Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
-rasm. Firmaning sotish siyosati vazifalari
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
11.1-rasm. Firmaning sotish siyosati vazifalariFaqat bozorga ixtisoslashgan vositachi(taqsimot)ning kirib kelishi ayriboshlash jarayonini tubdan oʻzgartirib yuboradi. Ilgarigi ishlab chiqaruvchilar endi zarur tovarlarni bir joyda sotishlari va ayni paytda oʻzlariga zarur tovarlarni xarid qilishlari mumkin edi. Ayirboshlash harakatlari soni kamaydi. Vositachilar oʻzlarining aloqalari, tajribasi, ixtisoslashuvi hamda faoliyatining koʻlami bilan ishlab chiqaruvchi firmaga uning yolgʻiz oʻzi qila olishi mumkin boʻlganidan koʻra koʻproq narsa taklif etadi. Shu sababli koʻpchilik ishlab chiqaruvchilar oʻz tovarlarini bozorga vositachilar orqali taklif etadilar. Taqsimot yoʻli aniq bir tovar yoki xizmatning ishlab chiqaruvchidan iste'molchi sari harakatida ularga boʻlgan mulk egasi huquqini oʻziga oladigan yoki boshqaga berishga yordam koʻrsatadigan firmalar yoxud ayrim shaxslar majmuidan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, taqsimot yoʻli tovarning ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga qarab harakat qiladigan yoʻlidir. Taqsimot yoʻlining tarkibiy qismlari bir qator vazifalarni bajaradi: tovar (xizmati)ni bir joydan boshqa joyga koʻchishi; tovar (xizmati)ga yoki undan foydalanish uchun mulk egasi huquqini berish; undovchi faoliyat; tovarlar buyurtmasi; xavf-xatarni boʻyniga olish; muzoqaralar olib borish; bozor ma'lumoti tahlili. Taqsimot yoʻlining jami vazifalariga uch umumiy xususiyat xos: ular taqchil resurslarni sarflaydi, ixtisoslashgan sharoitlarda gohida yaxshiroq bajarilishi mumkin, turli ishtirokchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Agar vazifalarning koʻp qismi ishlab chiqaruvchi bajaradigan boʻlsa, uning chiqimlari ortib ketadi, demak, mahsulot narxi ham baland boʻladi. Agar vazifani bajarsa, ishlab chiqaruvchi belgilangan narx pastroq boʻladi, chunki vositachi ishni tashkil etishga sarflangan xarajatlarni chiqarish uchun pul undiradi. Taqsimot kanalining asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: axborot – bu marketing tadqiqotlari natijasida olingan ma'lumotlar va marketing muhiti toʻgʻrisidagi axborotlarni oʻz ichiga oladi siljitish – mahsulot taklifiga oid ishontiruvchi axborotlarni reklama va boshqa vositalar orqali tarqatish aloqa – kerakli xaridorlarni topish va ular bilan aloqa oʻrnatish muvofiqlashtirish – talab va taklifni bir-biriga moslashtirish muloqotlar – mahsulotni narxi, etkazib berish sharti va taklifning boshqa punktlari boʻyicha muloqotlar oʻtkazish jismoniy taqsimlash – tovarni transportirovka qilish va saqlash moliyalashtirish – kanal faoliyatini ta'minldashga bogʻliq xarajatlarni koplash tavakkalchilik – mahsulotni sotib olib keyinchalik zarar bilan sotish. Birinchi besh funksiya shartnoma tuzish uchun xizmat qiladi, qolgan uchtasi esa shartnomani bajarish uchun xizmat qiladi. Taqsimot kanalining bosqichi - bu tovar va unga egalik huquqini pirovard xaridorga yaqinlashtirish yoʻlida u yoki bu ishni bajaradigan har qanday vositachidan iboratdir. Taqsimot kanalining quyidagi bosqichlari bor: Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling