O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi o`rta maxsus, kasb hunar ta`lim markazi
Linux distributivlari va ularni tanlash
Download 30.31 Kb.
|
Linux uslubiy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Linux ОТ da Windows dan farqli ikki qism mavjud, bular
Linux distributivlari va ularni tanlash
Ikki yil oldin foydalanuvchiga qaysi bir distributivni tanlash haqida maslahatni berish qiyin edi. Hozirgi kunda Linux distributivlarining yagona bir standartga intilishi dasturchilarning salohiyatini asosiy bo‘lgan muammolarni hal qilinishiga yo‘naltirdi. Linux ning boshlang‘ich foydalanuvchisi nuqtayi nazaridan, quyidagi maslahatlarni berish mumkin: avval ASPLinux (www.asplinux.ru) yoki AltLinux Junior (www.altlinux.ru) distributivini ishlatish tavsiya etiladi. Bu distributivlar Rossiya dasturchilari tomonidan rivojlantirilib kelinmoqda. U deyarli to‘liq rus tiliga tarjima qilingan. O‘zbek tiliga tarjima qilingan distributivlardan biri esa Doppix (www.doppix.uz) dir. Agarda siz distributivni kompyuteringizga o‘rnatishni xohlamasangiz yoki noto‘g‘ri amal bajarib qo‘yishdan qo‘rqsangiz, bu ham muammo emas. Distributivlarning shunday bir turi mavjudki, uni Live CD deb atashadi. Ya’ni bu distribut CD yoki DVD diskda bo‘lib, uni kompyuter CD/DVD-ROM idan yuklanib tayyor Linux ОТ hosil qilish mumkin. Bunda diskingizdagi ma’lumotlaringizga hech qanday zarar tegmaydi. Hattoki Live CD ning flesh diskli versiyasi ham mavjud. Masalan, SLAX www.slax.org, hozirgi kunda reytingi yuqori bo‘lgan va rivojlanayotgan Live distributivi hisoblanadi. Boshqa bir Live CD distributivlarni www.livecdlist.com/ saytidan topishingiz mumkin. Kompyuter resurslariga juda ham kam talab qo‘yadigan distributiv DeliLinux dir (www.delilinux.org). Uning ishlashi uchun 486, Pentium I, 16—32 Mb operativ xotira va vinchesterda 600 Mb joyning o‘zi yetarli. Distributiv tarkibida Icewin oynali menejer,matn tahrirlovchi va internet brauzeri dasturi mavjud. Linux ОТ da Windows dan farqli ikki qism mavjud, bular: • birinchi qismi — ОТ ning yadrosi. Uning tarkibidagi dasturlar turli xil qurilmalar ishining mohiyatini yagona standartga keltiradi, bu esa amaliy dasturlarni kompyuterning ixtiyoriy qurilmasiga yagona standart bo‘yicha murojaat etish imkonini beradi. Shuni inobatga olish kerakki, Linux ОТ ning yadrosi barcha distributivlari uchun bir xildir. Faqatgina yadro vaqt o‘tishi bilan dasturchilar tomonidan yangilanib boriladi, uning tarkibiga yangi qurilmalar bilan ishlash imkoniyatlari qo‘shiladi, ammo ishlash jarayoni bir xil; • ikkinchi qismi — foydalanuvchi bilan interfeysni yaratuvchi dasturlar. Odam yadro bilan bevosita emas, balki bilvosita — maxsus qulay interfeysni ta’minlovchi qobiq-dasturlar bilan muloqotda bo‘ladi. Hattoki qobiq-dastur MS DOS ga o‘xshash interfeys hamda Windows ga o‘xshash interfeysga ega bo‘lishi mumkin. Linux uchun qobiq-dasturlar juda ham xilma-xil, qaysi birini tanlash foydalanuvchining ixtiyoriga havola. Download 30.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling