O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoiy oqibat tushunchasi


Download 1.35 Mb.
bet41/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

6.3. Jinoiy oqibat tushunchasi
Jinoiy oqibat jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektdagi ijtimoiy zararli o‘zgarishlar shaklida namoyon bo‘ladi. Тajovuz predmetini yo‘qotish (mulkning yo‘q qilinishi, hayotdan mahrum qilish, davlat sirlari bilan bog‘liq hujjatlarni yo‘qolishi), tashkilot, korxona, muassasalarining normal faoliyat olib borishining, fuqarolarining ijtimoiy, mehnat, uy-joy, saylov va boshqa huquqlarining buzilishi ijtimoiy xavfli oqibat hisoblanadi.

Jinoiy oqibat tajovuz obyektlarida g‘ayriijtimoiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarganligi sababli, ularning tarkibiy tasnifi ham to‘g‘ridan to‘g‘ri bu obyektlarning tarkibiga bog‘liqdir. Shunday qilib, qarshi jinoyatlar siyosiy va iqtisodiy zararni davlatga, shaxsga qarshi jismoniy va ruhiy ziyonni jinoyatlar keltirib chiqaradi.

Jinoyatlar o‘zining tuzilishiga ko‘ra, oddiy (bir vaqtdagi va bir negizdagi) va murakkab (ikki obyektli, davomiy) bo‘ladi. Bunday tasnif yoki jinoyat tarkibining ikki obyektdan iboratligi yoki bir obyektning mohiyatidan, yoxud zararli o‘zgarishlarni qilish jarayonining o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Masalan, bosqinchilik ikki obyektli jinoyat hisoblanib, ular shaxsning sog‘lig‘i va fuqarolarning mulkiy manfaatlaridir.

Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining ikkinchi zaruriy belgisi jinoiy oqibatdir.



Jinoiy oqibat deganda, qilmishning sodir etilishi natijasida jinoyat huquqi bilan qo‘riqlanayotgan ijtimoiy munosabatlarda yuz bergan o‘zgarish tushunilishi kerak. Shuningdek, oqibat ijtimoiy munosabatlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarar yetkazadi yoki bevosita zarar yetkazish xavfini tug‘diradi. Jinoiy oqibatlar Jinoyat kodeksi tomonidan qo‘riqlanayotgan ijtimoiy munosabatlarni ma’lum darajada o‘zgartiradi (masalan, o‘zganing shaxsiy mulkiga zarar yetkazish, insonni hayotdan mahrum qilish, shaxsning sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi va hokazolar).

Kelib chiqqan oqibat moddiy bo‘lmasligi ham mumkin (masalan, fuqarolarning teng huquqliligi, yozishmalar siri, telefon so‘zlashuvlari, boshqa xabarlarni eshitishi, fuqarolar bilan munosabatda bo‘lish, vijdon erkinligini buzish va hokazolar).

Moddiy va jismoniy zararni aniq o‘lchash imkoniyati mavjud. Shuning uchun bunday zararni jinoyat tarkibida miqdoriga ko‘ra farqlaydilar. Bunda oddiy, og‘irlashtiruvchi va maxsus tarkibga bo‘lish odat qilingan. Misol uchun mulkni talon-taroj qilishda: talon-taroj oddiy, ko‘p va juda ko‘p miqdorda bo‘ladi (shu asosda differensiallashtiriladi).

Jinoyat kodeksining atamalarning huquqiy ma’nosi bo‘limida ko‘p miqdordagi zarar, ancha miqdordagi zarar, juda ko‘p zarar, juda ko‘p miqdor, ko‘p bo‘lmagan zarar, ko‘p miqdor, ancha miqdorlarning eng kam oylik ish haqining muayyan baravari miqdorida hisoblanishining aniq mezonlari belgilab qo‘yilgan.

Biroq, moddiy zararlarning siyosiy, mafkuraviy, tashkiliy, ruhiy, ijtimoiy va boshqa tomonlarini o‘lchash ancha murakkabdir. Bunday zararlarni o‘lchash birligi sifatida vaqt, tajovuz obyektida zararli oqibatining cho‘zilishi (davomiyligi), yetkazilgan zararning chuqurligi, qaytarib bo‘lmasligi kabilar tan olinadi. Nomoddiy oqibatni aniq o‘lchamay, aniqlamay turib quyidagi savollarga javob topish mushkuldir: qilmish ijtimoiy xavflimi yoki kam aha­miyatlimi, jinoyat sodir etilganmi yoki huquqbuzarlikmi, shaxsni jazoga tortishda yetkazilgan zararning ijtimoiy xavfliligi hisobga olinishi kerakmi? Misol uchun, ma’muriy mayda bezorilik jinoiy bezorilikdan jamoat tartibini buzishdagi qo‘pollik darajasining belgilariga qarab farqlanadi. Bezorilikdan kelib chiqadigan zarar murakkab tarkibli bo‘lib, bir qator tashkiliy, jismoniy, mulkiy, ma’naviy oqibatlardan iborat bo‘ladi. Sodir etilgan qilmishda yuqoridagilarning barchasi yoki ayrimlari mavjud bo‘lishi mumkin. Agar bezorilik nomoddiy va nojismoniy bo‘lmagan zararning o‘zi bilan cheklangan bo‘lsa, bunda tashkiliy yoki ma’naviy zararni o‘lchash masalasini hal qilish zarur bo‘ladi. Bunda jinoyatning davomiyligi, sodir etilgan qilmishning joyi, vaqti, sharoiti, ishtrirokchilarning xususiyati kabi masalalar inobatga olinadi. Ijtimoiy xavfli qilmish natijasida kelib chiqadigan oqibatlarni moddiy va nomoddiy turlarga bo‘lish mumkin. O‘z navbatida moddiy oqibatlarni mulkiy va shaxsiy xususiyatdagi ikki turga ajratish mumkin:

Moddiy xususiyatdagi oqibatlar ma’lum o‘lchovga ega. Masalan, sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, oqibatlarga qarab yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir tan jarohatlariga ajratiladi. Yetkazilgan zarar obyektini aniqlash jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish va adolatli jazo tayinlanishida muhim ahamiyatga egadir.

Moddiy tarkibli jinoyatlarda sodir etilgan qilmishning oqibatlari bu qilmishlarni oxiriga yetkazilgan jinoyat sifatida kvalifikatsiyalash imkonini beradi. Qonunda ko‘rsatilgan oqibatlarning kelib chiqmaganligi qilmishlarni jinoyatga suiqasd qilish sifatida baholash imkonini beradi. Ayrim hollarda aynan qilmishning oqibatlari jinoyatning ma’muriy huquqbuzarliklardan farqlovchi belgisi hisoblanadi.

Jinoyat-huquqiy normalarda oqibatning ko‘rsatilish shakllari turli xil bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda Jinoyat kodeksining moddasida oqibat to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatiladi (masalan, Jinoyat kodeksining 104-moddasida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishning ta’rifi berilib, ushbu jinoyatning oqibatlari aniq ko‘rsatilgan). Ayrim hollarda oqibat jinoyat huquqiy me’yorlarni izohlash yo‘li bilan aniqlanadi.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling