O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta
II BOB. MAMLAKATIMIZDA OLIY TA‘LIM MUASSASALARINI MOLIYALASHTIRISHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI
Download 0.72 Mb.
|
oliy ta\'lim
II BOB. MAMLAKATIMIZDA OLIY TA‘LIM MUASSASALARINI MOLIYALASHTIRISHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILIOliy ta‘lim muassasalri xarajatlarini moliyalashtirishning amaldagi holati tahliliO‘zbekistonda ta‘lim sohasiga ajratiladigan davlat xarajatlari darajasining yuqori ekanligi demografik vaziyat (mamlakat aholisining 60% dan ortig‘ini bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar tashkil etadi), Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘zda tutilganidek, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tarmog‘ining kengayishi, ta‘lim sektorini mustahkamlash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan yirik milliy dasturlarning amalga oshirilishi kabi omillar bilan bog‘liqdir. Shuni qayd etib o‘tish joizki, O‘zbekiston aholisi ma‘lumotlilik darajasi bo‘yicha dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlari orasida munosib o‘rin egallaydi: jahonda aholining ma‘lumotlilik indeksi o‘rtacha 0,77 ni tashkil etgani holda, O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatkich 99 ga teng.14 Umumiy o‘rta (boshlang‘ich, tugallanmagan o‘rta, ixtisoslashtirilgan) va maktabdan tashqari ta‘lim Xalq ta‘limi vazirligi tasarrufidadir. Xalq ta‘limi muassasalari bo‘yicha eng katta o‘rinni umumta‘lim maktablari, ikkinchi o‘rinni kasb-hunar kollejlari egallaydi. Maktabgacha tarbiya muassasalari, bolalar musiqa maktablari, bolalar bilan ishlovchi maktabdan tashqari muassasalar xarajatlarining bir qismi aholi mablag‘lari hisobidan ham qoplanadi, lekin ta‘limni moliyalashtirishning asosiy manbai - davlat byudjeti ekanligini e‘tirof etish lozim. Bugungi kunda ta‘lim tizimi moliyaviy resurslarning quyidagi manbalariga ega: Davlatdan moliyalashtirish manbalari: davlat (respublika va mahalliy) byudjeti; davlat maqsadli fondlari. 14Ma‘lumotlar «O‘zbekiston Respublikasi aholisi turmush farovonligini oshirish strategiyasi» loyihasi materiallaridan keltirilgan Nodavlat moliyalashtirish manbalari: tadbirkorlar va homiylarning moliyaviy yordamlari; jamoatchilik yordamlari; ota-onalarning (o‘qitish uchun) to‘lovlari; xorijiy kreditlar va grantlar; boshqalar. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling