharqiy Togʻap yorigʻi belgilaydi. Natijada bort bir qator tektonik bloklarga boʻlingan. Qorabuloq yorigʻi konning maʼdanli shtokverkini shimoldan chegaralaydi va ulkan qalinlikdagi (50-60 m) maydalash zonasidan iborat boʻlib, u kuchli oʻzgargan, kvars-seritsitli togʻ jinslar bilan valsizlantirilgan, ularning ichida tektonik yuza-choklar bilan cheklangan, loysimon materila chiziqlari ajralib turadi. Bunday chiziqlarning qalinligi 1 dan 14 m gacha tebranib turadi. Qorabuloq yorigʻining ogʻishi tik, shimolga 75-80◦ burchak ostida. Qalmoqir yorigʻi janubga 65-75◦ burchak ostida ogʻishga ega va slansizlangan, seritsitlangan va xloritlangan togʻ jinslar zonalarining uncha katta boʻlmagan qalinlikka egaligi (15-20 m). va ularning yanada jadal maydalanishi bilan tavsiflanadi. Yoriqning osilib turgan qanotida yuqori yoriqsimonlik va 70-80 m qalinlikdagi togʻ jinslarning maydalanishi zonsi qayd etilgan. Qalmoqir va Qorabuloq yriqlari oʻrtasida konni ishlash jarayonida yana bir qator mayda tektonik buzilishlar, bir biridan 50-10 m masofada joylashgan ham janubga, ham shimolga (shimoliy yoriqlar 1,2,3) tik tushish (ogʻish)lar qayd etilgan. Bu yoriqlarning maydalanish zonasi qalinligi 15-17 m dan ortadi. Qalmoqir yorigʻidan janubga koʻpsonli mayda yoriqlar ajralib turadi va asosan subkenglikdagi va Shimoliy-sharqiy yoʻnalishda yoyilib ketgan maydalanish zonasi –Togʻap yorigʻi ajralib turadi. Koʻrinishicha, mayda maʼdanli va maʼdansiz yektonik yoriqla va koʻpsonli madalanish va yoriqsimon zonalar Qorabuloq, Qalmoqir boʻylab tektonik siljishlar natijasida va yangilangan va boshqa yoriqlarga faqat maʼdangacha va maʼdan hosil boʻlish jarayonida yangilangan. Bundan tashqari, tasvirlanayotgan uchastkada sanab oʻtilgan yoriqlarga tiralib turuvchi yanada mayda yoriladigan buzilishlar soni kattaligi alohida taʼkidlanadi. Janubiy-gʻarbga va janubiy-sharq tomonga tik ogʻish burchakli (70-80◦) Shimoliy-sharqiy va Shimoliy- gʻarbiy yoʻnalishda yoyilib ketgan yoriqlar ustunlik qiladi. Tektonik yoriqlardan tashqari, yoriqlarning hosil boʻlishi karyer borti boʻylab ham aniqlanadi, va ularning karyerning dinamik vaziyati, xususan, seysmik kuchlanishlar bilan bogʻliqligi ehtimoldan holi emas. Portlatish toʻlqini taʼsiri ostida massivning keskin holati oʻzgaradi, bu yanada kuchsiz yuza boʻyicha ishqalanish kuchini kamaytiradi va uncha katta boʻlmagan zahiradagi mustahkamlikda bortning toʻsatdan qulashiga olib keladi. Aralashtiruvchi intruziv togʻ jinslar massivda zichlik sezilarsiz darajada oʻzgaradai 2,54 dan 2,66 g/sm3 gacha oʻzgarradi. Sulfidli maʼdanlar uchun u 2,60 g/sm3 tashkil etadi, aralash maʼdanlar uchun esa 2,55g/sm3 va kislorodlangan maʼdanlar uchun – 2,50 g/sm3 tashkil eatdi. Siiqsh vaqtida mustahkamlik chegarasi siyenit-dioritlar uchun 111,5 MPdan 49 MPagacha, kvarsli porfirlar uchun suvga toʻyingan holatda u oʻrtacha 25 %ga kamayadi. Keltirilgan jadvaldan koʻrinib turibdiki, mustahkamlikni belgilovchi katta diapazon koʻrsatkichlari togʻ jinslarning turli yoriqsimonliklari va yoriqlarni toʻldiruvchilarining tarkiblariga bogʻliq.
Chuqurligi boʻyicha mustahkamlik xususiyatlarining oʻzgarishi qonuniyati oʻrnatilmagan. Lekin, shubhasiz, togʻ jinslar massivlarining tarkibiy xususiyatlariga bogʻliqligi koʻrib chiqiladi. Togʻ jinslarning mustahkamligi tektonik buzilishlar zonasida keskin tushib ketadi (7-8-marta) va kuchli yoriqsimon togʻ jinslarda 4-5-marta. Namlanish vaqtida mustahkamlikni yoʻqotish 6-7-marta. Konning toshloq togʻ jinslari mustahkamligi boʻyicha oʻrta va qattiq togʻ jinslarga boʻlingan, ularning mustahkamligi 29,8-153,5 MPa chegarasida oʻzgaradi. Kvarsli porfirlar va dioritlar yanada mustahkam hisoblanadi, ularning mustahkamligi gʻarbiy bortda 124-154,0 MPa ga yetadi. Granodiorit-porfirlar oʻrtacha 49,7-106,5 MPa mustaxkamlikka ega. Konda, ayniqsa, shimoliy-sharqiy bortda siyenit- dioritlar birmuncha kuchsiz ekanligi aniqlandi. Siyenit-dioritlarning mustahkamligi 35-66 MPa chegarrasida tebranib turadi. Yoriqlar zonalarida va tektonik buzilishlar zonalarida ularning mustahkamligi sezilarli darajada 6,56-33 MPagacha kamayadi. Namlikning ortishi ichki ishqalanish burchagining ham, oʻzaro tortishishning ham kamayishiga olib kelishi aniqlangan. Bu bilan yogʻingarchilik jadal yogʻishi davrida massivlar aralashuvi tezligi kattalashishini tushuntiriladi. Qalmoqir konining gidrogeologik sharoitlari ishlash uchun juda ham qulaydir. Lekin, karyer dalasi maydonining Shimoliy bort tomonga kengayishi bilan, ishlash chuqurligi va karyer konfiguratsiyasi, bortga nisbatan buzilishga oid buzilishlarning joylashuvi oʻzgaradi. Shu munosabat bilan, Shimoliy bortni ishlash vaqtida muhandislik- geologik jarayonlarning yanada koʻproq jadal rivojlanishi bundan mustasno emas. Allyuvial qatlamlarning nam saqlaydigan gorizontlari Olmaliqsoy va Nakpaysoy vodiylariga va ularning irmoqlariga toʻgʻri kelgan. Qum-tosh toʻldiruvchilarda turli tarkibli harsangtoshlar boʻlgan toshqotishmalar suv aralashmali togʻ jinslar hisoblanadi. Qatlamlar qalinligi 18-25 m. Konturlarni kengaytirish munosabati bilan bortlarni kengaytirishda allyuvial qatlamlar ochish ishlari yordamida olib tashlangan. Olmaliqsoy daryosi karyer uchastkasida kanal yoʻnaltirilgan, Nakpaysoy oʻzanlari esa oʻrta va quyi oqimda qalinligi 100 mgacha boʻlgan otvallar toʻkilgan. Daryolarning yuqori oqimida sokol toʻgʻoni inshootlari debitni qisqartiradi Download 269.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling