O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Jinoyat sodir etish vaqti, joyi, holati
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
6.6. Jinoyat sodir etish vaqti, joyi, holati,
uslubi, qurol va vositalari Agar qonun chiqaruvchi qonunning tegishli moddasida jinoyat tarkibida fakultativ belgilardan aqalli bittasini ko‘rsatsa, u holda bu belgi jinoyatning zaruriy belgisi bo‘lib qoladi. Muayyan qilmishning sodir etilishida bu belgining yo‘qligi, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining yo‘qligini anglatadi. Jinoyatning obyektiv tomonini to‘liq tavsif etish uchun jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, usuli, vaziyat va qo‘llanilgan vositalar kabi jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgilarini ko‘rib chiqish kerak. Jinoyat obyektiv tomoni fakultativ belgilari muayyan jinoyat tarkibining zaruriy va zaruriy bo‘lmagan belgilari bo‘lishi mumkin. Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgisi qonunda ko‘rsatilganida, shunday belgisiz sodir etilgan qilmish uchun shaxsni javobgarlikka tortish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun fakultativ belgilarning yuridik ahamiyati shundaki, ular jinoyat obyektiv tomonining zaruriy yoki zaruriy bo‘lmagan belgisi hisoblanadi. Zaruriy yoki fakultativ belgilar ayrim hollarda jinoyatning zaruriy belgilari hisoblansa, boshqa hollarda sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat bo‘lib, jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi. Fakultativ belgi jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanmaganida jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmasa-da, jazo tayinlanishida javobgarlikni og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin va lozim. Fakultativ belgilar ichida usul va vosita qilmishning vujudga kelishiga bevosita bog‘liq. Bu ikki belgi qilmishning bevosita xususiyatini anglatadi. Jinoyat sodir etilgan joy, vaqt va sharoit jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga jinoiy tajovuz amalga oshiriladigan sharoitlar sifatida namoyon bo‘ladi.
Jinoyat sodir etilishining usuli ko‘p hollarda uning zaruriy belgisi sifatida muayyan jinoyat huquqiy normada to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilishi mumkin (masalan, o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish (Jinoyat kodeksining 103-moddasi) uchun javobgarlik faqat moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lmagan shaxsga rahmsiz muomala qilish yoxud uning sha’n va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish yo‘li bilan amalga oshirilganda; bosqinchilik (Jinoyat kodeksining 164-moddasi), ya’ni o‘zganing mulkini talon-taroj qilish maqsadida hujum qilib, tovlamachilik (Jinoyat kodeksining 165-moddasi), ya’ni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish yoki jabrlanuvchi yoxud uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish yo‘li bilan qo‘rqitib, o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoki jabrlanuvchini o‘z mulki yoxud mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish yo‘li bilan amalga oshirish; talonchilik (Jinoyat kodeksining 168-moddasi), ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan ochiq talon-taroj qilish va boshqalar. Bu mulkka qarshi jinoyat tarkiblarida jinoyat sodir etish usullari universal belgi hisoblanib, talon-taroj qilishning bir shaklidan ikkinchisini farqlash imkonini beradi. Ayrim hollarda jinoyatni sodir etish usuli jazoni og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi (masalan, Jinoyat kodeksining 97-moddasi) qasddan odam o‘ldirish quyidagi hollarda javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatda sodir etilgan hisoblanadi: a) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda; b) o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish; tuhmat, nashr qilish yoki boshqacha ko‘paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali sodir etilsa (Jinoyat kodeksining 139-moddasi, 2-qismi), zo‘rlik ishlatib ozodlikdan mahrum qilish (Jinoyat kodeksining 138-moddasi), jismoniy azob berish yo‘li bilan sodir etilsa va boshqalar. Jinoyat sodir etish usuli muayyan jinoyatning zaruriy yoki kvalifikatsion belgisi bo‘lsa va u noto‘g‘ri aniqlanganida hukmni o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi. Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgilaridan yana biri – jinoyat sodir etish vositasi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling