O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi o`rta maxsus, kasb hunar ta`lim markazi


Download 30.31 Kb.
bet1/7
Sana04.01.2023
Hajmi30.31 Kb.
#1076984
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Linux uslubiy qo\'llanma


~ ~



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI


O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIM MARKAZI


NAVOIY VILOYAT O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIM B0SHQARMASI


QIZILTEPA QURILISH VA UY – JOY KOMMUNAL XO`JALIK KASB – HUNAR KOLLEJI


“Maxsus fanlar” kafedrasi o’qituvchisi

Jumayeva Xolidaning


“Operatsion tizim” fanidan

Linux ning afzalliklari va kamchiliklari


mavzusidagi

USLUBIY QO’LLANMASI.


QIZILTEPA-2017

Uslubiy qo’llanma “Operatsion tizi” fanidan “Linux ning afzalliklari va kamchiliklari” mavzusi bo’yicha o’qituchilarni dars o’tish jarayonida va o’quvchilarni mustaqil foydalanish uchun hamda o’quvchilarni fanga doir bilim saviyalarini mustahkamlashda foydalanish uchun yaratilgan. Uslubiy qo’llanmada mavzuga oid barcha tushunchalar yoritilgan.


Tuzuvchi: XJumayeva Qiziltepa qurilish va uy – joy kommunal xo`jalik kasb – hunar kolleji
Taqrizchi : N.Muzaffarova Qiziltepa qurilish va uy – joy kommunal xo`jalik kasb – hunar kolleji

Uslubiy qo’llanma “Maxsus fanlar ” kafedrasining 201_ yil _____-dagi __-sonli yi’g’ilishida muhokama qilindi va ilmiy pedagogik kengashga ko’rib chiqish uchun tavsiya qilindi.


“Maxsus fanlar ” kafedrasi mudiri : S. Farmonova

Uslubiy qo’llanma Qiziltepa qurilish va uy – joy kommunal xo`jalik kasb – hunar kolleji 201_ yil _____-dagi _-_sonli ilmiy-pedagogik kengashida ko’rib chiqildi va o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etildi.

Kollej direktori : O’ Umarov


“Maxsus fan” o’qituvchisi Jumayeva Xolidaning “ Operatsion tizim ” fanidan “Linux ning afzalliklari va kamchiliklari ” mavzusidagi tayorlagan uslubiy qo’llanmasiga



TAQRIZ
Ushbu uslubiy qo’lanma darslarda foydalanish va darslarni mustahkamlash, o’quvchilar bilim, malaka ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida yaratilgan.
Ushbu uslubiy qo’llanma darslarda o’tiladigan mavzularni mustahkamlash, o’quvchilar bilim, malaka, ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida Shaxsiy kompyuterning ichki qurilmalari haqiha to’liq ma’lumotlar keltirilgan.
O’quvchi mavzuga oid bilim saviyalarini rivojlantirish maqsadida har bir qurilmaning rasmlari bilan berilgan.
Ushbu uslubiy qo’llanmani yaratishda elektron darsliklardan, qo’shimcha adabiyotlardan va internet tarmog’idan olingan ma’lumotlardan foydalanilgan

Ushbu uslubiy qo’llanmada orfografik xatolarga yo’l qo’yilgan.

“Maxsus fan” o’qituvchisi: X. jumayeva
Kirish
Oxirgi o‘n yil ichida zamonaviy ОТ ga qo‘yiladigan talablar haqida tasavvurlar shakllanib bo‘ldi. Bunda standart sifatida Windows tizimi olindi. Windows foydalanuvchiga «sichqoncha» bilan qulay ishlashi uchun grafikli interfeysni taqdim etadi.
Oldingi versiyalardagi matn interfeysli MS DOS zamonaviy Windows tizimlarida deyarli ishlatilmaydi. Bundan tashqari, Windows 9x ning grafikli interfeys qobig‘i ОТ ning yadrosi bilan bevosita bog‘liqdir. Undan oldingi Windows 3.11 tizimida avval MS DOS yuklanar edi va win buyrug‘i bilan grafikli interfeys ishga tushirilar edi.
- shaxsiy kompyuterning dasturiy ta`minoti va uning turlarini , drayverlar, utilitlar , amaliy dasturiy ta`minot turlarini , dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini bilishi va ular bilan ishlay olishi;
- tizimli dasturiy ta`minot va uning turlarini , operatsion tizim va uning qobig`I ostida ishlovchi dasturlarni bilishi va ular bilan ishlay olishi, zamonaviy operatsion tizimlar haqida ma`lumotlarga ega bo`lishi, WINDOWS operatsion tizimning yangi versiyalarida ishlay olishi, LINUX – operatsion tizimi, uning imkoniyatlari, qo`llanilish doirasi, xususiyatlari va afzalliklari haqidagi bilimlarga ega bo`lishi.
Linux nomi 1991-yilda Linus Torvalds tomonidan o‘z operatsion tizimining birinchi relizini dasturchilar uyushmasiga taklif etishdan kelib chiqqan. FSF harakati hech kimning yuridik qiziqishlariga xalaqit qilmaydigan o‘ziga tegishli bo‘lgan operatsion tizimga ega bo‘ldi. GNU/Linux ОТ ning rasmiy relizi (operatsion tizimining yadrosi) 1994-yil yaratildi. Keyinchalik bu ОТ uchun dasturlarning ko‘payishi Linux distributivlarini keltirilib chiqardi. Rasmiy Linux distributivlarining soni yuztaga yaqin. Ba’zi bir distributiv 1—3 ta Floppy disklarda bo‘lsa, boshqalari 7 ta kompakt disklarda bo‘lishi mumkin.
Linux ОТ ustida butun jahon dasturchilari ish olib borganligi sababli, Linux ko‘p tilni o‘z ichiga olgan.
Linux ОТ UNIX oilasiga tegishli bolgani sababli, unda Windows yoki MacOS dasturlari ishlamaydi, va aksincha, Windows da Linux dasturlari ishlamaydi. Lekin bu muammolarning yechimi bor, albatta. Maxsus Windows ОТ imitatsiyalovchi dasturlar (Wine) yoki virtual kompyuterlar (VirtualBox, VMWare) yordamida boshqa OT dasturlarini ishga tushirish mumkin.
Linux va Windows ning birlashgan distributivi Lindows ham mavjud. Faqat bu ОТ yuqori narxli tijorat tizimi sifatida tarqatilmoqda.


Download 30.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling