O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyatning obyektiv tomoni tushunchasi


Download 1.35 Mb.
bet38/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

6.1. Jinoyatning obyektiv tomoni tushunchasi

va uning ahamiyati
Jinoyatning obyektiv tomoni ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni bo‘lib, jinoyatning qanday sodir etilganligini ko‘rsatadi. Aynan ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni bir jinoyatni ikkinchisidan ajratish imkonini beradi, chunki bitta obyektga qilingan tajovuz ijtimoiy xavfli qilmishning xususiyati va darajasiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘g‘rilik yashirin sodir etilsa, talonchilik ochiqdan ochiq, bosqinchilik esa, jabrlanuv­chining badaniga shikast yetkazilishiga olib kelgan hujum qilish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Jinoyatning obyektiv tomoni, asosan, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddalari dispozitsiyasi va bandlarida ko‘rsatiladi. Aynan moddaning dispozitsiyasida jinoyatning obyektiv tomoni ta’riflanadi, ko‘rsatiladi.

Har qanday jinoyat turli harakat, ayrim hollarda esa, harakatsizlik orqali sodir etiladi. Masalan, qasddan odam o‘ldirish ko‘pchilik hollarda faol harakat orqali sodir etiladi (pichoq urish, quroldan o‘q otish, qandaydir narsa bilan qattiq, jarohat yetkazish, bo‘g‘ish va hokazolar), ammo xuddi shunday o‘lim harakatsizlik (onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan ovqatlantirmasligi, yordamga muhtoj holda yotgan shaxsni qarovsiz qoldirish va boshqalar) natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ya’ni, har qanday ijtimoiy xavfli qilmish harakat yoki harakatsizlik natijasida sodir etilishi mumkin.

Ayrim hollarda jinoyatning oxiriga yetkazilgan, deb topilishi uchun qandaydir aniq oqibat yuzaga kelishi kerak (moddiy tarkibli jinoyat), boshqa hollarda sodir etilgan ijtimoiy xavfli «qilmishning o‘zi» (oqibatning kelib chiqishi talab qilinmaydi, formal tarkibli jinoyat) uchun javobgarlik belgilanadi. Ko‘rinib turibdiki, aynan jinoyatning obyektiv tomoni qilmishning moddiy yoki formal tarkibli jinoyat ekanligini farqlash imkonini beradi. Bundan xulosa qilib, har qanday jinoyatning obyektiv tomoni qilmishdan iboratdir, desak xato bo‘lmaydi. Ijtimoiy xavfli qilmish har qanday jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisidir.

Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonning zaruriy belgisi ijtimoiy xavfli qilmishdan tashqari ijtimoiy xavfli oqibat va ro‘y bergan oqibat bilan qilmish o‘rtasida sababiy bog‘lanishning mavjud ekanligi hisoblanadi. Formal tarkibli jinoyatlar uchun qilmishning o‘zi yetarli va oqibatning ro‘y berishi talab qilinmaydi.

Ayrim hollarda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, sharoit, foydalanilgan vosita va qurollar ham ta’sir etadi. Ayrim hollarda bu holatlar jinoyatning zaruriy belgisi, boshqa hollarda esa, javobgarlikni og‘irlashtiradigan holat bo‘lishi mumkin.

Jinoyat obyektiv tomonining yuqorida aytilgan fakultativ belgilari, agar jinoyatnnng zaruriy belgilari bo‘lmasa yoki aybdor javobgarligini og‘irlashtirmasa, jazo tayinlashda hisobga olinishi mumkin.

Demak, ta’kidlab o‘tish lozimki, moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining zaruriy belgilari quyidagilardan iborat:


1) ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik);

2) ijtimoiy xavfli oqibat;

3) ijtimoiy xavfli qilmish bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish.
Formal tarkibli jinoyatlarning zaruriy belgisi ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik)dir.

Kesik tarkibli jinoyat deyilganda, shunday jinoyat tarkibi tushuniladiki, jinoyatning oxiriga yetgan vaqtini qonun oldingi bosqichiga ko‘chiradi, ya’ni jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish bosqichiga ko‘chiradi. Masalan, bosqinchilik (165-mod­da) yoxud jinoiy uyushma tashkil etish (242-modda).

Moddiy va formal tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonning fakultativ belgilari jinoyat sodir etish joyi, vaqti, sharoiti, vositasi, usuli va hokazolardir.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling