O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Download 269.03 Kb.
bet6/12
Sana18.06.2023
Hajmi269.03 Kb.
#1568482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sevara ilmiy ish111

1

2

3

4

1980

160,9

1997

76,8

1983

128,9

1998

73,3

1985

140,8

1999

88,7

1987

142,0

2000

78,6

1989

142,2

2001

86,9

1991

98,6

2002

76,8

1993

110,5

2003

85,5

1995

83,6

2004

92,5

1996

94,8

2005

96.6

Bizning fikrimizcha bunday holatning asosiy sababi, choʻmich hajmi katta boʻlgan ekskavatorlarni qoʻllanishiga qaramay ekskavator birligiga toʻgʻri keladigan unumdorlikning avvalgi darajasida qolganligidir. Chunki “Qalmoqir” karyeri sharoitida ekskavator unumdorligiga qator omillar taʼsir etadi, ulardan asosiylari:
- foydali qazilma pogʻonalarida rudani navlar boʻyicha saralab qazib olib, transport vositalariga yuklash;
- foydali qazilmani karyer chuqur gorizontlarida joylashganligi tufayli qazib olingan rudani yuqori gorizontda (kapital transheyada) joylashgan qayta yuklash punktigacha tashib chiqish;
- avtomobil va temir yoʻl transporti sostavlarining turli sabablarga koʻra oʻz vaqtida yuklash punktlariga (ekskavator kavjoylariga) yetkazib berilmasligi.
Karyerdagi qazib-yuklash ishlarining samaradorligini oshirish va yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish koʻp jixatdan karyerda siklli potok va potok texnologiyalarini qoʻllashni taqazo etadi.
Xozirgi vaqtda “Qalmoqir” karyerida qazib olingan qoplama jins va rudalarni qabul qilish punktlariga yetkazib berishda temir yoʻl va avtomobil transporti qoʻllanadi. Qoplama jins va rudalarni tashish elektrlashtirilgan temir yoʻl transporti yordamida amalga oshiriladi. Ilashish ogʻirligi (ssepnoy ves) 360 t boʻlgan PE-2m rusumli elektrovozlarning har biriga yuk koʻtarish qobiliyati 105 t VS-105 rusumli dumkarlardan 12 tasi tirkalgan lokomotiv sostavlar qoplama jinslarni otvallarga, rudalarni esa boyitish fabrikasiga tashib beradi. Lokamativ sostavlar karyerda ochiq siklda, yaʼni muayyan ekskavatorga bogʻlanmagan xolda ishlaydi. Har bir ishchi gorizontga alohida temir yoʻl joylashtirilgan boʻlib, u gorizontdan faqat bitta chiqish yoʻliga ega. Karyer temir yoʻl transportining umumiy uzunligi 60 km ga yaqin boʻlib, undan 45 km karyer ichida, 15 km esa otvallarda joylashgan. Temir yoʻl bilan yuk tashishning oʻrtacha uzunligi: ruda boʻyicha – 12,7 km, qoplama jins boʻyicha – 7,2 km.
Qoplama jinslar ikki gurux atvalga joylashtiriladi: Nakpay va Olmaliq atval guruhlariga. Nakpay atvali karyerdan 8 km, Olmaliq atvali esa, 6-10 km masofada joylashgan. Karyer bilan boyitish fabrikasi oʻrtasidagi masofa esa 8,6 km ni tashkil qiladi.
Yuqori gorizotlardan (+782 m va undan baland) qazib olingan qoplama jinslar qayta yuklash uzellariga avtomobil transporti yordamida tashiladi. Karyerda har bir smenada 8-10 ta yuk koʻtarish qobiliyati 91 t boʻlgan “TEREXS” rusumli va yuk koʻtarish qobiliyati 130 t “BelAZ” 75313 rusumli avtomobillar ishlaydi. Avtomobil atvaligacha boʻlgan oʻrtacha tashish masofasi 1,6 km, qayta yuklash uzeligacha boʻlgan oʻrtacha tashish masofasi esa, 3,3 km ni tashkil qiladi.
2007-2012-yillarda karyerning oʻrtacha yillik yuk aylanmasi 30-35 mln.m3 ni tashkil qilgan, undan 20-26 mln.m3 rudaga, 10-12 mln.m3 qoplama jinslarga toʻgʻri keladi.
Nakpay atvallar guruhi karyer shimoliy-sharqiy bortidan 8 km masofada joylashgan boʻlib, toʻrtta atval tupikidan tashkil topgan. Uchta atval tupiki +740 m balandlik belgisiga, toʻrtinchisi esa undan 30 m balandga - +770 m balandlik belgisiga joylashgan. Nakpay atvallarining yillik yuk qabul qilish imkoniyati 3400-3500 ming m3 ga teng boʻlib, unda har bir temir yoʻl tupigida bitta EKG-8I, jami 4 ta ekskavator ishlaydi.
Olmaliq atvallar guruhi karyer gʻarbiy bortidan 10 km masofada joylashgan. Bu guruhda ham 4 ta temir yoʻl tupigi faoliyat koʻrsatadi. Har bir tupikda bittadan, jami 4 ta EKG-8I ekskavatori ishlaydi. Uchta otval tupigi +655, toʻrinchisi esa +710 m balandlik belgisiga joylashgan.

QALMOQIR KARERI SHIMOLIY BORTI USTUVORLIGINI INNOVATSION MARKSHEYDERLIK KUZATUV ISHLARI ASOSIDA PROGNOZ QILISH


2.1. Karer shimoliy borti ustuvorligini oshirish ishlari texnikasi va texnologiyasining tahlili
Ochiq usulda konlarni qazish, kon bortlarining ustuvorligini tabiiy kuzatish va ekvivalent materialli modellarda kuchli deformatsiya holatini oʻrganish amaliyoti, bort oldi massivi zaiflashgan yuzalar boʻylab yoki jinslarning potensial siljishi yuzasi boʻylab siljish deformatsiyasini bardosh berayotganidan dalolat beradi.Kon bortlaridagi katta masshtabli koʻchishni uzoq vaqt umumqabul qilingan klassifikatsiyaga koʻra koʻchki yoki agʻdarilish deb hisoblangan. Koʻp hollarda koʻchish gilsimon ishqalanish bilan toʻlgan, urinma kuchlanish taʼsirida zaif gilsimon jinslar yoki gilsimon tarkibga ega yoki tektonik buzulgan hollarda roʻy beradi. Koʻchish uzoq muddatli jarayon va sirgʻalish yuzasining yotiq burchagi bilan tavsiflanadi. Agʻdarilish bortning yuqori qismidagi choʻziluvchi kuchlanish boʻlganda sirgʻalishning tik yuzasini qattiq qoya va yarim qoya togʻ jinslarda roʻy beradi. Massivning buzulishi moʻrt.Qiyalik deformatsiyasi toʻgʻrisidagi berilgan tasavvur konlarda va koʻmir konlarida ochiq togʻ ishlarini amalga oshirishda asosan koʻp yillik tajriba bilan tasdiqlanadi. Ammo tajriba shuni kursatadiki,bort deformatsiyasi kurinishlari zaif jinslarni nisbatan joylanishi va yotik kiyalik burchagi,shunday ekan va yotik sirjalish yuzasiga boglik. Bortlarni bunday deformatsiyasi jinslarni jadal koʻchish bilan roʻy beradi, lekin koʻchish jarayoni xos sekin siljishda ilgaridan yuz beradi. Shunday qilib qiyalik deformatsiyasi avval beqaror massiv koʻchishi koʻrinishida boʻladi, buzilish bilan tugallanadi.1990-yili Melovoye konida ishlamaydigan bortda shunga oʻxshash koʻchki-buzilish sodir boʻldi. Buzilish paytida bort balandligi -110m, qiyalik burchagi-22°, uzunligi-950m bulgan. Deformatsiyalangan jinslar hajmi 25 mln.m3 tashkil etgan. Tavsiya boʻyicha bort balandligi 110 m, qiyalik burchagi 24° yetarli barqarorlik zaxirasiga ega boʻlishi kerak. Ammo bu taxmin amalda tasdiqlanmadi.

3-rasm. Kon bortining buzilishidan oldin (1) va keying (2) ko’ndalangkesimi
3 —yuzalik; 4 — bortning qatlamli asosi

Bortlar asosida zaif qatlamlar mavjudligida, ularning deformatsiya boʻlish sxemasi. 1 — bosim ponasi, 2 — tayanch prizmasi. N90 — prigruzka balandligi, S — jismlarning ulanishi, φ — ichki ishqalanish burchagi; γ — jismlarning hajm ogʻirligi.
Tahlil koʻrsatganidek, bortning buzulish mexanizmi katta nagruzkalarda suvga toʻyingan gillar xususiyati yetarlicha boʻlmagan sharoitda boʻlgan. Massiv va choʻkayotgan ponaning bogʻlanishi buzulishi hisobiga plastik deformatsiyaga duch kelmagan jinslar - tayanch prizmasining bosimi ortib ketadi. Natijada, gravitatsion pona uchining atrofidagi jinslar buzulishi boshlanadi, va bu ishqalanish koeffitsiyentini keskin tushib ketishiga olib keladi, natijada xarakatsizlikning potensial energiyasi tayanch prizma xarakatining kinetik energiyasiga oʻtadi. Oxirgisi katta tezlik bilan zaiflashgan gil qatlami boʻyicha yoki ishqalanishning past koeffitsiyenti bilan siljiydi. Konlarda quyidagi buzulayotgan deformatsiyalar turi joy olgan boʻlishi mumkin: toʻkilmalar, qulashlar, oʻpirilishlar, prosadkalar, yuvilish va filtratsion deformatsiyalar.
Deformatsiya yuzasi (toʻkilmalar, yuvilishlar, xovuraklar, yuzaki eroziyalar) koʻz bilan koʻrib tekshirish va soddalashgan kuzatishlar bilan belgilanadi.Chuqurlikdagi deformatsiyalar (oʻpirilishlar, buzulishlar) massivning bort oldi chuqurliklarida vujudga keladi va yer yuzasi yoki qiyalik yuzasiga birdan paydo boʻlmaydi. Shuning uchun chuqurlikdagi buziladigan deformatsiyalarning vujudga kelishi ularning rivojlanishining boshlanishida, massivlarning bort oldi ichida joylashgan kuzatuv stansiyalarida marksheyderlik kuzatuvlari bilan amalga oshirilishi mumkin. Moʻrt buzulish turidagi bortlarning deformatsiya boʻlishi Krivboss kon chuqurligidagi (500 m ga yaqin) bortlarning buzulish misolida koʻrsatilishi mumkin, 35—400 atrofida boʻlgan tabiiy qoya jinslarining qiyalik buzulishi burchagi tuzilgan bortlar qiyaliklari burchagining loyihali qiymati burchagiga yaqin boʻladi.
Ishda oʻtzkazilgan eksprimental tadqiqot , shuni koʻrsatadiki, oxirgi qator teshiklarida oʻyiq joylardagi portlashlar taʼsiri ostida sirgʻalish yuzasi vujudga keladi, va bunda jinslar yuqoriga siljiydi va seryoriqliklar paydo boʻladi. Siljish natijasida 5 – 10 m uzoqlikdagi koʻtarilgan jinslar oxirgi qator teshiklari 0,5 m ga yaqinga yetadi, siljish chegarasi esa oxirgi qator teshiklaridan 25-30 m ga uzoqlashadi. Shuning uchun, oʻyiq joy buzulishi (agʻdarilishi) shu blokning otboykasi vaqtida ruy beradigan siljish yuzasi boʻylab amalga oshadi. Agʻdarmalar va agʻdarma-oʻpirilishlarni buziluvchi deformatsiyalarining barcha turlaridan konlarda togʻ ishini olib borishga katta taʼsir koʻrsatiladi, ayrim hollarda esa xalokatli xarakterli boʻladi va kon ishlarini butunlay toʻxtatilishiga olib keladi. Shuning uchun, marksheyderlik asbobli kuzatuvida birinchi oʻrinda agʻdarmalarning xosil boʻlish jarayonini topish va vaqtida paydo boʻlish xarakterini oʻrganish maqsadida olib borilishi zarur.

4-rasm. Koʻchishlarni yuzaga kelish xarakteri, a, b, v — koʻchishni rivojlanishining oʻzaro yashirin, barqaror va soʻnish bosqichlari, 1 — uning vujudga kelish vaqtida qiyalik konturi, 2 — mahalliy siljish hududi, 3 va 4 — sudralishning boshlanishigacha va boshlanishida qiyalik konturi, 5 — sidraluvchi koʻchish hududi, 6 — koʻchishda oʻpirilish darajasidagi qiyalik konturi, 7 — sirgʻalish yuzasi.
Qoʻchishlarning vujudga kelish jarayoni koʻchishning rivojlanish bosqichidan (KRB) tarkib topgan. Yashirin KRB – qoʻz bilan koʻrib tekshirganda kuzatilmagan belgilar bilan rivojlanish bosqichi. Bu bosqichda nisbiy gorizontal deformatsiya 1-2 mm\m dan oshmaydi.Boshlangʻich KRB — togʻ jinslarining (yoriqlarning paydo boʻlishi va boshqa buzulishlar) buzulish belgilarinikoʻz bilan koʻrib kuzatish bilan tavsiflanadigan va sirgʻalish yuzasini paydo boʻlishni boshlanishi va koʻtarilishlar yoriqlarining konturlanish davri. Kon bortlarining siljishi 5 sm dan bir necha metrgacha oʻzgarib turadi.
Muvozanatli KRB. Siljishga qarshi tashqi va ichki kuchning va koʻchishning yuqori boʻlmagan doimiy siljish tezligiga nisbatan tengligini tavsiflaydi.
Faol KRB – tayanch prizmasining buzulishi va koʻchish tezligini toʻxtosiz oʻsib borishi bilan koʻchishning siljish davri.
Soʻnuvchi KRB — sekinlashuvchi tezlikdan buutunlay toʻxtab qolishigacha boʻlgan koʻchishning siljish davri.
Qiyalik (otkos) )mustahkamliligini boshqarish usullari.
Konlarni ochiq usulda ishlash texnologiyasini takomillashtirish karyerlar chuqurligini 500-700 mgacha kattalashtirish imkonini beradi. Bunday karyerlar uchun bortlarning uzoq vaqt davomidagi mustahkamligi masalasi chegaraviy konturda togʻ-kon ishlarini havfsiz va iqtisodiy samarali olib borishni taʼminlash nuqtai nazaridan katta ahamiyat kasb etadi.
Ochish ishlari minimal hajmlarini taʼminlovchi kryerlar bortlari qiyaligining maksimal darajadagi keskin burchaklariga qoʻllaniladigan togʻ-kon transport uskunalarini hisobga olgan holda konstruksiyalash yoʻli bilan erishiladi. Lekin, karyerlar geometrik parametrlarini aniqlash uchun konstruktorlik nuqtai nazardan yondashish, qoidaga koʻra, togʻ jinslari massivlarining muhandislik- texnologik sharoitlari bilan cheklanadi.
Agar karyerning konstruktorlik parametrlari alohida oʻyiq joylar va bortlar mustahkamligi shart-sharoitlari bilan taʼminlanmasa, unda boshqarishning maxsus texnologik va muhandislik usullarini qoʻllagan holda qiyaliklarning burchagini kamaytirish yoki massiv holatini yoʻnaltirilgan tarzda oʻzgartirish zarur.
Qiyaliklar (otkos)larning burchaklarini kamaytirish ochiq usulda ishlash texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini pasaytirishga olib keladi. Masalan, chuqurligi 400 m boʻlgan karyer borti qiyalik burchagini 55 dan 45◦ gacha kamaytirish bilan ochish xajmini bort uzunligining bir kilometriga 40 mln. m3 ga koʻpaytirishga olib keladi.
(5-rasm)
5-rasm. Ochish xajmining karyer chuqurligi va bort qiyalik burchagiga bogʻliqligi ( E.L. Galustyan boʻyicha)

Qiyalik (otkoslar) holatini boshqarishning texnologik usullarining maqsadi – ochishning shunday usullarini qidirishdan iboratki, bunda ochish tizimlari, qoʻllaniladigan togʻ-kon transport uskunalari turlari burgʻilab-portlatish ishlarini yuritish va karyer maydonini quritish, oʻyiq joy va bortlar mustahkamligini buzish holatlariga yoʻl qoʻyilmaydi.


Ishchi va ishchi boʻlmagan bort va oʻyiq joylar holatini boshqarishning texnologik usullari majmui (kompleksi) ni qoʻllash konni ishlash togʻ-kon –texnik va muhandislik- geologik sharoilari va otval hosil qilish usuliga bogʻliqdir.
Otkos (qiyaliklar) holatini boshqarishning asosiy texnologik usullariga quyidagilar kiradi: konchilik ishlarini manevrlash (ishlashning navbat tartibiga rioya qilish), karyer maydonini ratsional ochish va rejalashtirish, oʻyiq joylar va bortlar parametrlarini oʻzgartirish, togʻ-kon ishlari frontini siljitish yoʻnalishi va tezligini oʻzgartirish, maxsus otkos orti oʻyiq joylarini oʻzgartirish.
Qiyalik (otkos)lar holatini boshqarishning muhandislik usullarining maqsadi - oʻyiq joylar va bortlarning loyihaviy parametrlarini ularni mexanikaviy mustahkamlash, massivda togʻ jinslarining tabiiy mustahkamligi saqlash va oshirish yoʻli bilan saqlab qolishdan iborat.
Deformatsiyalanuvchi otkoslar mexanikaviy usullar bilan mustahkamlash mohiyati - togʻ jinslarining muayyan qismida shunday shiddatli holatni hosil qilish kerakki, ushbu holat unda deformatsiyalar yemiruvchi siljishlarining rivojlanishiga toʻsqinlik qilishi lozim. Koʻchki hodisalariga qarshi mustahkamlovchi konstruksiyalar va inshootlar, qulash prizmasi bosimini oʻzlashtirgan holda, uni siljish yuzasi shakllanishi zonasidan tashqarida boʻlgan massiv sohasiga uzatadi. Qiyaliklarni mexanikaviy mustahkamlash svay, shpon, shtang (ankerlar) va mustahkam trosli qayish, himoya ( izolyatsiyalovchi) qoplama va devorlar, tirgovuch devorlar yordamida amalga oshiriladi. Agar siljuvchi deformatsiyalar shakllanish zonasi ortida togʻ jinslari massivning yetarlicha mustahkam qismi joylashgan boʻlsa ushbu konstruksiya va inshootlarning ishonchli ishlashiga erishiladi.
Togʻ jisnlarini massivini mustahkamlash - bu sunʼiy ravishda mustahkamlash, togʻ jinslarining fizikaviy - mexanikaviy filtratsion xususiyatlarini yaxshilashdir. Karer uchastkasining muhandislik- geologik sharoitlariga qarab, yoriqsimon togʻ jinslaridagi strukturali bogʻlanishlar buzilishini tiklash uchun yoki uvadalanadigan qatlamlarda yangi qoʻshimcha bogʻlanishlarni hosil qilish uchun quyidagi mustahkamlash usullari qoʻllaniladi: sementatsiya (togʻ jinslarining biror mineral modda yordamida jipslashuvi), massivga boshqa mustahkamlovchi eritmalarni silikatizatsiyalash va miqdorini oshirish, elektrosilikatizatsiyalash, elektrkimyoviy va termik ishlov berish, portlash energiyasi bilan jinslrani zichlashtirish. Oʻyiq joylraning mustahkamligini sunʼiy ravishda saqlab turishning maqsadga muvofiqligi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan belgilanadi, ularning asosiy koʻrsatkichlari – ochish xajmi, uning qiymati va koʻchki hodisalariga qarshi chora-tadbirlar sarf-xarajatlar qiymatini qisqartirishni tashkil etadi. Qiyalik (otkos) larni sunʼiy ravishda mustahkamlash xarajatlarini bortni qoʻshimcha tarqatish xarajatlariga solishtirish yoʻli bilan otkoslarni himoyalash chora-tadbirlarining maqsadga muvofiqligini belgilaydi. Masalan, bortning 300 m sochilish balandligi yuqoridan boʻlgan butun yuzasi himoyalash bilan bogʻliq xarajatlar, uni qoʻshimcha tarzda tarqatish xarajatlaridan bir necha marta kam boʻladi.
Kon massivini mustahkamlashning muhandislik usullari quyidagi hollarda qoʻllaniladi: agar togʻ jinslari massividagi yirik tektonik buzilishlar, yoriqlar, qatlamliligi choʻzilishi oʻyiq joylar qiyaliklari choʻzilishi yoʻnalishi bilan 45◦ dan kichik burchak ostida kesishsa; jadal yoriqsimonlik mavjud zonalar, togʻ jinslari shamol taʼsirida yemirilishiga moyil boʻlgan zonalar, katta amplitudali tektonik yorilishlar va buzilishlar qatlamlar aralashib ketishi zonalarda; 20-30◦ burchak ostida qazib olingan boʻshliq tomoniga tushuvchi togʻ jinslari massivining noqulay yoʻnaltirilgan qatlamli zonalarida; chuqur gorizontlarda ishlarni olib borganda bort burchagini kamaytrishni amalga oshirish imkoni boʻlmagan hollarda.
Karer qiyaliklari va oʻyiq joylarini mustahkamlash boʻyicha loyiha tarkibi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: geologiya-qidirish va muhandislik – tekshirish ishlari boʻicha boshlangʻich maʼlumotlar; qiyaliklarda togʻ jinslarini mustahkamlash, barqarorlashtirish va izolyatsiyalash usullari; qiyaliklarni mustahkamlash pasporti; texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va qiyosiy mustahkamlash variantlari.
Qiyaliklarni mustahkamlashning muhandislik usullarini baholashda qurilish ishlarining qiymatli koʻrsatkichlari va muddatlari muhim hisoblanadi. Qiyaliklarni mustahkamlash usullarining variantlari: iqtisodiy maqsadga muvofiqliligi; koʻchkiga qarshi inshootlar kontsruksiyasi uchun sarf-xarajatlar; materiallar sarfi; mustahkamlanmagan otkos turishi vaqtiga bogʻliq boʻlgan qurilish muddati; konstruksiyaning uzoq muddatga chidashi bilan baholanadi.

Download 269.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling