O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi o`rta maxsus, kasb hunar ta`lim markazi


Touch buyruq fayl yaratish imkonini bеradi


Download 30.31 Kb.
bet5/7
Sana04.01.2023
Hajmi30.31 Kb.
#1076984
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Linux uslubiy qo\'llanma

Touch buyruq fayl yaratish imkonini bеradi.
Uning sintaksisi quyidagicha:
touch
Agar bu nomli fayl joriy dirеktoriyda mavjud bo‘lsa, touch buyrug‘i uning yangilanish vaqtini joriy vaqtga o‘zgartiradi.
Buyruq m fayllarni olib tashlash uchun ishlatiladi, bu buyruq bilan quyidagi paramеtrlar birga ishlatiladi:
i — tasdiqlash bilan olib tashlash;
r — rеkursiv olib tashlash;
f — hamma fayllarni tasdiqsiz olib tashlash;
y — hamma harakatlarni to‘liq tavsiflash.
Kataloglar bilan bajariladigan amallar foydalanuvchilar uchun, fayllar bilan bajariladigan amallar kabi muhimdir. Kataloglar bilan ishlashning asosiy buyruqlari mdir va mkdir dir.
mkdir buyrug‘i katalog yaratadi;
mdir buyrug‘i esa katalogni olib tashlaydi, agar qo‘shimcha paramеtrlar bеrilmasa, u bo‘sh kataloglarnigina olib tashlaydi.
Linux fayl tizimi, boshqa o‘xshash OT lar kabi qat’iy kataloglar tuzilishiga ega, Linux har bir distributivi o‘z tuzilishini ishlab chiquvchilar xohishiga qarab o‘zgartirishi mumkin.
Bosh katalog
Linux da qurilmalar fayllar ko‘rinishida bo‘lganligi sababli, kompyuterning arxitekturasi foydalanuvchi uchun fayl tizimi ko‘rinishida taqdim etiladi. Ma’lum bir kataloglarda kiritishchiqarish qurilmalari fayllari joy olgan bo‘lsa, boshqa kataloglarda foydalanuvchi fayllari va dastur fayllari joy olgan.
Linux da fayllar bilan ishlash qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida, bosh katalog tushunchasi kiritilgan.
Kompyuterga o‘rnatilgan vinchesterlar sonidan qat’i nazar, bosh katalog har doim bitta bo‘ladi. Bu esa Linux va Windows orasidagi katta farqdir. Windows tizimida har bir disk uchun alohida bosh katalog mavjuddir. Qolgan fayllarning tuzilishi odatiy ko‘rinishga ega. Masalan, foydalanuvchilarning shaxsiy fayllari /home katalogida joylashgan: /home/user1/document.doc yoki /home/user2/rasm.jpg.
OT uchun muhim bo‘lgan tizim fayllari /bin, /sbin konfiguratsiya fayllari /etc qurilmalar fayllari /dev katalogida joylashgan



Download 30.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling