O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi o`rta maxsus, kasb hunar ta`lim markazi
Linux ning afzalliklari va kamchiliklari
Download 30.31 Kb.
|
Linux uslubiy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Linux
- Linux ning kamchiliklari
Linux ning afzalliklari va kamchiliklari.
Reja: 1. Linux ning afzalliklari 2. Linux ning kamchiliklari 3. Linux distributivlari va ularni tanlash 4. Linux ОТ da Windows dan farqli ikki qism mavjud, bular: 5. Fayl tizimlari 6. Touch buyruq fayl yaratish imkonini bеradi. 7. Bosh katalog 8. SCSI yoki SATA interfeysi 9. Operatsion tizim yadrosi va qobiqlar So‘ngi vaqtlarda Linux ning Windows ОТ ga jiddiy raqobatchiligi haqida ko‘p gaplar tarqalmoqda. Window ОТ ni qo‘llabquvvatlovchilar tomonidan esa, aksincha, Linux ning foydalanuvchi kompyuteriga ommabop o‘rnatilishiga tayyormasligi haqidagi e’tirozlar bildirilmoqda. 5 yil oldin Linux ning server ОТ lari birinchi o‘rinni egallab kelar va oddiy foydalanuvchilar uchun murakkab bo‘lib ko‘rinardi. Linux ishonchlilik darajasi bo‘yicha yuqori bo‘lgan va viruslardan himoyalangan ОТ bo‘lib, foydalanuvchilardan ko‘proq professional bilimni talab etadi. Linux ning afzalliklari, uning ishonchliligi, turg‘unligi va viruslardan himoyalanganligidir. Linux da Windows ОТ da ko‘p uchraydigan «teshik»lar umuman mavjud emas, mavjud bo‘lsa ham xatoliklar tezgina va hech qanday harajatlarsiz to‘g‘rilanadi, buning uchun foydalanuvchi (administrator) ning o‘z vaqtida dasturiy ta’minotning yangi versiyalarini internetdan olishi talab etiladi. Xatolikni foydalanuvchining o‘zi ham to‘g‘rilashi mumkin, albatta, buning uchun Linux kodlarini o‘qiy bilish va tushuna olish tajribasiga ega bo‘lish zarur. Linux ning kamchiliklari Windows ОТ ga o‘rganib qolganlar uchun distributivning o‘rnatilishi qiyinchiliklarni yuzaga keltirishidadir. Oldingi distributivlar o‘rnatilishi jarayonida juda ko‘p tushunarsiz (odatda, Windows ning o‘rnatilishi jarayonida umuman uchramaydigan) savollarning berilishi foydalanuvchilarni qiyin vaziyatga tushirib qo‘yadi.Umuman olganda, Linux server kompyuterlarida va dasturchilar hamda dasturchi yoki administrator bo‘lish niyatida yurganlar kompyuterlarida yashab kelgan. Tijorat firmalarida, asosan, Windows OT litsenziyasiz ishlatish natijasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklardan xoli bo‘lish maqsadida Linux ОТ ning ishlatilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bu kelishmovchiliklarning kuchayish davri aynan Windows XP ning yaratilishi davrida avj olgan. 2003-yildan boshlab shunday Linux distributivlari ishlab chiqildiki, ularning o‘rnatilish jarayoni hatto Windows ning o‘rnatilish jarayonidan ham osonlashdi. Bu vaqtga kelib esa Linux uchun amaliy dasturiy ta’minotning ko‘payganligi, Linux da har qanday ishni matn terish va rasm chizishdan boshlab, raqamli fotoapparat va uyali aloqa telefonlari bilan ishlarni bajarish imkonini yaratdi. Bugungi kunda kompyuterda bittagina Linux ni o‘rnatib, Windows da bajarish mumkin bo‘lgan ishlarni bemalol bajarish mumkin. OT larning xilma-xilligi Windows monopoliyasini chetga surib,haqiqiy raqobatli muhitni yaratmoqda. Download 30.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling