O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish


Download 1.35 Mb.
bet118/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

17.8. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish

oqibatida jazodan ozod qilish
Agar aqli noraso shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilsa, bu uni jinoiy javobgarlikka totish uchun asos bo‘la olmaydi. Agar shaxs hukm chiqarilgandan so‘ng o‘z qilmishining aha­miyatini anglay olmaydigan darajada ruhiy kasallikka, shuningdek, jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalinib qolsa, jazoni o‘tashdan ozod qilinishi mumkin. Jinoyat sodir etgan shaxs hukm chiqarilgandan so‘ng o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallikka chalinib qolgan bo‘lsa, jazodan ozod qilinadi. Bunday shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emasligi, ruhiy kasallikka chalingan shaxsning sud tomonidan belgilangan jazo choralarini kasalligi tufayli to‘g‘ri idrok etish imkoniga ega emasligida ifodalanadi. Bunday kasalliklarga: uzoq davom etadigan, kuchayib va og‘irlashib boradigan va davolash qiyin bo‘ladigan surunkali kasalliklar kiradi. Bunday shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanishi mumkin.

Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash tartibi Jinoyat kodeksining 91–95-moddalarida belgilangan. Agar tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxs Jinoyat kodeksining 69-mod­dasida belgilangan va sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblanadigan muddatlar o‘tib ketmasdan tuzalgan bo‘lsa, jazo ijro etiladi. Barqaror bo‘lmagan, vaqtinchalik o‘tkinchi xususiyata ega bo‘lgan ruhiy kasalliklar jazodan muddatidan ilgari ozod qilish masalasini hal qilish uchun asos bo‘la olmaydi.

Agar shaxs boshqa og‘ir kasallikka chalinib qolsa, bunday holda uni jazodan ozod qilish uning majburiyati emas, balki huquqi hisoblanadi. Bunday mahkumlar aqli raso hisoblanadi va axloq tuzatish jazosiga tortilishi mumkin. Bunday holatda, nafaqat, shaxsning kasalligi, shuningdek, jinoyatning xavfliligi, mahkum­ning shaxsiy xususiyatlari va boshqa omillar hisobga olinadi. Bu omillarga jazoning o‘talgan muddati, shaxsning jazoni o‘tash tartibiga munosabati kabilar kiradi. Jazodan ozod qilish uchun asos bo‘luvchi kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi1.

Amaliyotda mahkumlarning jazoni o‘tash davomida o‘z a’zolariga ataylab shikast yetkazish, o‘z sog‘lig‘ini yomonlashtirish hollari ko‘p uchrab turadi. Bunday hollarda ular jazodan ushbu asosga ko‘ra ozod qilinmaydilar. Ushbu asosga ko‘ra, jazodan ozod qilishda unga nisbatan davolab bo‘lmaydi, deb tashxis qo‘yilgan bo‘lishi kerak.

Mahkumni kasalligi tufayli jazoni o‘tash muddatidan oldin ozod qilish har qanday turdagi asosiy jazoga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Qonun og‘ir kasalligi tufayli muddatidan ilgari jazodan ozod qilishni qo‘shimcha jazoga nisbatan qo‘llanish masalasini ochiq qoldirgan. Qator hollarda, ularni qo‘shimcha jazodan, masalan, muayyan huquqdan mahrum qilish jazosidan ozod qilish maqsadga muvofiq emas. Sudga mahkumni ushbu asosga ko‘ra, jazodan ozod qilish haqidagi taqdimnoma Ichki ishlar vazirligining maxsus tibbiy komissiyasi xulosasi asosida kiritiladi.

Harbiy xizmatchilar ularni xizmatga yaroqsiz, deb topishga asos bo‘luvchi kasallikka chalingan taqdirda jazodan ozod qilinishi mumkin. Bunda harbiy xizmatchini tegishli harbiy-tibbiy komis­siyasining xulosasi harbiy xizmatga yaroqsiz, deb topishi uchun asos bo‘ladi. Harbiy xizmatchilar ushbu asosga ko‘ra, intizomiy qismga yuborish yoki xizmat bo‘yicha cheklash turidagi jazolardan ozod qilinishi mumkin. Qonun ayol jinsidagi harbiy xizmatchilar uchun xizmat bo‘yicha cheklash turidagi jazodan muddatidan ilgari jazodan ozod qilishning qo‘shimcha asosi, deb homiladorlik tufayli mehnatga layoqatsizligini qayd etadi. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, qonun mazkur ozod qilish turi uchun ayolning homila­dorligini emas, balki uning homiladorlik va tug‘ish uchun ta’til berishni asos, deb topadi. Ya’ni ushbu asosga ko‘ra, ozod qilish ularga homiladorlik va tug‘ish uchun ta’til berilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.

Jinoyat kodeksining 75-moddasi, 5-qismida axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilishning mustaqil turlari aks ettirilgan:

1) mahkumning mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolganligi;

2) mahkumning pensiya yoshiga yetganligi;

3) homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqqanligi.


Mahkumning mehnatga yaroqsizligi deganda, uning mehnat qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi tushuniladi. Mehnatga yaroqlilik ТMEK tomonidan aniqlanadi.

Mahkumning pensiya yoshiga yetishi deganda, ayollarning 55 yoshga, erkaklarning 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan pensiyaga chiqishi tushuniladi.

Ayollarga tug‘gunga qadar yetmish kalendar kuni va tuqqandan keyin ellik olti kalendar kuni (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki yoxud undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda –yetmish kalendar kuni) miqdorida homiladorlik va tug‘ish ta’tillari beriladi. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili jamlangan holda tug‘ishga qadar amalda bunday ta’tilning necha kunidan foydlanganidan qat’iy nazar, ayolga to‘liq beriladi. Bunday hollarda jazodan ozod qilish haqidagi taqdimnoma bunday ta’til beruvchi huquqni tibbiy hujjat asosida beriladi1.

Yuqoridagi uch holatdan biri mavjud bo‘lganda mahkum axloq tuzatish ishlari jazosidan ozod qilinadi.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling