O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Jinoyat subyekti tushunchasi
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
7.1. Jinoyat subyekti tushunchasi
Jinoyat huquqi nazariyasiga ko‘ra, har qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan, qonunda belgilangan yoshga yetgan va aqli raso jismoniy shaxslar jinoyatning subyekti bo‘ladi. Jinoyat subyekti jinoyat tarkibining zaruriy elementidir, ya’ni jinoyat sodir qilgan shaxs bo‘lmasa, o‘z-o‘zidan jinoyat ham bo‘lmaydi. Jinoyat qonuniga muvofiq, jinoyat subyekti faqat jismoniy shaxs bo‘la oladi va Jinoyat kodeksining 17-moddasida yozilishicha: «Jinoyat sodir etgunga kadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar». Yuridik shaxs (tashkilot, muassasa, korxona va hokazo)lar jinoyatning subyekti bo‘la olmaydi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, bir qator chet el davlatlarining jinoyat qonuniga ko‘ra, yuridik shaxs ham jinoyatning subyekti bo‘la olmaydi. Lekin tashkilot, muassasa, korxona faoliyati bilan bog‘liq jinoiy oqibat uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri uning rahbarlari va mas’ul shaxslar javob beradilar. Bular, asosan, ekologiya sohasidagi jinoyatlardir (masalan, atrof-tabiiy muhitni ifloslantirish (193-modda), yerdan, yer osti boyliklaridan foydalanish va qo‘riqlash qoidalarini buzish (197-modda), o‘simliklar, o‘rmon va boshqa ekinlarni yo‘q qilish yoki zarar yetkazish (198-modda) va hokazo). Sud-tergov amaliyotida hayvonlar tomonidan jamiyat manfaatlariga zarar yetkazilgan ishlar ham uchrab turadi. Masalan, hayvonlar tomonidan insonga har xil darajadagi tan jarohati yetkazilishi, shuningdek, hayvonlar tomonidan insonlarga jinoiy maqsadlarda hujum qilinganligi ham uchraydi. Bu hollarda, birinchidan, inson tomonidan maxsus o‘rgatilgan itga buyruq berilishi natijasida inson sog‘lig‘iga zarar yetkazilsa, bunda hayvon tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning egasi javobgar bo‘ladi. Ikkinchi holatda, biron-bir hayvon tomonidan o‘zgalarning aralashuvisiz inson sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan bo‘lsa, uning egasi jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi va bunday holda hayvon egasining fuqarolik-huquqiy javobgarligi to‘g‘risidagi masala qo‘zg‘atilishi mumkin. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, jinoyat subyekti faqat jismoniy shaxs, ya’ni insongina bo‘la oladi. Biroq, Jinoyat kodeksining 17-moddasi (jismoniy shaxslarning javobgarligi)ga ko‘ra, har qanday inson ham jinoyatning subyekti bo‘la olmaydi. Shaxsning qonunda belgilangan subyekt yoshiga yetganligidan tashqari u o‘z harakatlarini boshqara olishi va harakati tufayli kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli oqibatni ham anglashi kerak bo‘ladi. O‘z harakatini idora qila olmaydigan va oqibatini anglamaydigan shaxslarning ijtimoiy xavfli qilmishi tufayli qonun bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatga zarar yetkazilsa, ularning harakatida qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi ayb mavjud bo‘lmaydi. Jinoyat subyektining asosiy belgilaridan yana biri – qonunda belgilangan yosh bo‘lib, muayyan yoshga to‘lgan shaxslargina jinoiy javobgarlikka tortiladi. So‘zsiz insonda ma’lum yoshga yetgandan keyingina atrofdagi voqealarni qabul qilishi, o‘z harakatlariga to‘g‘ri baho berishi va o‘z xohishini kerakli yo‘nalishga yo‘naltira olish qobiliyati shakllanadi. Inson ma’lum bir yoshga yetgandan keyin muayyan bir jinoyat qonuni bilan man qilingan harakatlar uchun javobgarlik yuzaga kelishini to‘g‘ri anglay oladi. Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq, 16 yoshga to‘lgan, aqli raso shaxslar jinoyatning subyekti hisoblanadi. Bu yoshda o‘smir har bir voqeani to‘g‘ri qabul qiladi, uning dunyoqarashi va huquqiy fikrlashi shu darajaga yetadiki, u o‘z qilmishining xavfli ekanligini to‘g‘ri baholay oladi. Biroq, ba’zi bir alohida jinoyatlar uchun qonunda javobgarlik yoshi 14 yosh deb belgilangan. Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatda qasddan odam o‘ldirish uchun esa 13 yosh belgilangan (97-moddaning 2-qismi). Yuqoridagilardan kelib chiqib:
2) aqli rasoligi; 3) qonun bilan belgilangan yoshga yetganligi jinoyat subyektining belgilaridir, deb aytish mumkin.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling