Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


-rasm. Narx belgilash usullari


Download 2.86 Mb.
bet75/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

10.2-rasm. Narx belgilash usullari


Narx belgilashning 3 ta usuli mavjud:

  1. Firmaning ichki manfaatlariga kuchli yoʻnaltirilganligini namoyon etib, sarf – xarajatlar asosida narx belgilash.

  2. Raqobatchilarning narxiga qarab narx belgilash.

  3. Marketingga yoʻnaltirilgan narx belgilash usuli. Bunda muayyan bozorda iste'molchi uchun qimmatli boʻlgan xususiyatlari va marketing strategiyasi hisobga olinib narx belgilanadi.

Sarf xarajatlarga asosan narx belgilashning 2 ta usuli mavjud:

  1. Tannarx asosida narx belgilash

  2. Toʻla xarajatlar asosida narx belgilash

Tannarx(ishchi kuchi, materiallar, yoqilgʻi, energiyaga ketadigan xarajatlar, amortizasiya, sugʻurta, ustama xarajatlar, boshqaruvga ketadigan xarajatlar hisoblab chiqiladi.)
Koʻpincha korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda formulalardan foydalanadi. Formulalarga koʻra, narx belgilashning boshqa jami usullari kabi, birinchi navbatda e'tiborni foydaga qaratadi, talabni hisobga olmaydi.
«Oʻrtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili boʻyicha narx belgilash tovarning tannarxiga muayyan ustama qoʻyishdan iborat boʻlib, narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. Shuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada iste'molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qoʻyadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi.
«Koʻzlangan foyda normasi» olishni ta'minlaydigan narx belgilash usulini qoʻllaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intiladilar. Bu usul oʻrtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar boʻyicha belgilash usulini qoʻllash bilan firma mahsulotning qoʻshimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni toʻxtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni hohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
Savdoda doʻkonlarga xaridorlarning kelishini koʻpaytirish uchun sotuvchilar ayrim tovarlarni toʻliq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar. Xaridorlar koʻpayadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qoʻshimcha ravishda narxi me'yorda boʻlgan tovarlarni ham xarid qiladilar.



    1. Download 2.86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling